Surxon yoshlari bilan 180 daqiqa

Surxon yoshlari bilan 180 daqiqa

Termiz davlat pedagogika institutida “Deputat va yoshlar” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari Saydulla Abduraimov hamda Saypulla Tursunovlar ishtirok etib, prezidentimizning yoshlarga oid siyosatida ko‘zda tutilgan 2ta eng muhim yo‘nalish – zamonaviy bilim berish va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bugungacha bo‘lgan natijalari to‘g‘risida so‘zlab berishdi. 

Yoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar yildan yilga mustahkamlanib borayotir, joriy yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi esa bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, - dedi tadbirda Saydulla Abduraimov.

Samimiy muloqot shaklida kechgan uchrashuvda yoshlar siyosatga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z takliflarini ham bildirishdi.

Salkam 3 soat davom etgan uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar hamda partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida Termiz davlat pedagogika instituti rektori Azizbek Hasanov esa “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zoligiga qabul qilindi.