2021 -yili O‘zbekistonda bolalar bilan bog‘liq 1800 ta jinoyat sodir etilgan. 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 20 foizga oshib, 2194 tani tashkil qilgan. Achinarlisi, bugun bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik kuchayayotgani aytilmoqda. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 334 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 400 ga yaqinlashdi. Bu esa bolalarga nisbatan sodir etilgan jami jinoyatlarning 18 foizini tashkil etyapti.
YUNISЕF va Statistika agentligi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 69 foizi oilada zo‘ravonlik bilan tarbiya qilinyapti. 30 foizi esa bevosita jismoniy zo‘ravonlikka uchrayapti
Keyingi yillarda bolalar huquqini himoya qilish ustuvor vazifaga aylandi. Majburiy mehnatga butkul barham berilgach, bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabat shakllandi. Natijada O‘zbekistonning Global bolalik reytingidagi o‘rni 2017-yildagi 78-o‘rindan 2021-yilda 62-o‘ringa ko‘tarildi.
Biroq globallashayotgan dunyoda bu boradagi huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish, qonuniy choralarni qat’iylashtirish ehtiyoji kun tartibidan tushmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha har yili 1 milliarddan ortiq bola turli zo‘ravonliklarga duchor bo‘lyapti va bu raqam yildan yilga oshib boryapti.
Tashvishlanarlisi, bola eng ko‘p zo‘ravonlikka uchraydigan joy uning o‘z uyi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumot uchun: AQSHda bolaga nisbatan zo‘ravonliklarning 76 foizi aynan oila a’zolari tomonidan sodir etilar ekan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimizda ham bu boradagi holatlar ijobiy emas. 2021-yili O‘zbekistonda bolalar bilan bog‘liq 1800 ta jinoyat sodir etilgan. 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich 20 foizga oshib, 2194 tani tashkil qilgan. Achinarlisi, bugun bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik kuchayayotgani aytilmoqda. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 334 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 400 ga yaqinlashdi. Bu esa bolalarga nisbatan sodir etilgan jami jinoyatlarning 18 foizini tashkil etyapti.
YUNISЕF va Statistika agentligi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 69 foizi oilada zo‘ravonlik bilan tarbiya qilinyapti. 30 foizi esa bevosita jismoniy zo‘ravonlikka uchrayapti.
«Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyada har bir davlat bolalarni zo‘ravonlik, ekspluatatsiya, tahqirlash va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik kabi holatlardan himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘rishi belgilangan. Lekin bizda faqat jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik bilan kurashib kelinadi. Shu bois, xalqaro talab va huquqni qo‘llashdagi muammolardan kelib chiqib, «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinib, bir ovozdan qabul qilindi.
Deputatlarning fikricha, ushbu qonun bilan bolalar zo‘ravonliklarining oltita turini aniq belgilash taklif qilinyapti. Bular jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik bilan birga g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va hozir keng taraqalayotgan bulling kiritilmoqda.
Bulling bu bir guruh bolalar yoki bir bolaning boshqa bolaga yoxud bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish, u bilan har qanday muloqotni cheklab qo‘yish, uning mol-mulkini qo‘lga kiritish va zarar yetkazish, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish yoki sog‘lig‘i va hayotiga ziyon yetkazishda ifodalangan, shu jumladan, Internet orqali amalga oshiriladigan muttasil psixologik, jismoniy tajovuzkor harakat hisoblanadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatyaptiki, bolalar zo‘ravonligi bilan asosan huquqni muhofaza qilish organlari kurashyapti, ammo afsuski, bu kutilgan natijani bermayapti. Qonunchilikda bu bilan shug‘ullanadigan yagona davlat organi ham belgilanmagan. Shu bois, ushbu qonun loyihasi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu boradagi ishlarga mas’ul etib belgilanyapti. Yana to‘qqizta davlat organi bevosita bu ishlar bilan shug‘ullanadi. Bolalar milliy komissiyasi esa barcha ishlarni muvofiqlashtirib boradi.
Ushbu qonun bilan ilk bora yangi institut joriy qilinyapti. Ya’ni, endilikda bolalarga ham himoya orderi berish taklif qilinmoqda. Orderi vakolatli organ tomonidan zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxsga hamda zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining o‘ziga beriladi. Shu bilan birga zo‘ravonlik sodir etgan oilalar bilan ishlash instituti ham joriy etilmoqda.
«Xalqaro mehnat tashkilotining ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonuni loyihasi ham deputatlarning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan 187 ta davlatning 45 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan mazkur Konvensiya oilaviy majburiyatlarga ega bo‘lgan xodimlar (ayollar va erkaklar) uchun teng imkoniyat va shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unga qo‘shilgan davlatlar bunday xodimlarga nisbatan mehnat huquqlari sohasida kamsitishlarning oldini olish choralarini ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladi. Ya’ni, amaldagi qonunchiligimizda bolani parvarishlash ta’tili faqat ayollarga berilar edi. Endi bu qonun loyihasi bilan erkaklarga ham bola boqqani uchun ta’til berish nazarda tutilyapti. Qonunchilikka ko‘ra, bunday ta’til yo ayolga yoki erkakka beriladi. Kimning ta’til olishi masalasi esa o‘zaro oilaviy hal qilinadi.
Fraksiya rahbari Alisher Qodirov qonun loyihasini ijobiy baholab, «Milliy tiklanish» partiyasida uch yildan buyon davom etib kelayotgan ayollarning ishga bir soat kech kelishi va bir soat vaqtli ketish tajribasini esga oldi.
Konvensiyada belgilangan talablarni inobatga olsak, aslida bu tajriba kamsitish hisoblanadi. Lekin o‘zbek oilalarida farzand tarbiyasida erkakka qaraganda ayolning o‘rni katta. Birgina misol: bugun eng katta muammolardan biri tug‘ilgan farzandlarning 90 foizi ona suti bilan katta qilinmayotganidir. Bunday bolalarning esa avvalo onaga, keyinchalik Vatanga mehri bo‘lmaydi.
Bolaning har tomonlama sog‘lom ulg‘ayishida ona sutining ahamiyati beqiyos. Ona suti bolaga aqliy mo‘jiza yaratish imkonini ham beradi va uning o‘rini hech qanday mahsulot bosa olmaydi. Bu ham ayolning oiladagi o‘rni qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Shu ma’noda, ayolga ham oilada, ham ishxonada qancha sharoit yaratib bersak shuncha kam. Lekin bunday Konvensiyalarda ayollarga ko‘rsatilayotgan mehr-muhabbatimiz, imtiyoz va e’tiborimiz kamsitish sifatida baholanadi. Xalqaro hujjatlarni qabul qilishda qadriyatlarimiz ham e’tiborga olinishi lozim. Ayollarga imtiyoz berishda esa davom etishimiz kerak.
– Shu bois, partiyamiz ayollarga kafolatlagan tug‘ruq ta’tilini bola uch yoshga to‘lgunicha berish, bu davrda nafaqa pulini tayinlash taklifini ilgari suryapti. Ona muhim davrda pul topish uchun ishga chiqib ketmasligi lozim, – dedi Alisher Qodirov.
Fraksiya a’zosi Jahongir Shirinov ham bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlab, qonunchiligimizga partiyamiz tashabbusi bilan moslashuvchan ish vaqti kiritilgani va bundan asosan ayollar foydalanishini ta’kidladi. Deputatning fikricha, xalqaro Konvensiya talablarini buzmagan holda ayollarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz lozim. Zotan, kelajak avlodni onalar tarbiyalaydi.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.