Ming yillik qadriyatlarimizga asoslangan yangi O‘zbekiston mafkurasini shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvi keskinlashib, raqobat tobora kuchayayotgan shu kunlarda yoshlarni dangasalik, oilaga bepisand qarash, iste’molchilik, beqarorlik hamda jizzakilik kabi salbiy illatlardan asrash, ularda turli tahdidlarga qarshi immunitet hosil qilish bugunning eng dolzarb masalasiga aylandi.
Ma’lumki, ushbu masalaning huquqiy asoslari “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorda o‘z tasdig‘ini topgan. Ammo qaror qabul qilinganiga uch yildan oshgan bo‘lsa-da unda aks etgan ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilish masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilyapti, deb bo‘lmaydi.
Vaholanki, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtiruvchi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining faoliyati tanqidiy o‘rganilib, uni tubdan yaxshilash choralari bo‘yicha yo‘l xaritasi ham ishlab chiqilgan edi. Qarorda shuningdek, oliy o‘quv yurtlarimizdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar rivojiga har tomonlama ko‘mak berish, Markazning o‘rni va ta’sirini oshirish masalasida aniq ko‘rsatmalar belgilangan edi.
Bundan tashqari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida alohida boshqarma, alohida Markaz faoliyat yuritib keladi. Ammo tahlillar vazirlik tasarrufidagi mazkur boshqarmaga ilmiy-metodik jihatdan yo‘nalish, uslubiy qo‘llanma-yu, tavsiyalar berish, ko‘maklashish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatyapti.
Qayd etish joizki, bugun ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda kreativ fikrlovchi, oldindan strategik muhim yo‘nalishlarni belgilovchi, prognoz qiluvchi malakali mutaxassislar yetishmayapti. Sababi ma’naviy targ‘ibot tizimida izchillik, uzluksizlik va davomiylik yo‘q. Bizningcha, targ‘ibot va tashviqot yagona tizim asosida olib borilishi, bugungi bunyodkorlik islohotlarining tub mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyaviy barqaror maslak atrofida birlashtirilishi kerak.
Ayniqsa, har bir tashkilot yo muassasa o‘z holicha boshboshdoqlik bilan targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanmasligi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, siyqasi chiqqan uchrashuvlar, suhbat, muloqotlar, dumaloq stol yoki uch-to‘rt mutaxassisni yig‘ish yoxud videolavhalarni namoyish qilish bilan ma’naviy-ma’rifiy ta’sirchanlikni oshirib bo‘lmaydi.
Qayd etish joizki, qarorda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yaxshilash, soha vakillarining mushkulini oson qiladigan uch muhim jihat ko‘rsatilgan edi:
Birinchisi – “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, ma’naviy tarbiya uzviyligini ta’minlash, yoshlarni har xil axboriy va “aqliy” tahdidlardan himoya qilish, axloqiy mezon va milliy-ma’naviy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash bilan qo‘poruvchilik harakati, aqidaparastlik illatlaridan muhofazalash belgilandi.
Ikkinchisi – Respublika ma’naviyat va ma’rifat markaziga qo‘shimcha ravishda uchta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha dolzarb vazifalar ko‘rsatib berildi. Uchinchisi – ta’lim-tarbiyada uzviylikni, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla va oila o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash jarayonini “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida amalga oshirish imkoni yaratildi.
Shu sababli ham umumta’lim maktablarida yoshlar yetakchisining 1 shtat birligi saqlab qolindi. Umumta’lim maktablaridagi ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchining oylik maoshi esa oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy maoshiga tenglashtirildi. Oliy ta’lim tizimida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi qayta tashkil etilib, mavqei, maqomi ko‘tarildi.
Eng asosiysi- ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijodkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi alohida jamg‘arma tuzilib, ushbu tuzilmaning soha vakillarini moddiy jihatdan qo‘llashning asosi bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tildi. Bir so‘z bilan aytganda, yurt taqdirini o‘z taqdiri bilan bog‘lagan har bir ziyoliga, soha mutaxassislariga ishlash, o‘z bilim va malaka ko‘nikmalarini namoyon etish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Xo‘sh, shundan keyin ham targ‘ibotchilar amalga oshirayotgan ishlar ko‘lami talabga javob beryaptimi?
To‘g‘ri, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari boshchiligida sohada muayyan harakatlar boshlandi. Ammo uning natijadorligi, ta’sirchanligi va qamrovi masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Birgina misol, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tayyorlangan yo‘l xaritasida oliy ta’lim muassasalari talabalari doktorant va yosh izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Uchinchi Renessans-yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovini an’anaviy tarzda o‘tkazish belgilangan edi.
Dastlabki yillarda bu loyiha keng ko‘lamda o‘tkazildi. Ammo uning an’anaviyligi, uzluksizligi, natijadorligi va davomiyligi ta’minlanmadi. U shunchaki oddiy loyiha bo‘lib qoldi. Yoki, uch bosqichdan iborat “Jadid ma’rifatparvarlari g‘oyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish” mavzusidagi innovasion tadqiqotlar o‘tkazish qanday samara berdi? Kimlarga yetib bordi? Auditoriya ko‘lami qanday bo‘ldi? Bu masala bo‘yicha ham monitoring qilinmadi.
Ko‘ryapmizki, zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Axborot olish, tanlash va egallashga bo‘lgan raqobat, turli ijtimoiy tarmoqlarning jamoatchilikka, xususan, yoshlarga salbiy ta’siri soat sayin oshib, terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber jinoyatchilik, narkotrafik tahdidi kuchayib, ma’naviyatga, milliy qadriyatlar ustunlariga zarba beryapti. Bunday sharoitda ziyoli qatlam g‘aflat uyqusidan uyg‘onishi shart.
Shuning uchun ham mazkur qaror qabul qilinib, uning doirasida yelkamizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, ko‘hna va zamonaviy tarixni chuqur o‘rganib, ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, o‘zbek tilining davlat tili maqomidagi darajasini kuchaytirib, uni xorijda tadqiq etish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, hayotga yangicha qarash, yangicha fikrlash va yangicha ishlash bo‘yicha “aql markazlari”ni shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni jiddiy tahlil qilib, kuchli ekspertlarni tarbiyalashdek ustuvor vazifalarbelgilab berilgan edi.
Bugan aynan ana shu amallarni ro‘yobga chiqarishimiz uchun mudroqlikdan butkul qutulish, yagona maqsad yo‘lida jipslashish va ilm olish, ma’rifatli bo‘lish yo‘lida birlashish talab etilyapti.
Ya’ni bu masalada quruq gapirish, yozish, bong urish emas, og‘ir mehnat qilish payti keldi!!!