Garchi Samarqand moddiy-madaniy meros ob’yektlarini o‘z bag‘riga olgan ko‘hna shahar hisoblansa-da, bugun ularning hammasi ham yaxshi holatda saqlanmayapti.
Masalan, “Milliy tiklanish”dan saylangan deputatlarning o‘rganishlari 1913-1919 yillarda barpo etilgan Abdurahmon Jomiy mahallasidagi “Kavarzor” masjidi odamlar ko‘z o‘ngida vayron bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Umumiy maydoni salkam 10 sotixli masjid atrofida bir paytlar xujra va tahoratxonalar, ikkita hovuz bo‘lgan. Ammo bugunga kelib, holati birmuncha yomonlashgan bo‘lsa-da, masjid saqlanib qolgan. Boshqa inshootlar esa buzilib, qurilish materillari sifatida sotib yuborilgan.
Eski shahardagi “Darizanjir” masjid madrasasining ahvoli ham bundan-da tashvishlanarli. Ma’lumotlarga ko‘ra, turli hujralardan iborat madrasa XV asrda, masjid esa XIX asrda barpo etilgan. Ammo bugun asl masjiddan nishon ham qolmagan, uning o‘rnida barpo etilgan binoda esa 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatyapti.
Bir vaqtlar ilmu toliblar uchun maktab vazifasini o‘tagan madrasa ham yo‘q bo‘lib ketish arafasida. Tabiiy ta’sirlardan nurab borayotgan majmuadan esa omborxona sifatida foydalanilmoqda.
XIX asr oxirlarida mahalliy aholi tomonidan bunyod etilgan Amir Temur mahallasidagi Yusuf Xarot masjidining esa bugun faqat poydevori qolgan, xolos. Masjid yillar davomida mahalliy aholi tomonidlan talon-taroj qilingan.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi ushbu ob’yektlarni qayta tiklash, asrash va saqlashni kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa deb biladi va asori atiqalarimizga loqayd munosabatda bo‘layotgan shahar hokimligi mutasaddilarini zudlik bilan amaliy choralarga chaqiradi. Aks holda deputatlarimiz ushbu masalani xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasiga kiritishlarini ma’lum qilamiz.