Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ta’lim muassasalaridagi bo‘sh turgan yerlarni tadbirkorlarga ijaraga berilayotgani haqidagi xabarlar ko‘paydi. Aniqrog‘i, ular orasida “maktab yerlari yeng ostida sotilmoqda” qabilidagi xabarlar tez-tez uchrayotgani e’tiborimni tortdi.
Garchi hukumatning tegishli qarori bilan kasb-hunarga o‘qitish markazlarining bo‘sh xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari hamda boshqa bino va inshootlarini ijaraga berish tartibi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa-da, jamoatchilikning xavotirida jon bor. Sababi ushbu qarorda ijtimoiy ob’yektlarni ijaraga berishdan oldin hudud aholisining roziligini olish, hech bo‘lmaganda xabardorligini oshirish majburiyati yuklatilmagan.
Mahalla aholisi o‘z hududidagi ta’lim muassasasidagi bo‘sh yer maydoni qanday asos va shartlarda ijaraga berilayotganidan xabardor qilinmaganidan keyin noxolis, haqiqatga zid xabarlar ko‘payishi tabiiy. Shaffoflik bo‘lmagan joy yoki tizimda shubha, gumonlar yuzaga keladi.
Shuning uchun ijtimoiy ob’yektlarimizni ijaraga berish tartib-taomillarini qonun darajasida belgilash, qolaversa, bu jarayonda jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga erishishimiz lozim.
Davlat xususiy tadbirkor bilan sheriklik asosida ishlayaptimi, bu haqida davlatning eng muhim a’zosi – odamlar, albatta xabardor bo‘lishi shart! O‘ylaymizki, tez orada “Davlat mulkini ijaraga berish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi parlamentga taqdim etilib, ko‘plab tushunmovchiliklarning oldi olinadi.