Anchadan beri o‘rtoqlarim bilan yig‘ilganimizda oramizga sukunat cho‘kadigan bo‘lib qolgan. Ularning nima qilayotganlarini so‘rasam, qandaydir “Hamster” degan o‘yin o‘ynayotganlarini aytishdi. “Hamster”da qancha ko‘p tanga to‘plasa, daromadi shunchaga osharmish. “Xo‘rozqand chet elniki desa yotvolib yalashadi” deganlaridek, qayerdan kirib keldi bu balo bizga. Eng qizig‘i, darsga borsam, ayrim ustozlarim ham “sichqonning qornini” bosib o‘tirganini ko‘ryapman. Xullas, ko‘cha-kuyda, avtobus-u metroda hamma shu o‘yin bilan ovvora...
Telegram ilovasidagi “Hamster Kombat” deb nomlangan o‘yin bugun nafaqat ommalashdi balki, ko‘plab muhokamalarga ham sabab bo‘lmoqda. 60 milliondan oshgan foydalanuvchilar o‘yinning mohiyatini tushunib-tushunmasdan sichqoncha “Hamyak”ning qornini bosib, tangachalar yig‘ish bilan band. O‘ynovchilarning fikriga ko‘ra, shu yo‘l bilan to‘plangan tangalarni sotib, birjadan mo‘may daromad topish mumkin ekan.
Tangalarni ko‘paytirishning boshqa usullari ham bor. Buning uchun esa siz o‘yinning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalariga obuna bo‘lishingiz, shuningdek, do‘stlaringizni o‘yinga taklif qilishingiz talab etiladi. Aynan yo‘l bilan “Hamster Kombat” tezda rivojlandi tarqalyapti.
Ushbu o‘yinning asosiy sharti to‘xtovsiz telefon ekraniga bosib, tanga yig‘ishdir. Yig‘ilgan ballarga qarab, ekranda tasvirlangan “Xamyak” semiradi, kiyinadi, so‘ng boyib ketadi. Uning bunday rivojlanishi 4 bosqichdan iborat, jumladan o‘yin boshida “Xamyak” kal va yalang‘och bo‘ladi. “Xamyak” ustiga qancha ko‘p va to‘xtovsiz bosilsa, tangalar soni shuncha ko‘payadi va sichqonchaning ko‘rinishi o‘zgarib boradi. Kriptovalyutachi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, bu marketing strategiyasi bo‘lib, kriptovalyuta industriyasida “Xamyak” degan ko‘chma ma’nodagi atama mavjud. Bu atama birja bozorida yangi, deyarli hech narsaga tushunmaydigan, faoliyatini endi boshlagan ishchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
“Xamyak”ning kelib chiqishi 2024 yilning aprel oyiga to‘g‘ri keladi. O‘yin Nikolay Durov va Telegram jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, “Hamster Kombat” bu turdagi birinchi va yagona o‘yin emas. Bundan tashqari, hozir ijtimoiy tarmoqda “Atizen”, “Blum”, “Yecoin” singari loyihalar ham mashhur. TON platformasida bunday ilovalar yuzdan ziyod.
Alohida qayd etish joizki, bunday o‘yinlar yoshlarning miyasini zaharlab, tezda o‘ziga og‘dirmoqda. To‘g‘ri, yaqinda musulmonlar idorasi Bitkoin va Notkoin kabi kriptovalyutalar bilan savdo qilish shar’an joiz emas degan fatvo bilan chiqdi. Ammo hech qancha o‘tmasdan bu fikrlaridan qaytib qolishdi. Natijada o‘yinchilar soni million martaga oshib ketdi. Tan olaylik, garchi ushbu o‘yin taqiqlanganmagan bo‘lsada, odamlarni dangasalik, boqimandalik va xayolparastlik olamiga olib kirmayaptimi?
Bilamizki, hozir abiturentlar oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlik ko‘rishyapti. Bunaqa o‘yinlar esa o‘z-o‘zidan ularni chalg‘ityapti, vaqtlarini olyapti. Balki ayrimlar oson pul topib, oilamga yordam beraman deb o‘ylashayotgandir. Ammo achchiq haqiqat shundaki, aziz tengdoshlar “Hamster” o‘yinidagi vaqt o‘g‘risi – sichqoncha sizni boy qilmaydi.
Aksincha, qashshoqlashtiradi!