“O‘zyo‘linspeksiya”ga taklifim bor!

“O‘zyo‘linspeksiya”ga taklifim bor!

Qadimgi Rimning XII jadvalida yo‘l qurishda aholining xususiy mulkiga zarar yetkazmaslik, xalq foydalanadigan shag‘al va toshli yo‘llar ikki qavatdan yotqizilishi belgilangan. 

Markaziy shaharga olib boradigan yo‘llar va armiya harakatlanadigan yo‘llar esa uch qavatli qilib qurilgan. Usha paytlarda bu yo‘llar shunchalik mustahkam qurilganki, italiyaliklar ularning ba’zilaridan hozir ham foydalanishadi. 
Darvoqe, qadimda ham, hozir ham o‘z standartlari bilan nom qozongan Rim yo‘llari qurilishida asfalt emas, qum, shag‘al, tosh va betondan foydalanilgan.

Aytish kerakki, “O‘zbekiston  Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroridan asfalt yo‘l yotqizish, avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash kabi vazifalar o‘rin olgan bo‘lsa-da, ammo haqida normalar keltirib o‘tilgan. Ammo avtomobil yo‘llarining sifati to‘g‘risida biror ma’lumot keltirilmagan balki.  Shu sababdanmi, yo‘l qurilishi bilan bog‘liq muammolarimiz tugamayapti. 

Qayd etilishicha, mamlakatimizda  mavjud avtomobil yo‘llarining uzunligi 184.000 km ni  tashkil qilarkan. Bu yo‘llarning asosiy qismi asfalt-beton qorishmasidan ishlangan. 

Shu o‘rinda Transport vazirligi huzuridagi yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi –  “O‘zyo‘linspeksiya”ga taklifim bor. 

Bugunga kelib, ko‘pchilik davlatlar asfalt-beton qoplamali yo‘l o‘rniga sement-beton qoplamali yo‘llar qurishni afzal ko‘rishmoqda. Bizda ham ayni tajriba o‘rganilib amaliyotda qo‘llansa maqsadga muvofiq bo‘lardi. 

Savol tug‘iladi: xo‘sh, sement beton qoplamali yo‘llar nimasi bilan afzal?

Qayd etilishicha, bunday yo‘llar katta va og‘ir yuk mashinalari qatnoviga chidamli, eng muhimi, bu yo‘lda transport alfalt yo‘ldagi harakatlanishga nisbatan 10-20 foiz kam yoqilg‘i sarflar ekan. Shuningdek, bunday yo‘llar 30 yilgacha ta’mirtalab holatga kelmaydi. Asfalt qoplama esa 8-12 yil xizmat qiladi va vaqti-vaqti bilan ta’mirlanishi kerak. 

Tadqiqotlarga ko‘ra,  Sharqiy Angliya universitetida betonning issiqxona gazlarini yutish qobiliyatining ijobiy ta’siri aniqlangan, ya’ni u “yashil” qurilish talablariga javob berib, tabiiy karbonatlanish jarayonida issiqxona gazlarini yutishi ma’lum bo‘lgan. Ha yana bir gap: syement-beton qoplamali yo‘llar ekologiya uchun ham foydali hisoblanadi. 

Shuningdek, mutasaddilar avtomobil yo‘llarining tarkibi, ularning yotqizilish jarayoni to‘g‘risida nizom ishlab chiqsalar odamlar uchun yana uzoq yillar xizmat qiladigan yo‘llar qurilgan,   Shuningdek, qurilish vaqti qisqargan bo‘lardi.  “Yashil” qurilish tamoyillarining joriy etilishi esa jahon hamjamiyatining e’tiborini xam tortib, mamlakatning ijobiy imidjini rivojlantirishga ta’sir qiladi. Zotan bunday yangilik uning turli xalqaro indekslar, jumladan, kredit reytinglari darajasini oshirishga ham yordam beradi.