Savollar:
– Aytingchi, yoshlarning emin-erkin faoliyat yuritishiga to‘siq bo‘layotgan asosiy omillar nimada?
Muxlisa Ergasheva, Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘limi boshlig‘i:
– Nazarimda asosiy to‘siq, bu sifatsiz ta’lim, ikkinchi masala, moddiyat. Bugun ko‘pchilik yoshlar uchun ta’lim olish va diplom masalasi aktual bo‘lmay qoldi. Uchinchi omil esa bu Oliy ta’limni tugallab, o‘z mutaxasissligi bo‘yicha ish topolmayotgani, deb qarayman. Shuning uchun ham yurtimizda nomutaxassis kadrlar soni oshib ketyapti.
Ibrohim Jo‘raboyev, Mafkuraviy ishlar, partiyaning dasturiy ko‘rsatmalarini ishlab chiqish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i:
– Bugungi yoshlarning ta’limi, tarbiyasi va o‘zini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari jamiyat rivojlanishining istiqbolini belgilaydi, albatta. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish esa millatning barqaror va ravnaq topgan kelajagi garovi sanaladi.
Yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik bugun birlamchi muammo bo‘lib qolmoqda. Ya’ni, ayni damda ish topish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish chaqiruvga aylanib qolmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun esa zamonaviy kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash dasturlarini rivojlantirish kerak. Shuningdek, yangi ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradigan axborot texnologiyalari sektorini faol rivojlantirishda davom ettirishi muhim. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va investisiyalarni jalb qilish ko‘proq ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka ham hissa qo‘shadi.
Ayubxon Fayzullayev, O‘zMTDP Markaziy kengashi bo‘lim boshlig‘i:
– O‘zbekistonda yoshlarga juda keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Masalan, 2024 yilda O‘zbekiston tarixida birinchi bor Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan bo‘lgan Munavvara Cho‘liyeva 6 ta fandan milliy sertifikat olib, kirish imtihonlari uchun oldindan 189 ball yig‘di. Endi u imtihon topshirishi shart emas.
Lekin imtiyozlar bilan ko‘plab yoshlarimizni boqimandachilik kayfiyatiga o‘rgatib qo‘ymayapmizmi, degan fikr ham yo‘q emas. 2023 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga kirish imtihoniga 5 nafar yoshlar maksimal 189 ball yig‘ib, to‘lov-kontraktga kirgani haqidagi xabar jamiyatimizda katta rezonansga sabab bo‘lgandi. Bu masalaga davlat rahbari aralashgandan keyingina ular munosib bo‘lgan davlat grantiga ega bo‘lishdi. Doim tangani ikki tomoni bor deyishganidek yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda ham shu tamoyil ishlaydi. Kimdir yaratilgan imtiyozdan to‘g‘ri foydalansa kimdir buni suv iste’mol qiladi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ham fraksiya majlislaridan birida “Biz maktab va maktabgacha ta’lim tizimida yoshlarimizni hayotga emas balki OTMga kirishga tayyorlayapmiz, bu bizning eng katta xatoyimiz” deya ta’kidlagan edi. Agar bu tizimni har yili isloh qilaversak, bir tizimni ishlashiga qo‘yib bermasak butun bir avlodni yo‘qotishda davom etamiz. Finlyandiya ta’lim tizimi kabi yoshlarni hayotga tayyorlash tizimini joriy qilishni maqsad qilib olsak, boshqa bir tizim bizga yoqib qolsa, 2-3 yildan keyin fin tizimi ish bermadi deb boshqa tizimga o‘tmasligimiz kerak, balki shunda navda daraxt bo‘lishidan oldin chopishni to‘xtatarmiz.
– Ayni damda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz chet elda tahsil olishyapti ekan. Nima deb o‘ylaysiz ushbu yoshlarning necha foizi qaytib kelmasligi mumkin?

– Yuneskoning 2021 yilgi tahlillariga ko‘ra O‘zbekiston chet elda ta’lim olayotgan yoshlari bo‘yicha dunyoda 5 o‘rinda turadi. Bu yaxshi ko‘rsatkich, albatta. Lekin ular o‘z vataniga qaytishadimi, degan savol ham bor. Bu birgina O‘zbekistonning muammosi emas, balki qo‘shni davlatlarning ham muammosi hisoblanadi. “Ria novosti” xabarida talabalarning 92 foizi o‘z yurtiga qaytmasligi haqida axborot berilgan...

– Hozir 110 mingga yaqin bolaning chet elda o‘qiyotgani ularning ta’lim va kelajak istiqbolini izlayotganlarini anglatadi. Bu muammoni hal qilish uchun ta’lim tizimini modernizatsiya qilishimiz, zamonaviy texnologiyalar va o‘qitish metodlarini joriy etib, malakali o‘qituvchilarni jalb qilishimiz kerak bo‘ladi.
Albatta chet elda o‘qishning afzalliklari ko‘p. Bu yoshlarga tajriba olish, ilg‘or o‘qitish metodlari va yangi texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi. Ushbu bitiruvchilar o‘z bilim va tajribalarini mamlakatimizda samarali qo‘llashlari uchun sharoit yaratish muhim, bu esa umumiy taraqqiyot va farovonlikka hissa qo‘shadi.
Bu kontekstda qiziq savol tug‘iladi – chet elda o‘qiyotgan yosh o‘zbekistonliklarning qaysi qismi uyiga qaytishi mumkin. Masalan, AQSHda xalqaro talabalarning taxminan 25 foiz o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z mamlakatlariga qaytishar ekan. AQSHda o‘qiyotgan fan doktorlarining 73,7 foizi diplom olgandan so‘ng mamlakatda qoladi. O‘xshash tendensiyalar boshqa mamlakatlarda ham kuzatiladi. Ammo tan olish kerak, ko‘plab talabalar yaxshi karyera imkoniyatlari va yuqori turmush darajasi tufayli chet elda qolishni afzal ko‘radi.
Demak, qaytib kelayotgan talabalarning ulushini oshirish uchun ularning ishlashi va yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishimiz kerak. Bundan tashqari, turli dasturlar va grantlar orqali qaytib kelayotgan mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash muhim, bu ularga o‘z bilim va tajribalarini mamlakat manfaati uchun samarali qo‘llashga yordam beradi.

–Turli tadqiqotlarga ko‘ra, o‘rtacha 30-50% talabalar o‘qish tugatilgandan keyin yurtiga qaytmasligi mumkin.
Davlat uchun yosh mutaxassislarni qaytarishmi yoki ularni xorijda qoldirishmi, qaysi muhimroq bo‘lgani haqida ikki yondashuv bor:
1. Yosh mutaxassislarni qaytarish: Yosh mutaxassislarni xorijda o‘qishdan keyin qaytarish iqtisodni rivojlantirishga, yangi texnologiya va usullarni joriy qilishga, ta’lim va fan sifatini yaxshilashga, shuningdek, turli sohalarda mutaxassislar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beradi.
2. Emigratsiyani qo‘llab-quvvatlash: Boshqa tomondan, agar yosh mutaxassislar xorijda qolsa, ular mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga, xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga va o‘z yurtining xalqaro maydonda ijobiy imijini yaratishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, ular o‘z yurtiga pul o‘tkazib turishi mumkin, bu ham iqtisodga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat uchun eng yaxshi strategiya har ikki yondashuvni o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan, yosh mutaxassislarni qaytarish uchun shart-sharoitlar yaratish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, imtiyozli soliq to‘lovlari, ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar va boshqalarni kiritish, shuningdek, xorijda qolishga qaror qilganlarni konsullik xizmatlari, madaniy dasturlar va biznes assosiatsiyalari orqali qo‘llab-quvvatlash.