Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday davlat iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini oshirishni oliy maqsad deb biladi. Darhaqiqat, iqtisodiy o‘sish yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, jamiyatni har tomonlama rivojlantirishning muhim shartidir. Buning uchun juda ko‘p faktorlar inobatga olinishi lozim va ularning eng asosiysi ta’lim va, shubhasiz aholining bilim darajasidir.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti mutaxassislarining fikrlariga ko‘ra, ta’limning yuqori bo‘lishi mamlakat YAIM va iqtisodiy rivojlanish darajasi, o‘rtacha umrning o‘sishiga va, albatta aholi salomatligining yaxshilanishiga olib keladi. Ta’lim olish davomiyligini bir yilga oshishi esa, YAIM miqdorini uch-olti foizga oshirishi mumkin ekan.
Qayd etilishicha, ta’lim sifatining yuqori bo‘lishi nafaqat iqtisodiy o‘sish va aholining turmush darajasi yaxshilanishiga, balki davlat boshqaruvining takomillashuviga, siyosiy va iqtisodiy institutlar, fuqarolik jamiyatining salohiyati ko‘tarilishiga, pirovardida esa demokratik islohotlarni jadallashtirishga xizmat qilarkan.
Haqiqatan ham, islohotlar natijasi birinchi navbatda kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq. Aynan shuning uchun ham ta’limning barcha bosqichlari, xususan, oliy ta’limni rivojlantirish davlatimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bilamizki, yaqin yillargacha oliy ma’lumotga ega bo‘lish millionlab yoshlarimizning orzusi, ta’bir joiz bo‘lsa, armoni edi. Ta’lim kreditlari, ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash tizimlari bo‘lmagani uchun esa hattto shartnoma asosida o‘qish ko‘pchilik uchun imkonsiz edi.
Shuningdek, o‘qituvchi va talabalarning mavsumiy ishlarga jalb qilinishi, moddiy rag‘batlantirishning yetarli emasligi ham ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, sohaga ajratilgan mablag‘larning 1 foizga oshishi YAIM miqdorini 0.35 foizga oshirarkan. Aynan shuning uchun ham mamlakatimizda davlat byudjetidan ta’lim tizimi muassalarini saqlash va ularni rivojlantirish uchun ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga ko‘paytirilyapti. 2023 yilda ta’lim xarajatlari jami ijtimoiy xarajatlarning 44 foizini yoki 61,2 trln. so‘mini tashkil etdi.
Ta’kidlash lozim, qabul qilingan muhim qarorlar va strategiyalar oliy ta’lim sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Xususan, davlat OTMlari bilan bir qatorda xususiy universitetlar va xorijiy OTMlari sonining ortayotgani, sohaga bozor mexanizmlarining joriy etilishi ta’lim xizmatlari bozorining kengayishiga zamin yaratyapti.
Eng asosiysi, bugunga kelib, talabalarda tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. OTMlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllana boshladi. Mamlaktimizda faoliyat olib borayotgan Buyuk Britaniyaning “Westminister”, AQshning “Webster”, Sigapurning “Management Development Institute of Singapore”, Italiyaning “Turin Politechniy University” kabi nufuzli OTMlari O‘zbekistonga kuchli pedagoglarni jalb etish, yangi pedtexnologiyalar va innovatsiyalarni kirib kelishiga, xalqaro tajribalardan kelib chiqib esa oliy ta’limning ilg‘or standartlari joriy etilishiga turtki beryapti.
Alohida ta’kidlash joizki, Oliy ta’lim xizmatlari bozorining kengayishi natijasida qamrov darajasi 2016 yildagi 9 foizdan 2023 yilda 42 foizgacha oshdi. OTMlarda sirtqi hamda kechki ta’lim shakllarining tashkil etilishi natijasida esa talabalar kontingentida 24 yoshdan yuqori aholi guruhlarining ulushi keskin ko‘paydi. Umumiy talabalar soni esa 1,3 mln. nafardan oshdi.
Ma’lumki, 2019 yildan boshlab abiturentlarga bir nechta universitetlarga hujjat topshirish va qabul imtihonlarida olgan ballari natijasi va o‘zlarining xohishlariga qarab o‘quv muassasini tanlash imkoniyati berildi. Joriy yildan esa Prezidentning tegishli farmoniga asosan OTMlarga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar «avval test, so‘ng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor shaxslarga ham oliy ta’lim olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha ham o‘ziga xos tizim yaratildi.
Qizlarni oliy ta’limga jalb etish orqali jamiyatni o‘qimishli qilish va ijobiy tomonga o‘zgartirish bu O‘zbekistonning o‘ziga xos yo‘lidir. Mutafakkirlarimiz bejizga “Bitta qiz bolani o‘qitsang, butun jamiyatni o‘qitgan bo‘lasan” degan dono fikrlarni aytishmagan.
Gender tengligini ta’minlash, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlantirish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab barcha oliy, o‘rta maxsus va proffesional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov kontrakt asosida taxsil olishlari uchun imtiyozli shartlarda (foizsiz) ta’lim kreditlari ajratishning yangi tizimi joriy etildi. Natijada 2023 yili ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1548,6 mlrd. so‘m miqdorida qariyb 137 400 nafarga yaqin talab xotin-qizlarga foizsiz ta’lim kreditlari berildi.
Jamg‘arma hisobidan 150 mlrd. so‘m miqdorida talaba xotin-qizlarga ajratilgan ta’lim kreditlari uchun hisoblangan foizlar to‘lab berildi. Shuningdek, 2022/2023 o‘quv yilida OTM magistraturasida tahsil olayotgan xotin-qizlarning to‘lov kontrakt miqdori davlat byudjetidan qaytarish shartisiz qoplab berish tizimi joriy etildi. Shu vaqt mobaynida 20 260 nafar xotin-qizlar ushbu imkoniyatdan foydalandilar.
Qayd etish lozimki, yoshlarimizni nufuzli xorijiy OTMlarda ta’lim olishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, iqtidorli yoshlarni xorijda o‘qitish va malakali kadrlarni tayyorlash uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘ miqdori ham oshib bormoqda. 2023 yili ushbu jamg‘armaga 200 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, joriy yil uchun bu miqdor 500 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Jamg‘arma orqali 1000 dan ortiq yoshlar xalqaro OTMlarda ta’lim olib, bugungi kunda turli sohalarda faoliyat ko‘rsatishmoqda.
YUNESKOning xorijda tahsil olayotgan talabalar bo‘yicha 2021 yildagi hisobotida O‘zbekiston 109 945 nafar ko‘rsatkich bilan umumiy reytingda beshinchi o‘rinni egallagan ekan.