BMT bosh kotibi janobi Antoniu Guterrishning ma’lum qilishicha, kam uglerodli sovutish tizimiga o‘tishni yaxshilash, passiv sovutish tizimini kengaytirish, yanada yashil va samarali yechimlar topishgina insoniyatni global isishning og‘ir oqibatlaridan himoya qilishning yagona yo‘li bo‘lib qolmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu choralar 2050 yilda 3,5 milliard odamni himoya qilish bilan birga, chiqindilarni kamaytirish va iste’molchilarga har yili 1 trillion dollarni tejash imkonini yaratadi.
Jahon sog‘liqni saqlash va Jahon meteorologiya tashkilotlari esa boshqa bir statistikani e’lon qildi: 57 ta mamlakatda issiqdan ogohlantirish tizimini takomillashtirish orqali yiliga 100 mingga yaqin kishining hayotini saqlab qolishi mumkin.
Bugun aqlsiz boshlar va tig‘li boltalar qarori bilan o‘tinga aylantirilayotgan daraxtlar, chiqindiga to‘la ko‘chalar-u, suv havzalarini ko‘rib yuraging orqangga tortadi. Ming shukurki, oramizda ona-tabiat og‘rig‘iyu, dardini, oqibatiyu, fojiasini his etmayotganlarni ko‘raverib, asabi dosh bermay qolgan va Yurtboshimizga g‘oyibona murojaat qilib, “Muhtaram Prezident, meni Ekologiya vaziri etib tayinlang!” deya hayqirayotgan ekofaollar juda ko‘p. Zero, ayni shu vazifa burchi sanalganlar mavjud holatni real baholay olmayotgan ko‘rinadilar.
E’tibor bering, Chilonzorda 200 yillik chinor kesildi, Olmazorda qasddan daraxtlar kasallantirilyapti, bu haqda ijtimoiy tarmoq bong uryapti, fuqarolar yozyapti, gapiryapti.
Shundan keyingina qonunbuzarlar jarimaga tortilyapti. Bu yaxshi, albatta. Ayni paytda birgina poytaxtning ekologik holati chuqurroq o‘rganilsa, shahar ko‘chalarining kundan-kunga huvillab borayotgani yaqqol seziladi. Azim chinorlar tepadan qurishni boshlagan, tadbirkorga halal bergan daraxtlar ustidan “qatl hukmi” chiqarilgan.
BMTning yana bir ma’lumotida, yer tobora isib, yashash uchun xavfli hududga aylanib borayotgani aytilyapti. Tashkilot ekspertlari zudlik bilan chora ko‘rilmasa, milliardlab odam tobora kuchayib borayotgan jazirama to‘lqinidan azob chekishini ta’kidlashmoqda. Qayd etilishicha, harorat ko‘tarilishi bilan eng avvalo, homilador ayollar, nogironlar va sog‘lig‘i yomonlar, qariyalar, bolalar, ko‘chirilganlar va kambag‘allar jiddiy xavf ostida qoladilar. Ma’lum bo‘lishicha, 2000-2019 yillarda issiqlik tufayli yiliga o‘rtacha 489 mingga yaqin o‘lim holati qayd etilgan.
Fojianing 45 foizi Osiyo, 36 foizi Yevropaga to‘g‘ri kelgan. 2000-2004 va 2018-2022 yillarda 65 yoshdan oshgan odamlar orasida issiqlik bilan bog‘liq o‘lim taxminan 85 foizga oshgan. BMT Bolalar jamg‘armasi – UNICEF ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyodagi jazirama yiliga salkam 400 bolani nobud qilmoqda. Agar isish shu alfozda davom etaversa, 2050 yilga borib dunyoda 18 yoshgacha bo‘lgan 2,2 milliard bola issiqlik to‘lqiniga duchor bo‘ladi...
Qarshi shahriga ketishda Chiroqchining biydek dalasidan o‘tiladi. Yaqinda o‘sha yo‘ldan o‘tganimda ikki tomonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanib, bog‘lar barpo qilinayotganini ko‘rgandim. Isirig‘-u, yantoqdan boshqa narsa o‘smaydigan lalmi yerda bog‘ yaratishga uncha-muncha odamning yuragi dovlamaydi, albatta. Eng qizig‘i, mahalliy aholi farzandlari kelajagini o‘ylab, “Yashil makon” loyihasi doirasida ajratilgan ko‘chatlarga qo‘shib, chog‘roq emas, kattagina bog‘ ham barpo qilishibdi. Parvarish ham yoddan chiqmagani nihollarning yashnab turganidan ko‘rinib turibdi. Ota-bobolarimiz “odamdan bog‘ qolur” deganlaridek, shu ketishda ana shunday manzillarda cho‘l qolmasa kerak...
Ammo besh qo‘l barobar emas ekan...
Tafakkur qiling: bugun Sizu biz kesayotgan har 4 ta daraxt ertaga nabirangizning hayotini saqlab qolishi mumkin.
Xo‘sh, havoning ifloslanishi, allergik kasalliklar ko‘payayotgani, bolalarning past tonusli bo‘lib va bosh suyak bosimi bilan tug‘ilayotganiga kim aybdor? Bundan 40-45 yil avval bir kishining erkin nafas olishi uchun 50-60 kvadrat metrli yashil maydon kifoya qilgan bo‘lsa, bugun bu me’yor 100-200 kvadrat metrga tenglashdi.
Olimlarning qayd etishlaricha, daraxtlar va boshqa o‘simliklarning barglari quyoshdan kelayotgan issiqlik quvvatining faqat 10-30 foizini o‘tkazar ekan. Natijada Yer usti harorati moʻtadil bo‘lar ekan.
Ammo ko‘p hollarda ichimlik suvi, sanoat chiqindilari ko‘payayotgani sabab tabiatga yetkazilayotgan zarar, poytaxt ozodaligi-yu, yashilligini saqlash, turli qurilishlar-u, yashil iqtisodiyot bilan bog‘liq muammolar hayotimizga aks ta’sir qilyapti. Vaziyat tahlil qilinganda kalavaning uchi yana Ekologiya atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga borib taqalyapti...
Bugun mutaxassislarning kamligi ham sohadagi muammolarning qiyinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Xususan, sohani yaxshi tushunadigan arboristlar (daraxtshunoslar), tuproqshunos, suvshunoslarning yetishmayotgani bu borada tizimli ishlar olib borilmayotganiga ishoradir. Vazirlik ana shunday muammolar yechimi bo‘yicha ham tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yishi kerak! Shuningdek, sohaga doir qonunlar ustuvorligini ta’minlash ham dolzarb ekanini, bunda ijroga birlamchi e’tibor qaratish lozimligini aytish joiz.
Nazarimizda, yurtimizda “Ekologiya politsiyasi” faoliyatini ham yo‘lga qo‘yishning ham vaqti kelgan ko‘rinadi. Zotan, “Daraxtlar reyestri”ni joriy qilish ham dolzarb ekani bejizga ta’kidlanmayapti. Qisqasi, ayrimlarning talqinicha, uncha muhim emas deb qaraladigan bu vazirlik aynan bugun ikki karra ko‘proq mas’uliyatli, ikki karra ko‘proq burchdor va javobgar!