Bu g‘alati «to‘ydan» qaytayapman-u ustoz Xurshid Do‘stmuhammadning quyidagi so‘zlari yana yodimga tushdi: «Men Qur’oni Karimda keltirilgan bir oyatni ko‘p takrorlayman: «Qayon ketmoqdasizlar» deydi Alloh. Muqaddas oyati karimadagi shu savolni har bir tanish va notanish kishiga bergim keladi. O‘ylab ko‘ringlar, chindan ham qayoqqa ketyapmiz?
Yaqinda tanishim Ilhomjonning qiyin-qistovi bilan «nomer to‘yi»ga bordik. Shu paytgacha kelin-kuyov, xatna, hovli to‘ylari, aqiqa marosimi, turli yubileylaru-tantanalarda qatnashgandimu, «nomer to‘yi»ga bormagan ekanman.
– Do‘stimiz juda katta tadbirkor, yaqinda chet eldan qimmat mashina olib keltirdi. Endi o‘sha mashinasiga deyarli 500 mln. so‘mga «doda» nomer sotib olibdi. Shuni yuvib berayapti...
Bitta davlat belgisi – mashina raqamini qariyb yarim mlrd. so‘mga xarid qilgan boyvachchani ko‘rishga yanayam qiziqishim ortdi, sababi bu pulga chog‘roq bo‘lsada bog‘cha yoki maktab qursa bo‘ladi deb o‘ylardim.
Uzundan-uzun xontaxta qo‘yilgan, ustiga noz-ne’mat to‘kib tashlangan hayhotdek mehmonxonada 50 dan oshiq odam yig‘ilgan. Dastavval, e’tiborimni xontaxtaning oyoqlari ostiga qo‘yilgan kitoblar tortdi va mezbondan buning sababini so‘radim.
–Ha, endi kelinoyingiz balandroq tursin deganda, shu desangiz bu matohdan bizda tiqilib yotibdi. Ana, tomdagi boloxonada bir mashinasi chang bosib turibdi, - javray ketdi mezbon.
– Otamiz kasb qurib qolganday o‘rta maktabda til va adabiyotdan dars berganlar. Gulday umrining 42 yilini shu ishga sarflaganlar. Shu desangiz, boboy rahmatlik, umri davomida uy, mashina, pul yig‘maganlar, aytsam kulasizlar, u kishi faqat kitob yiqqanlar. Ishonasizlarmi, kamiga yana «Sharq yulduzi», «Mushtum», «Fan va turmush», «Yoshlik»mi-yey shunga o‘xshash jurnallarni yig‘ib, yilma-yil bog‘lab qo‘ygan ekanlar. Burnog‘i yili hovlini yangidan solganimda chol-kampirning uyidan shu makalatura chiqib qoldi. Tashlab yuborishga ko‘zim qiymadi-da boloxonaga chiqarib tashladim. Bir axlatga uloqtiray dedimu yana ko‘nglim chopmadi. Yaxshi qilgan ekanman, mana kunimizga yarab qoldi. Tandir-o‘choqqa tutantiriq qilayapmiz, nevaralar hojatxonaga ham ishlatishyapti...
Uning gaplaridan badanimda chumoli o‘rmalagandek bo‘ldi-da yana gap qotdim.
-Ana shu kitob-jurnallarni bolalaringiz, nevaralaringiz, xonadon ahlingiz o‘qimaydimi?
– Nima kitob o‘qib, shahar olib berisharmidi?! Ana ikkita kenja o‘g‘lim bu yil maktabni bitirdi. Nima emish, oliygohga o‘qishga kirisharmish, til o‘rganarmish, olim bo‘lisharmish. Ovozlaringni o‘chirlaring, dedimda, ikkisiniyam Rossiyaga – qurilishga ishga jo‘natib yubordim. Pul topsin dedim. Mana hozir oyma-oy pul jo‘natib turishibdi. Hozir faqat pul topish kerak. U shunday dedi-da yana beo‘xshov iljaydi.
Yig‘ilganlarning birontasi mezbonning gapiga e’tiroz bildirmadi. Aksincha, bozordagi narx-navo, dollarning qimmatlab ketayotgani, falonchi qanaqa mashina olgani-yu, pistonchi o‘ttiz xonalik uyni qaysi puliga solgani haqida gapirishardi...
Ta’bim xira tortib, tashqariga yo‘naldim, xayolda esa savol: Qayoqqa qarab ketyapmiz o‘zi? Nimalar qilayapmiz?! Shu yerda ustoz Xurshid Do‘stmuhammadning nima uchun bu savollarni doimo barchaga birdek, «ilinib» yurishining ma’nisini anglagandek bo‘ldim: Nahot bu ulug‘ adib ham men ko‘rgan g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘lgan... Qolaversa, o‘tgan asr boshlarida Abdulla Qodiriy bobomiz kuyib-yonib «Bu millat odam bo‘lmaydi» – deb yozganlarida yuqoridagi kabi nevarasining ketini kitob varag‘i bilan artadigan kepakmiyalarni nazarda tutgan bo‘lsa ne ajab!
Yaqinda Prezidentimiz Ma’naviyat va ma’rifat masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda sohaga doir barcha yutuq va kamchiliklar, muammolar, ularning yechimlari xususida chuqur so‘z yuritdilar. Yurtboshimiz o‘z nutqida ushbu sohalar boshqalardan ko‘ra o‘n qadam oldinda yurishi shartligi, chunki kelajak taqdiri, millat ertasini uyg‘oq, o‘qimishli jamiyat belgilab berishini qat’iy ta’kidladilar. Shu o‘rinda ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlarida qattiq ishlashni mas’ullarga alohida uqtirdilar.
To‘ra Sulaymon – O‘zbekiston xalq shoiri. Sirdaryo farzandi. 20 dan ortiq she’riy, nasriy kitoblar muallifi. U butun umrini ijodga-she’riyatga bag‘ishladi. O‘zbekni, O‘zbekistonni 71 yil kuylab, qadrlab, ardoqlab yashadi. 2022 yilda ana shu insonning Mirzaobod tumanida uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilingan edi. Lekin... hanuzgacha ushbu uy-muzey qurib bitkazilmadi, ishga tushirilmadi. Bahona esa yagona: mablag‘ yo‘q emish! Vaholanki, viloyat markazidagi deyarli yangi Markaziy bankning viloyat boshqarmasi binosi 33 mlrd. so‘mga kerak bo‘lsa-bo‘lmasa qaytadan ta’mirlanayapti...
...Kuni kecha ya’ni shoir tug‘ilgan 15 fevral sanasida uning 90 yillik yubileyi viloyat markazidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida nomigagina o‘tkazildi. Ajablanarlisi, bir qadam berida ya’ni viloyat hokimligida o‘tirgan kattakonlarning birontasi ushbu mashvaratga qadam ranjida qilishni o‘zlariga ep ko‘rishmadi. Gapning po‘stkallasini aytganda ushbu yig‘inni ham shoirning shogirdlari, farzandlari, viloyatdagi adabiyot ixlosmandlari tashkil etishdi.
Yana bir gap, ushbu dargoh o‘z nomi bilan ijod maktabi sanaladi. U tashkil qilinganida Halima Xudoyberdiyevaning asl shogirdlaridan biri, qolaversa eldoshi, o‘zbekning atoqli shoiri Muhammad Ismoil ushbu maskanga rahbar etib tayinlangandi. Tan olish kerak, o‘sha davrlarda ijod maktabida poytaxtdan kelgan mashhur shoiru-yozuvchilar, san’atkorlar, turli qatlam ziyolilari bilan deyarli har hafta o‘tkaziladigan uchrashuvlar, adabiyot, san’at kechalarini viloyat ahli hali-hamon yuraklarda o‘zgacha sog‘inch bilan eslashadi.
Nima bo‘ldi-yu oradan ko‘p o‘tmay bularning barchasiga birdan chek qo‘yildi. Ya’ni ushbu maskanga adabiyot, she’riyat umuman ijoddan judayam olisda «istiqomat» qiluvchi yangi rahbar tayinlandi...
Viloyat ahli esa o‘tgan kunlarni haligacha sog‘inch bilan xotirlashadi. Ha, to‘g‘ri, hozir ushbu ijod maktabi haqida onda-sonda viloyat televideniyesining jurnalistlari gapirib turishlariyam bor gap.
Bugun biz vatan, millat, til, kitob haqida anchayin ko‘p va dadil so‘zlaydigan bo‘lib qoldik. Menimcha, bular haqida so‘zlab ko‘krakka mushtlayvermay amaliy ishlarga o‘tish davri keldi. Jurnalist Islom Hamro qariyb 40 yildan buyon poytaxtda yashaydi. Aniq ayta olaman, u o‘z maoshining yarmiga har oyda albatta yangi kitoblar sotib oladi. Uyidagi shaxsiy kutubxonasida yuzlab emas minglab kitob bor. Suhbatlarimizdan birida kuyib-yonib so‘zlab qoldi. Aytishicha, o‘z shaxsiy kutubxonasidan to‘rt mingga yaqin sara asarlarni ajratib, o‘zi yashaydigan MFYga taqdim etmoqchi, shu bahonada bu yerda kutubxona tashkil etishga bosh-qosh bo‘lmoqchi ekanligini aytib MFY raisiga uchrashsa, u bo‘sh bino yo‘qligini ro‘kach qilibdi.
Vaholanki, MFYning yangi binosida bo‘sh xonalar bir talay – deydi ustoz. – Faqat o‘qigimiz kelmaydi, qo‘lga kitob ushlashni hohlamay qolganmiz. O‘qimaydigan, mutolaadan uzoqlashgan millat sirayam uzoqdagi manzillarga yetolmaydi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishida Yurtboshimiz 2024 yilda 200 ming donadan ortiq kitob ma’naviyat va ma’rifat markazlariga, keng kitobxonlar ommasiga bepul tarqatilishini alohida ta’qidladilar. Galdagi vazifa, ana shu bebaho ne’matni bolalarimizning qo‘liga berishimiz, beribgina qolmay ularga o‘rnak bo‘lib avvalo o‘zimiz o‘qishimiz lozim. Ota-onasining qo‘lida kitob ko‘rgan bolada unga nisbatan qiziqish uyg‘onishi muqarrar haqiqat.
Xullas o‘qimog‘imiz shart. So‘zimning oxirida elimizning sevimli yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» asaridagi bir iborani keltirishni joiz deb bildim.
«Tarix takrorlanib turadi degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan ko‘rinayapti: Kitob o‘qiydiganlar kamayib borayapti.»