Farg‘onada azizu-avliyolar mangu qo‘nim topgan tabarruk maskanlar, qadamjolar juda ko‘p. Ana shulardan biri Qo‘qon shahrining Alisher Navoiy mavzesi, Navro‘z MFY hududida joylashgan Parpi Devona yoki xalq tili bilan aytganda Devona buva ziyoratgohidir. Rivoyatlarga ko‘ra, bu nazarkarda shaxs vali insonlardan bo‘lib, yurt boshiga kelgan baloyu-ofatlar, turli yomonliklarni oldindan ko‘ra bilgan va bunga qarshi kurashib, ularni daf qila olgan.
Hatto bir necha asrlar muqaddam Qo‘qonni qonga botirmoq, xalqini qul qilib, boyligini talamoq niyatida kelgan qonxo‘r qalmoq yog‘iylarini ham Devona buva o‘z shogirdlari bilan daf qilgani to‘g‘risida rivoyatlar bor. Shu bois bu karomatli insonga xalq ixlos qo‘yib, uni piri murshid darajasiga ko‘targan va umrining oxirida u yashab o‘tgan joyni obod qilishib, vafotidan so‘ng unga maqbara tiklashgan.
Yillar silsilasida bunyod etilgan maqbara yemirilib, xaroba ahvolga kela boshlagach, qo‘qonliklar, xususan taniqli tadbirkor Abbosxon Axmedovning sa’y-harakati bilan maqbara qaytadan qurilib, atrofi devor bilan o‘rab qo‘yildi. Hudud yashil maskanga aylantirilib, bu yerga dov-daraxtlar, gul ko‘chatlari ekildi. Xullas, tadbirkorning savobli amallari ish berib, shaharda ko‘rsa ko‘z quvnaydigan yana bir maskan-ziyoratgoh paydo bo‘ldi.
Ammo keyingi paytlarda ziyoratgoh atrofida dilni xira qiladigan voqealar ro‘y bera boshladi. Ya’ni maqbara tashqarisidagi endigina gulga kirgan daraxtlar qo‘porilib, gulzorlar payhon qilina boshlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ziyoratgohning shundoqqina biqinida avtobus to‘xtash joyi-Aqlli bekat va unga tutash qilib kattakon savdo do‘koni qurila boshlangan ekan. Xullas, ziyoratgoh atrofi yalang‘och holatga keltirilib, qurilish ishlari boshlanganligini tantanali ravishda bildirishmoqchidek beton poydevor ham quyula boshlandi. Natijada chor-atrof chang-to‘zon ichida qoldiki, endi bu yerga ziyoratga kelish amri-mahol bo‘lib qoldi.
Biz ushbu maqolani tayyorlash jarayonida ayrim hujjatlar bilan tanishdik. Masalan viloyat yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasiga tegishli hujjatda aynan ushbu ziyoratgoh yonida aqlli bekat qurilishi nazarda tutilmagan ekan. Demak hozirda qurib bitkazilgan, ya’ni zar chopondagi bo‘z yamoqdek shahar husniga dog‘ bo‘lib tushgan bu aqlli bekat qurilishi tegishli idoralar bilan kelishilmagan ekan.
Farg‘ona viloyat yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi rahbarlarining bayon etishlaricha, bu yerda amalga oshirilgan qurilish ishlari noqonuniy tarzda olib borilgan. Chunki Vazirlar Mahkamasining 342-sonli qarori talablariga ko‘ra, yo‘l mintaqasidan foydalanish uchun yuqorida nomi keltirilgan muassasa rahbariyati bilan kelishuv bitimi imzolanishi, so‘ngra qurilish ishlari boshlanishi lozim edi. Shu bois barcha qurilishlar amaldagi qonunchilikka binoan uni barpo etgan tadbirkor yoki tashkilot hisobidan buzib tashlanishi kerak.
Hududga mas’ul 2-sektor shtabidan ma’lum qilishlaricha, ayni paytda qurilish butkul to‘xtatilib, aqlli bekatu-do‘kon boshqa joyga ko‘chirilarkan.
Ushbu voqea xususida lavha tayyorlagan reportyor yigitning ta’kidlashicha, hatto xonlar ham otidan tushib, piyoda o‘tgan tabarruk ziyoratgohga tutash yo‘lda qurilish boshlagan tadbirkorni topib bo‘lmayapti ekan. Bu masalada hatto Qo‘qon shahar rahbarlari ham yordam bera olishmabdi. Eng qizig‘i, ushbu hududga mas’ul 2-sektor-prokuror shtabi mas’ullarining ham aqlli bekat quruvchisini topolmaganlari aytilyapti.
Ammo quvonarlisi, Navro‘z MFY raisi Rashidjon Bobojonov va mahallaning faol jonkuyarlaridan biri O‘ktamjon Toshqo‘ziyev esa muammoning tezda yechim topishiga umid qilishmoqda…
Shuningdek, berilgan va’dalarning bajarilishiga ham…