Yoki Prezident qarori bilan bir qator muammolarga yechim berilgani xususida
Yangi O‘zbekistonning keng ko‘lamli islohotlari negizida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish, eng asosiysi fuqarolarimizning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirish kabi juda dolzarb masalalar mujassamdir.
Joriy yilda davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari chog‘ida aholi bandligi, doimiy ish o‘rinlari tashkil etish, barcha turdagi tadbirkorlikni keng rivojlantirish masalalari asosiy mavzu bo‘lgani ham shundan.
Mazkur masalalar saylovchilar tomonidan ham domiy ravishda ko‘chirilmoqda.
Tadbirkorlarimiz yaxshi biladilarki, joriy yilning 2 aprelida kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 149-Qarori qabul qilindi. Bu qaror bilan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali daromad topishga qaratilgan faoliyatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadbirlar tizimini ham belgilab berdi, deyish mumkin.
Jumladan:
- 2024 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalar avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning so‘ndirilishi va qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilishi hisobidan moliyalashtirilishi;
- dasturlar doirasida so‘ndirilgan kreditlar hisobidan shakllangan resurslar birinchi navbatda mazkur hududdagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi;
- loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslari tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida joylashtirilishi;
- Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablag‘lari va kredit bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytirilishi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qolishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, 1 apreldan boshlab dasturlar doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga ajratilishini, shuningdek, asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno ekani, ya’ni ishlab turgan aholiga ushbu kreditlar ajratilishi nazarda tutilmagan. Ishsiz aholi bandligini ta’minlash uchun quyidagi tartibda kreditlar ajratiladi, xususan:
- 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida;
- ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;
- yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz;
- 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz ajratiladi.
Yana bir jihat: bu chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar tuman veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) va haqiqatdan yetkazib berilgan chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) sotib olishga, aholi tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkinligi ham belgilab berildi.
Ushbu kredit resurslari asosan AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» ATBlar tomonidan ajratilishini alohida ta’kidlash lozim.
Yana bir gap: mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024 yil 1 iyuldan boshlab mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi borasida monitoringi va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.
Mahallaga biriktirilgan bank va hokim yordamchisi mahalladagi kreditlar hisobiga amalga oshirilayotgan oilaviy tadbirkorlik loyihalarining natijadorligi uchun teng manfaatdorligi va javobgar bo‘lishini ham alohida ko‘rsatib o‘tish joiz. Bu mahallada yashovchi aholining to‘liq ish bilan band bo‘lishi, o‘z tadbirkorligini yo‘lga ko‘yishi, uni kengaytirishi orqali qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratib beradi, albatta.
Natijada, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat yaxshilanadi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalanish holati o‘zgarib, kishilarda daromadli mehnatga bo‘lgan intilish oshadi. Shuningdek, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki bo‘ladigan omillar va yo‘nalishlarni moliyalashtirish orqali ularni ishga solish hamda mahallalarning iqtisodiy rivojlanishi ta’minlanadi.