Pandemiya biz uchun og‘riqli saboq bo‘lganini juda tez unutayotgandekmiz go‘yo. Ortiqcha xarajatlarsiz, nari borsa 30 kishi bilan ham to‘y o‘tkazish mumkinligini o‘shanda ko‘rdik. Birov-birovdan gina qilmasdi. Aksincha, to‘y tashvishini o‘ylab, siqilib, boshi qotgan qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz shu bahona o‘z orzu havaslariga yetgandilar. Shu tariqa kimdir kelin tushirdi, boshqa birov qizini uzatdi.
Koronavirus balosi avj olgan paytda hatto yaqinlarimiz bilan qo‘l berib so‘rashish, bag‘rimizga bosish ham aslida g‘animat ekanini his etgandik. Huvillagan ko‘chalarimizga qarab, qancha ezildik, ichimizda tavbalar qildik. O‘sha kunlarda ko‘ngillar ancha yumshagan, odamlar bir-biriga har doimgidan ko‘ra mehribonroq edi, nazarimda.
Kimdir nochor oilalarga yordam qo‘lini cho‘zdi, ro‘zg‘oridan orttirib shunday chaqiriqlarga “labbay” deb javob berdi. Soddaroq aytganda, yagona xalq bo‘la oldik o‘shanda.
Tunov kuni internetda bir to‘y videosi tarqaldi. Endi shu darajada dabdabaliki, ta’riflashga til ojiz. Nahotki kimo‘zarlik musobaqasini yana boshladik? Nahotki yana manmanlik, yana kibrga berilyapmiz? To‘g‘ri, kimdir bu orzu havasim, o‘z pulim, bilganimni qilaman, aralashma deyishi mumkin.
Bolalarni himoya qilish kunida to‘s-to‘polon, janjal ko‘tarib, arzimagan sovg‘a talashganlar, ayniqsa, ayollarning bir-biri bilan urishganini ko‘rib, shu millatning bir vakili sifatida uyalib ketdim. Buni ko‘rgan bolalar nima deydi, qanday xulosa qiladi?
Ortidan bittasi chiqib, shaharlik, viloyatlik deb mahalliychilik qiladi. Hayron qolasan. O‘zi bizga nima bo‘lyapti? Nahotki kechagi kunlarni shunchalar tez unutdik?
Nima, ko‘zimiz ochilishi uchun yana sinov kerakmi bizga? Sinovlarsiz bir millat, bir xalq bo‘lolmaymizmi?