24-27 aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zolari hududlarda bo‘lib, ijtimoiy muassasalar, mahalla va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdilar.
Uchrashuvlarda bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar xususida ham keng ma’lumotlar berildi.
Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, partiya yetakchisi Alisher Qodirov boshchiligidagi deputatlar Chilonzor tumanidagi Beshqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gazning bir oylik iste’moli belgilangan yangi “bazaviy me’yorlar” kuchga kirayotgani sabablari haqida tushunchalar berdilar. Ma’lumki, ayrim hollarda ushbu o‘zgarishlar ijtimoiy tarmoqlarda turlicha talqin qilinmoqda.
Alisher Qodirov amaldagi tariflar haqiqiy tannarxni qoplamayotgani, soha subsidiyalar hisobidan faoliyat yuritayotganini ta’kidlab, shu kungacha iste’molchiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi narxi 295 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa-da, aslida davlatga 900-1000 so‘mga tushayotganini misollar bilan izohladi. Oqibatda yuzaga kelayotgan zarar 14 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ni subsidiyaga yo‘naltirish orqali qoplanyapti.
Bu esa tizimda modernizatsiya ishlarini ko‘ngildagidek amalga oshirish imkonini bermayapti. Ya’ni, bu nafaqat aholini energiya bilan to‘laqonli ta’minlashga, balki sohadagi beqarorlikka, pirovardida esa mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tejalgan subsidiya esa eskirib bo‘lgan infratuzilmani yangilashga sarflanyapti, xolos. Chunki bugun 125 ming kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i, 912 ta podstansiya va 33 mingdan ortiq transformatorlar 40 yildan beri ishlatilyapti. Natijada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi isrofi ortib, 15-20 foizi iste’molchilarga yetib bormayapti.
– Shu bois, “ko‘p ishlatgan ko‘p, kam ishlatgan kam to‘lash” yo‘liga o‘tilmoqda. Bu ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan eng yaxshi yechim bo‘lgani uchun aksariyat davlatlar, hatto qo‘shnilarimiz ham allaqachon shu yo‘lga o‘tishgan, – dedi Alisher Qodirov.
Ishchi guruhi a’zolari oilaviy tadbirkor Akmal Ergashev xonadonida bo‘lib, mebel va tikuvchilik syexi faoliyati bilan ham tanishdilar. Keyin deputatlar funksional oziq-ovqatlar kombinatida bo‘lib, 70 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan korxona ishchilariga energetika tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.
Andijon viloyati, Xonobod shahridagi mineral suv ishlab chiqaruvchi "E'vita" xususiy korxonasida bo‘lgan deputat Tursunoy Muratova ham ishchilarni qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, jumladan, energetika bo‘yicha qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan tanishtirdi. Hozirda mazkur korxonada 300 nafardan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlagan, kelgusida yana 200 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash reja qilingan.
– Yangi “bazaviy me’yorlar”ni amaliyotgan tatbiq etishdan maqsad ijtimoiy adolatni qaror toptirish, – dedi deputat. – Ayni paytda mamlakatimizdagi jami xonadonlarning qariyb 85 foizi (6,4 mln.) elektr energiyaning atigi 37 foizini, ya’ni oyiga o‘rtacha 300 kVt.soatgachasini sarf qiladi. Qolgan 15 foiz (1,1 mln.) xonadon esa umumiy quvvatning 63 foizini iste’mol qiladi va ular o‘rtacha oyiga 1000-5000 kVt.soat, hatto undan ko‘proq elektr ishlatadi. Tabiiyki, bunday xonadonlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismiga kirmaydi va ularning subsidiyalangan tariflardan foydalanishi qay darajada to‘g‘ri?
Yana bir misol: oilada bitta o‘rta klassdagi avtomobil bo‘lsa va u kuniga 100 km yursa, benzinda 150 000 so‘m, metan gazda 40 200 so‘m sarflanadi. Elektromobil bo‘lsa-chi? Tijorat quvvatlash stansiyalariga kirsa 37 500 so‘m to‘laydi, ammo uyda quvvatlasa-chi? 4 425 so‘m! Agar uyida subsidiyalanmagan tariflarda quvvatlasa qancha to‘lar edi? 15 000 so‘m, ya’ni benzindan 10 barobar arzon! Nahotki, elektromobil egasi kuniga 11 000 so‘m subsidiya olishga muhtoj?
Sodda qilib aytganda, bugun kam daromadga ega va kam elektr energiya ishlatadigan iste’molchi ham, daromadi yaxshi va oyiga ko‘p elektr energiya ishlatadigan iste’molchi ham bir xil narxda elektr energiya xarid qilmoqda. Davlat subsidiyasidan ham bir xil foydalanmoqda! Qani bu yerda ijtimoiy adolat?
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, masalan, energoresurslarga boy bo‘lgan Saudiya Arabistonida ham elektr energiya tarifi iste’mol darajasiga qarab o‘zgaradi. Turkiyada ham shunday: 2023 yilda turk xonadonlari oyiga 240 kVt.soatgacha iste’mol qilgani holda har bir kVt.soatga 686 so‘mdan, undan ortig‘iga esa 1031 so‘mdan haq to‘laganlar.
Dehqonobodlik saylovchilar bilan uchrashgan deputat Jamshid Qosimov “Bozortepa”, “Obod” hamda “Kaltaminor” mahallalari aholisini “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan tanishtirdi.
Ma’lumotlarga qarganda, bugun 4 millionga yaqin uy-joyning kadastr hujjati yo‘q. Amaldagi qonunchilikda esa yerga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish uchun huquqiy asos ham, vakolatli organ ham belgilanmagan. Hozirgacha bunday huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha 5 marta aksiya e’lon qilingan bo‘lsa-da, aksariyat yurtdoshlarimiz turli sabablarga ko‘ra ularda ishtirok etolmagan. Natijada ko‘pchilik o‘zi yashab turgan uy-joyiga egalik huquqini ololmay sarson bo‘lmoqda.
Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi aynan ushbu masalalarga huquqiy yechim bo‘lib xizmat qiladi. Unga ko‘ra, 2028 yilning 1 mayiga qadar fuqarolarning yakka tartibda, uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladi.
Qorako‘l tumanidagi “Xidreyli” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazgan deputatimiz Nazir Sobirov esa hokim yordamchilarining faoliyati hamda 2024 yildagi rejalari bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, mahallada joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 45 nafar ishsiz bo‘lgan. Shu kungacha ularning 28 nafari ish bilan ta’minlandi. O‘z-o‘zini band qilish orqali esa 8 nafar fuqaroga imtiyozli kredit asosida chorva mollari olib berildi.
Buloqboshi tumani hokimligida to‘rtta sektor vakillari, mahalla raislari va hokim yordamchilari bilan uchrashgan Baxtiyor Maniyazov esa “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha Sayxunobod tajribasini ommalashtirish yuzasidagn ma’lumot berdi.
Ma’lumki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2021 yildan boshlab har yili 200 mln. tup daraxt ekish loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yilda ham 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan.
Gʻayrat Safarov Angor pedagogika kolleji hamda 3-sonli umumta’lim maktabi jamoasi bilan uchrashib, soha vakillarini ta’limdagi so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishtirgan bo‘lsa, Azamjon To‘laboyev Bandixon tumani, Bekmirza Eshmurzayev esa Toyloq tumanidagi oilaviy dehqon xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganib, Sayxunobod tajribasini ommalashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdilar.
Azamjon To‘laboyev nima uchun Sayxunobod tajribasini ommalashtirish kerak, degan savolga javob qaytarar ekan, bu avvalo, yerdan yanada samarali foydalanish, dehqonlarning o‘z mahsuloti uchun bozor topishiga ko‘maklashish, tadbirkorlarni sifatli urug‘ va dori vositalari bilan ta’minlash, eksportiga amaliy yordam berish, yer munosabatlarini shakllantirish kabi muhim islohotlarni o‘z ichiga olishini ta’kidladi. Mutasaddilarga esa ushbu yangi tizimni respublikaning barcha – 9 ming 452 ta mahallasida yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirilgan.
Deputat Umida Rahmonovaning Qorovulbozor tumani hamda Kogon shahridagi “mahalla yettiligi” hamda faollari bilan uchrashuvlari ham samarali o‘tdi.
Uchrashuvlarda energetika tizimidagi so‘nggi yangiliklar, tariflar o‘zgarishi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasida ma’lumotlar berdi. Jumladan, isitish mavsumida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarga 270 ming so‘mdan bir martalik kompensatsiya ajratilishi, bu bilan qariyb 1,5 mln. kam ta’minlangan oila ijtimoiy himoya qilinishi ta’kidlandi.
– Aholi uchun elektr energiya bo‘yicha belgilangan 295 so‘mlik tarif boshqa rivojlanayotgan davlatlar bilan solishtirish darajasida ham emas. O‘zbekiston bu borada 230 ta davlat ichida eng past tarifli 15 ta davlat qatoriga kiradi, – dedi Umida Rahmonva.
Misol uchun qo‘shni Qozog‘istonda oyiga o‘rtacha 300 kVt.soat elektr energiyasini ishlatuvchi xonadon har bir kVt.soat uchun o‘rtacha 790 so‘m to‘laydi va bu O‘zbekistondagidan 2,6 barobarga qimmat. Boshqa rivojlangan davlatlarda, misol uchun Yaponiyada bu ko‘rsatkich 2 791 so‘mga teng. Yevropa davlatlarini gapirmasa ham bo‘ladi. Ispaniyada 4695 so‘m bo‘lib, mamlakatimizdagidan qariyb 16 barobar qimmat.
Uchrashuvlarda fuqarolar va “yettilik” vakillari tomonidan ko‘plab taklif va tashabbuslar bilan birga e’tirozlar ham o‘rtaga tashlandi. Jumladan, elektr energiya bo‘yicha belgiangan ta’riflar ko‘p qavatli turar joylar uchun to‘g‘ri kelar, ammo hovlida yashayotgan fuqarolar uchun, ayniqsa, qish mavsumida juda kam. Bas shunday ekan, bu me’yorni qayta ko‘rib chiqish kerak qabilidagi takliflar ham bildirildi. “Mahalla yettiligi”ni foliyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilishni butunlay cheklash lozim. Xatlov ishlarida “yettilik” ham ishtirok etishi lozim va bu ko‘plab muammolarni yechish imkonini beradi, kabi takliflar shular jumlasidandir.