Shu yilning 21 may kuni Prezidentimiz Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishib, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng yoyish orqali kasalliklarning oldini olish, odamlarda o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini kuchaytirish hamisha muhimligini ta’kidladi.
Darhaqiqat, inson salomatligi — eng bebaho boylik. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yetti yilda tizimga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 5,9 trillion so‘mdan 33,5 trillion so‘mga, ya’ni 6 barobar oshirildi.
O‘tgan qisqa davrda tibbiyotning birlamchi tibbiy sanitariya yordami tizimidan tortib, zamonaviy, yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatadigan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarigacha bo‘lgan tizimi paydo bo‘ldi. Ya’ni, xizmat ko‘rsatish ko‘lami, murakkabligi bilan bir-biridan farq qiluvchi turli darajadagi tibbiyot muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Tibbiy xizmatlarni xalqqa yaqinlashtirish borasida birlamchi tizim muassasalari tarmog‘i kengaytirilib, unda skrining tadbirlari, maqsadli patronaj hamda “Elektron poliklinika” tizimi joriy qilindi. Yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot muassasalarining hududiy filiallari tashkil etildi, telemedisina yo‘lga qo‘yildi.
Albatta, bularning barchasi aholi salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda, taqdimotda ilgari surilgan har bir yangi taklif sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur o‘rganish asosida, tibbiyotning eng ko‘p murojaat qilinadigan birlamchi bo‘g‘ini va tez tibbiy yordam tizimida fuqarolar va tibbiyot xodimlarini qiynayotgan masalalar yechimiga qaratilgani, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar va tibbiyot muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlanishini yaxshilash ko‘zda tutilgani bilan ham muhimdir.
Ayniqsa, ushbu takliflarni ishlab chiqishda xorijiy ekspertlar jalb qilingan holda, ularning tajribasini milliy tibbiyotimizga integratsiya qilish nazarda tutilgani tizimni xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini kengaytiradi. Jumladan, birlamchi bo‘g‘inda faoliyat yurituvchi shifokor va hamshiralar vazifalari qayta taqsimlanadi, yil yakuniga qadar yettita eng ko‘p uchraydigan kasallik va holat bo‘yicha kafolatlangan paket hamda yana 300 ta klinik protokollar qayta ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrida joriy yilda sohani raqamlashtirish bo‘yicha yangi tizim yaratilishi, jumladan, shaharning barcha tibbiyot muassasalari yangi komp’yuter va texnika vositalari bilan jihozlanib, “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” tizimlari yaratiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarining to‘liq yo‘lga qo‘yilishi esa aholiga kafolatlangan paket asosida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish, sohaga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Asosiysi, bu umumiy soliqlar hisobidan amalga oshirilib, odamlardan qo‘shimcha badal undirilmaydi.
Dorilarga ehtiyojni shakllantirish, ularni xarid qilish va yetkazib berish tartibini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olinadigan dori vositalari ro‘yxati va xaridini takomillashtirish, aholiga kafolatlangan paket doirasida buyuriladigan dori vositalari elektron resept asosida dorixonalardan bepul berishni yo‘lga qo‘yish orqali fuqarolarning dori vositalari bilan ta’minoti yaxshilanadi. Shifokorlar va farmasevtik kompaniyalarning dori tarqatuvchilari o‘rtasida aloqalarga barham beradi.
Tez tibbiy yordam “koll-markaz”larida shifokor maslahati yo‘lga qo‘yiladi, paramedik va pediatrik brigadalar tashkil qilinadi.
Bu takliflarning hayotga tatbiq etilishi poliklinikalarda bemorlar harakati tartibga solinishi, shifokorga navbat kutish vaqti qisqarishi, stasionar davolanishga ehtiyoji bor bemorlar shifoxonaga o‘z vaqtida yotib davolanishi, dori vositalari muomalasi tartibga solinishi, tez tibbiy yordamga yetib borish vaqti qisqarishi, ehtiyoj yuqori bo‘lgan bemorga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishi va natijada ularning hayotini saqlab qolish, kasallik og‘ir oqibatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, tibbiyot muassasalarini aholiga yanada yaqinlashtirish, sifatli tibbiy xizmatlar bilan qamrab olinishini ta’minlash, fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish qulayligini oshirish uchun zamin yaratadi. Eng muhimi, sog‘ligimiz, avvalo o‘zimizga bog‘liq ekanini his qilgan holda, yanada mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.