Bugun ko‘pchilikni o‘ylantiradigan bir savol mavjud: “Tarbiyalash og‘irmi yoki tarbiyasi og‘irmi?”
Bir narsani unutmaslik kerakki, farzand tarbiyasiga ota-ona mas’ul, maktab esa bu borada ko‘makchi. Chunki bolaning oilada olgan tarbiyasiga qarab, ota-ona rahmat yoki la’nat eshitishi mumkin. Ota oilada mas’uliyatli bo‘lsa, bolani tergab, nazorat qilsa, bola erka va bebosh bo‘lmaydi va ota-onani xijolat torttiradigan ishlarni qilmaydi. Shu bois ham Abdulla Avloniy “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”, deya ta’kidlagan.
Kuzatishlarimizdan shuni ko‘rishimiz mumkinki, ba’zi oilalarda ota-ona ertalabdan kechgacha ishlaydi, uyda bo‘lgan vaqtlarida ham o‘z ishlari bilan ovora bo‘lib farzandlariga vaqt ajrata olmaydi. Oilasida halovat topolmagan bola tarbiyani telefon, internet, televizor hamda ko‘chadan oladi. Bu esa bola o‘zini o‘zi to‘g‘ri tarbiya qilyapti, degani emas. Biz pedagoglar ta’lim va tarbiyani parallel olib borishimiz, bir yoqlamalikka sira yo‘l qo‘ymasligimiz zarur.
Bolaning komil inson bo‘lib yetishishi uchun iste’dod, ilm va mashq asosiy o‘rin tutadi.
Navoiy shahridagi 16-umumta’lim maktabimizda tashkil etilgan tabiiy fanlarga yo‘naltirilgan to‘garaklarda fizika, kimyo, biologiya fanlariga qiziqadigan 3-8-sinflarda o‘qiyotgan o‘quvchilar qatnashadi.
To‘garakka o‘quvchilarni jalb qilishdan oldin targ‘ibot ishlarini olib boramiz. Shunday jarayonlarning birida 7-sinf o‘quvchilarini faoliyatimiz bilan tanishtirish chog‘ida barcha o‘quvchilar savol-javoblar va muhokamalarda faol qatnashayotgan bir paytda orqa partada o‘tirgan bola diqqatimizni tortdi. Munozaralarni to‘xtatmay, so‘zimizda davom etib, bildirmay bolaning yoniga bordik va diqqatini bo‘lgan “narsa”sini qo‘lidan oldik.
– Ustoooz, maniki emas, – deganicha boshqa gapirishga haddi sig‘madi. Suhbatni tugatib, “narsa”ni olib chiqib ketdik. Daftarni varaqlay boshladik. Odatdagiday “yurakcha” va uning ichida bo‘yoqdor bosh harflar...
“Mening orzularim”.O‘quvchining orzulari: shaxsiy brendini yaratish, onasini Haj safariga yuborish, ikki qavatli hovli olish, kiyimiga moslab mashina haydash va yana shunga o‘xshash fikrlar.
Dahshatlisi, “Mening eng katta sirim” nomli hikoyasi bo‘ldi. Unda otasi tadbirkorlik biznesini boy berganligi, onasi bilan ajrashganligi, otasining biznes hamkori o‘quvchining onasiga uylanganligi va yaqinda onasining farzandli bo‘lishi va toki bog‘cha yoshidan hozirgacha bo‘lgan voqealar yozilgan.
Bu o‘quvchining tarjimayi holini to‘garagimizning ikki yillik boshqa bir a’zosi – 8-sinf o‘quvchisi oilasi va yutuqlari bilan solishtirib chiqdik. Ota-onasi ziyoli, topganini dang‘illama hovli, qimmatbaho mashinaga emas, balki farzandlarining ilm olishiga sarflaydi. Natijada yaqindagina Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar yo‘nalishidagi olimpiadaning respublika bosqichida yuqori natijalarni egalladi. E’tirof etish kerak, “Top-5” talikdan o‘rin olgan o‘quvchimizning olimpiadadagi ishtirokini bevosita, biz ustozlaridan tashqari ota-onasi va nafaqaga chiqqaniga 15-yil bo‘lgan buvisi ham kuzatib bordi. Bu bilan o‘quvchining o‘ziga ishonchi ortdi. Yelkasida katta mas’uliyat borligini his qildi va o‘z o‘rnida ulardan dalda oldi.
Endi yuqoridagi savolni qaytarsak: “Tarbiyalash og‘irmi yoki tarbiyasi og‘irmi?”
Bizning fikrimizcha, tarbiyalash og‘ir. Farzandlaringiz bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanmoqda? Uydagi televizor yoki kompyuterda nimalarni tomosha qilyapti? Siz olib bergan “beminnat do‘st” –- telefondan yana qanday maqsadlarda foydalanmoqda? Internetdan qanday ma’lumotlarni o‘qib, qanday lavhalarni ko‘rmoqda? Ko‘chada kimlar bilan do‘st bo‘lib, ular bilan vaqtini qanday o‘tkazmoqda yoki siz berayotgan pullarni nimalarga sarflayapti?
Shu kabi savollar siz aziz ota-onalarni doimo qiziqtirib tursin. Farzandlaringiz aslo nazoratsiz qolmasin…
Manba