...13-15 yoshdagi o‘quvchilarning 1,7 foizi tamaki chekadi, 7,7 foizi esa hech bo‘lmasa bir marta chekib ko‘rgan. Yaqinda Sog‘liqni saqlash vazirligi ana shunday ma’lumotlarni tarqatib, ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.
Ko‘pchilik yurtdoshlarimizning fikricha, maktablardagi holat bundan ham yomon!
Yaqinda bir pedagog bilan shu masalada gaplashib qoldim. Uning aytishicha, nafaqat yuqori sinf, hatto beshinchi sinf o‘quvchilari orasida ham elektron sigaret chekish urf bo‘lyapti ekan, eng achinarlisi ular orasida qizlarning ham borligi. Bu haqda ota-onasiga aytsak, ba’zilari “Biz qaytarolmayapmiz, o‘zingiz biron narsa qiling” deydi. Ota-ona o‘z bolasini eplolmasa, biz qanday eplaymiz. Qattiqroq gaprsang, ota-onasi maktabga chopib keladi. O‘zi shu zahar-zaqqumni butunlay taqiqlasak bo‘lmaydimi. Ana qo‘shnilarimiz taqiqlabdi-ku, – deydi kuyunib.
Ha, haqiqatan ham qo‘shnimiz – Qozog‘istonda elektron sigareta(veyp)larni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishga qat’iy taqiq qo‘yildi. Aybdorlar 50 sutkagacha qamalishi yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi belgilab ham qo‘yildi. Qirg‘izistonda esa shu haqdagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Elektron sigaretalarning zarari haqida uzoq gapirish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan organizmga zararsiz deya aytilayotgan veyplar salomatlik uchun o‘ta xavfli. Odatiy sigaretalar kabi o‘pka, yurak qon-tomir kasalliklari, immunitet pasayishiga sabab bo‘ladi. Eng yomoni genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aslida bunday qonun birinchi bo‘lib O‘zbekistonda qabul qilinishi kerak edi. Chunki partiyamiz fraksiyasi tomonidan bir necha yil oldin elektron sigareta – veyplarni qat’iy taqiqlash taklifi ilgari surilgan edi. Jumladan, 2021 yilning noyabrida o‘tgan fraksiya yig‘lishlaridan birida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga shunday band kiritish taklif qilingandi.
O‘shanda fraksiya rahbari Alisher Qodirov dunyoning 32 mamlakatida elektron sigareta cheklangani, nima uchun bizda cheklanmasligi kerakligini aytib, “Kim nima desa desin, ushbu qonun loyihasiga elektron sigaretalarni qat’iy taqiqlash bo‘yicha cheklov kiritilmas ekan, biz ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi ovoz beraveramiz”, degandi. Lekin afsuski, o‘shanda parlamentda bu taklif yetarlicha ovoz ololmadi. Faqat jamoat joylarida chilim va elektron sigareta chekish taqiqlandi, xolos.
Shuning uchun ham bugun aholi sog‘ligiga mas’ul idora – O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi shunday qonun loyihasini tashabbus qilib, Qonunchilik palatasiga kiritsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Nazarimda vazirlik “Dok-1 Maks” bilan bog‘liq ayanchli hodisadan saboq chiqargan bo‘lishi kerak...