Forobiy arab emas, turkiy

Forobiy arab emas, turkiy

Ming yil ilgari Markaziy osiyoliklar erishgan intellektual yutuqlarni sanamoqchi bo‘lsak, qayerdan boshlashga qiynalib qolarkanmiz. Ma’lumki, matematikada ham birinchi bo‘lib, Markaziy Osiyoliklar irrasional sonlarni qabul qilib, tenglamalarning turli xil shakllarini aniqlashgan, trigonometriyani kashf etib, o‘nlik sonlar tizimi va hind (Gʻarbda «arab» raqamlari sifatida tan olingan) raqamlarni takomillashtirishgan. Astronomiyada ham yaqin asrlargacha tengi yo‘q bo‘lgan aniqlik bilan Yerning diametrini o‘lchaganlar hamda hayratlanarli darajadagi aniq astronomik jadvallarni tayyorlashgan. Buning uchun esa Uyg‘onish davridan ancha avvalroq bir necha yirik rasadxonalar qurishgan. 

Kimyoda ham reaksiyalarni qaytarishga, kristallizatsiyadan kimyoviy tozalashning bir vositasi sifatida foydalanishgan, go‘yo Dmitriy Mendeleyevning 1871 yilgi davriy jadvaliga poydevor yaratish maqsadida muayyan tortishish kuchini o‘lchash va uni guruh elementlarida qo‘llash kabi salmoqli yutuqlarga erishganlar. Ular xrestomatik tarzda qadimiy tibbiy bilimlar rivojiga ham o‘z hissalarini qo‘shdilar, farmakologiya asoslarini kengaytirib o‘z bilim va ko‘nikmalarini Gʻarb va Hindistonga tarqatdilar. Texnologik yutuqlardan keyinchalik g‘arbiy yo‘nalishda Yaqin Sharqqa va Yevropaga hamda sharqiy yo‘nalishda Xitoygacha tarqalgan shamol tegirmonlari va suvni ko‘tarish uchun gidravlik mashinasozlikni ta’kidlash mumkin.

Xo‘sh, bu Bag‘dodda xalifalikda mujassamlashgan arab dunyosi ilm-fan va ta’limining oltin davri emasmi? Xuddi shunday. Bu yerda oftalmologiyaning asoschisi – ibn al-Hayzam (taxm. 965-1040) kabi yorqin arab olimlari yashab o‘tgan. Biroq, Leypsiglik olim Xaynrix Shuter birinchilardan bo‘lib bir asr avval ko‘rsatganidek, o‘sha «arab» olimlarining ko‘pi (aksariyati bo‘lmasa agar) aslida Markaziy Osiyodan kelib chiqqan turkiylardan ekanini aytgan.

Buni al-Beruniy kabi O‘zbekiston sarhadlarida joylashgan Xorazm o‘lkasidan kelib chiqqan va shuning uchun «al-Xorazmiy» sharifini qabul qilgan matematik va astronom Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy misolida ko‘rish mumkin. Uning o‘nlab kashfiyotlaridan biri bo‘lgan algoritmlarda uning buzilgan shaklda bo‘lsa-da,  ismi-sharifi aks etganini, «algebra» atamasi uning matematikadagi ulkan e’tirofga loyiq asari sarlavhasidan olinganini qayd etish joiz. Shunga o‘xshash tarzda, Gʻarbda Alfarabius nomi bilan tanilgan va Aristotel etikasini innovasion tahlil qilishda Tomas Akvinas (ruscha - Foma Akvinskiy)dan tashqari barcha Gʻarb mutafakkirlaridan ilg‘orlab ketgan Abu Nasr al-Forobiy (taxm. 872-961) arab emas, balki turkiy olim edi.