• 2005 yilda “muzlatilgan” harakatga 15 yildan keyin ikkinchi start berildi.
• 2030 yilgacha YAIM 130 milliardga chiqadi.
Shunda
• Parlament JST yo‘lidagi eng asosiy “qurol”mi?
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan eng muhim maqsadlardan biri bu – O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasidir.
Chindan ham 164 ta davlat a’zo bo‘lgan, 13 ta davlat kuzatuvchi maqomini olgan va dunyo savdosining 98 foiz ulushiga ega bo‘lgan JSTga a’zo bo‘lish milliy iqtisodiyotimizning salohiyatini yanada oshirish, global ishlab chiqarish va qo‘shimcha qiymat zanjirida muhim bo‘g‘inga aylanish imkonini beradi.
Ma’lumki, O‘zbekiston ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish uchun 1994 yilda ariza bergan bo‘lsa-da, 2005 yildan keyin a’zolik jarayoni to‘xtab qolgan edi. Oradan 15 yil o‘tib, ya’ni 2020 yildan boshlab yana JSTga a’zolik jarayonini boshladik va bu masala davlat siyositining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
JSTga a’zolik jarayoni faol bosqichga o‘tganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi. Tashkilot bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya qayta tuzildi. Adliya vazirligida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha maxsus boshqarma tashkil etildi. Qisqa vaqt davomida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish maqsadida 2023-2024 yillar davomida 24 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, 40 ga yaqin hujjatlar uyg‘unlashtirildi.
JSTga qo‘shilish bo‘yicha ishchi guruh uchrashuvlarining faollashgani natijasida 30 dan ortiq davlatlar bilan ikki tomonlama faol muzokaralarni olib borayotgan bo‘lsak, shundan 11 ta mamlakat bilan bozorga kirish bo‘yicha hamma shartlar kelishib olindi.
Bu jarayonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xususan, palataning ikki nafar deputati Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya a’zosi sifatida barcha jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.
Ma’lumki, JSTga a’zo bo‘lishning asosiy talablaridan biri, bu, avvalo milliy qonunchilikning tashkilotning qoida, me’yor va stadartlariga uyg‘un bo‘lishidir. Shuning uchun ham Qonunchilik palatasiga kiritilgan barcha qonunlarni Jahon savdo tashkiloti qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash maqsadida ekspertizadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, palata tomonidan 2023 yil 29 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritildi.
Bu bilan xorijiy va mahalliy kompaniyalar uchun bir xil imkoniyat va sharoitlar yaratish, milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga birxillashtirish bilan bog‘liq normalar qonunchilikda o‘z aksini topdi.
Shuningdek, 2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlt byudjeti to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishda JST talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizga import qilinadigan ayrim aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar uchun aksiz solig‘i stavkalari kamaytirildi.
Shu o‘rinda joriy yilning 4 iyunida qabul qilingan “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ahamiyatini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu hujjat O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish maqsadida jiddiy amaliy qadamlar tashlayotganidan dalolat beradi. Xususan, bosqichma bosqich “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ, “O‘zkimyoimpeks” MCHJ, “UzGasTrade” AJ kabi korxonalar uchun maxsus (eksklyuziv) huquqlar bekor qilinishi monopoliyalarning barham berilishiga, davlatning iqtisodiyotdagi aralashuvini minimallashtirishga qaratilgani bilan nihoyatda muhimdir.
Shu bilan birga, Farmon bilan hukumat tomonidan imzonlangan barcha investisiya bitimlari xatlovini o‘tkazish, davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik kuchaytirilishi kabi masalalar ham davlat manafaatlariga hamda korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
O‘z navbatida, ushbu farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi tomonidan milliy qonunchiligimizni JST talablariga moslashtirish ishlarini jadallashtirish talab etiladi. Jumladan, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga takliflarni baholashda foydalaniladigan imtiyozlar va preferensiyalar qayta ko‘rib chiqilishi zarur bo‘ladi.
Alohida qayd etish joizki, Yangi O‘zbekistonda hukumat 2030 yilgacha Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollar, Eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazish hamda 250 milliard dollarlik investisiyalarni o‘zlashtirish kabi yuksak maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan. Bu esa yana bir bor O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi ushbu maqsadlarga erishishimiz uchun eng to‘g‘ri yo‘l ekanini ko‘rsatmoqda.