Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi 50 yilda UZI (Ultra tovush tekshiruvi) sabab 23 million bola tug‘ilmasidanoq qurbon qilingan...
Bunga homilaning biror nuqsoni borligi yoki UZI apparati xodimining xatosi emas balki, bo‘lajak chaqaloqlarning QIZ ekanligi sabab bo‘lgan...
Kichikroq bir davlatning aholisiga teng miqdordagi homiladan hali u tug‘ilmasidan voz kechilgani odamzod vahshiyligining chegara bilmasligiga ishora hamdir.
Tahlilchilar chaqaloqniing jinsiga qarab abort qilinishi ko‘proq Hindiston va Xitoyda keng tarqalganini aytishmoqda. Shu sababli ham 2011 yilda Hindistonda 12 million qiz bolaning taqdiri hali tug‘ilmasidan hal etilgan.
Xitoyda esa bittadan ortiq bola ko‘rmaslikka oid siyosat davrida ko‘plab qizlar abort qilingan. Bu siyosatning 1980 yildan 2015 yilgacha davom etgani natijasida mamlakatda qiz bolalar soni keskin kamayib ketgan. Ya’ni, Xitoyda har 100 nafar qizga 126 nafar o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi.
Afsuski, bizda ham qizlar soni tobora kamayib ketayotir. Xususan, 2023 yilda 361 735 bola tug‘ilgan bo‘lsa, shundan, 187 549 nafari o‘g‘il, 174 186 nafari esa qiz bolalardir. To‘g‘ri, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, keyingi o‘n yillik hisobotida o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 7-9 foizgacha ko‘proq tug‘ilgan.
Sir emaski, ko‘plab millatlarda o‘g‘il bola afzal ko‘rilgani sabab, qizlarga nisbatan abort usuli qo‘llanilyapti. Asosan bu ko‘proq uchinchi dunyo mamlakatlarida tarqalgan an’anadir.
Muqaddas dinimizda esa uch qizi bor va ularni oq yuvib, oq tarab, tarbiyalagan kishiga jannat vojib bo‘lishi bashorat qilingan. Boshqa bir hadisda «ikki qizi bo‘lsa», yana bir rivoyatda «bitta qizi bo‘lsa ham» deyilgani esa yanada umidbaxshdir.
Ammo johillik sabab ketma-ket qiz farzandni tug‘ilishiga qarshilik qilguvchi otalar kun kelib oxiratda faqat qiz farzandgina savobidan otasiga ilinishini bilisharmikin?
Xulosamizda “Qiz tug‘ding” deb ayoliga taloq berish darajasiga yetgan ayrim otalarga esa farzand Yaratgan tomonidan tuhfa etilgan ne’mat ekanini yana bir karra eslatishni istardik.