(Boshi o‘tgan sonda)
O‘sha kuni kechasi NKVD xodimlarini ko‘rgan R.Islomovning yuragi og‘riqli bir hisni tuydi. Shu kuni uning oppoq tongi otmay qoladi...
... Rustam Islomovning yuragi bejiz xijil bo‘lmagandi: rafiqasi Elmira Islomova bilan birga yashayotgan Toshkent shahri, Finkelshteyn ko‘chasi 46-uyda tun bo‘yi tintuv o‘tkazildi. Uy egasining pasporti, hujjatlari, yon daftarlari, yozishmalari, kitoblari, suratlari... hammasi xatlanib, olib ketildi. O‘rta Osiyo paxtachilik instituti talabasi, endigina 22 yoshni qarshilagan Elmira Islomova esa nima bo‘layotganini anglamas, nigohlari bilan eridan biror izoh, “qo‘rqma, hammasi yaxshi bo‘ladi, bu shunchaki rasmiyatchilik uchun” degan bir taskin kutardi.
Ammo NKVD xodimlari hali chaqaloq yig‘isi eshitilmagan bu manzildan uy sohibini tahqiromuz olib ketdilar. Shundan keyin Elmira Islomovaning ko‘z o‘ngida go‘yo adolatli tuzum, partiyaning oqilligi haqidagi balandparvoz gaplar ming-ming bo‘lakka bo‘linib ketdi. Kechagina jamiyatning eng obro‘li insonlaridan biri bo‘lgan erining yarim tunda mahv etilishi uning yuragiga sanchiq bo‘ldi. Uning bir olam orzulari bor edi: birgalikda bir etak bolalarni tarbiyalab, el koriga yaraydigan, ziyoli insonlar etib yetishtirish, nabiralar qurshovida qarilik gashtini surish...
Rustam endi qaytmas yo‘lga ketayotganini bilganidanmi, xotini bilan zo‘rg‘a xayrlashdi. R.Islomovning jinoyat ishidagi anketasidan uning ota-onasi vafot etgani va hali farzandi yo‘qligi anglashiladi. Yaqinlari sifatida esa ayoli Elmira Islomova hamda singillari uy bekasi Bashorat Islomova va Shafoat Muhammadjonovalar nomi keltiriladi. To‘g‘ri, Rustam Islomov yuqoridagi buyurtma maqolalar va partiya faollari yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, allaqachon ma’nan sindirilgan edi.
Buning ustiga 1937 yilning 25 sentyabr kuni uning nomidan “temir narkom” Yejovga yozilgan arizaga majburan imzo chektirildi. 24 betlik mazkur iqrornomada R.Islomovning barcha “xato”lari sanab o‘tilgandi. 28 sentyabr kuni O‘zSSR MIKda tor doirada yana bir yig‘ilish o‘tkazilib, O‘zbekiston SSR MIK a’zolari tomonidan R.Islomov faoliyati taftish etiladi. Biroq, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasidagi uning zahmatli mehnatlarini, qisqa muddatda erishgan ulkan yutuqlarini biror kishi aqalli eslab ham qo‘ymaydi. Hech kim uni himoya qilmadi, aksincha, osongina voz kechadilar...
1937 yilning 27-29 sentyabr kunlari Rustam Islomov 25 betlik yana bir so‘roq bayonnomasiga imzo chekadi. Unda O‘zbekiston MTSlaridagi kadrlar masalasi, “staxanovchilik” harakatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ayniqsa, sug‘orish ishlari, qishloq xo‘jaligi, paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik sohalarida amalga oshirilgan bemisl “jinoyatlar” yozilgan bo‘lib, ularning hammasi hali tayinlanganiga ikki yil bo‘lmagan rahbarning bo‘yniga qo‘yilgandi (Bu bo‘htonlarga u osongina imzo qo‘ymagan, albatta). 1937 yilning oktyabr oyi boshida O‘rta Osiyo Harbiy okrugi boshlig‘idan O‘zSSR NKVD idorasiga maxsus xat keladi.
Xatda mashhur rus qo‘mondoni Budyonniy talabi bilan O‘zbekiston hududidan 2-3 yoshlik eng yaxshi zotdor otlar muntazam ravishda Moskvaga sinovdan o‘tkazish uchun yo‘llangani, ammo, R.Islomov O‘zbekiston SSR Yer ishlari xalq komissari bo‘lgach, “Bu yerda Moskva emas, biz xo‘jayin, zotdor otlarimizni o‘zimiz ham sinovdan o‘tkaza olamiz” degan vaj bilan Markaz talabini rad etgani bayon etiladi. Gorodovikov Rustam Islomovni yuqoridagi harakati uchun “burjua millatchisi” deb ataydi. Mazkur murojaat R.Islomovga qarshi qo‘llanilgan bosimning yanada kuchayishiga asos bo‘ladi.
1937 yil, 20 oktyabr. So‘roqda Rustam Islomovga yangi ayblovlar qo‘yiladi. Unga ko‘ra, 1929 yilgacha Moskvada o‘qigan R.Islomov go‘yoki o‘ng troskiychi guruh a’zosi bo‘lganini “tan oladi”. Shundan keyin ya’ni 1937 yilning 1 noyabrida tazyiq va tahqirlar ostida R.Islomovga nisbatan “o‘ng troskiychi guruh a’zosi” degan tamg‘a bosiladi.
20 dekabr kuni esa R.Islomovga josus, millatchi, terrorchi, davlatga katta miqdorda zarar keltirgan unsur sifatida baho berilib, unga O‘zSSR JKning 57-1,60, 63,67 - moddalari qo‘llaniladi. 1937 yilning 22 dekabrga kelib, R.Islomov o‘z ishi bilan tanishib chiqqani va unga boshqa hech narsa qo‘shimcha qila olmasligini aytib ishni to‘xtatishlarini iltimos kilgani bayon etiladi. Bu endi uning batamom sindirilgani va o‘limini bo‘yniga olganligini anglatar edi.
Aslida, R.Islomovni yo‘q qilish rejasiga 1937 yilning 12 sentyabridayoq IIXK tomonidan O‘zSSR Yer ishlari xalq komissarligi faoliyatini taftish etish maqsadida maxsus komissiya tuzilganidayoq kirishilgan edi. Komissiya xulosasiga ko‘ra, go‘yoki 1935-, 1936-, 1937 - xo‘jalik yillari barcha sohalar qiyosiy “o‘rganildi” va komissarlikning “davlatdan ko‘proq undirish va unga kamroq berish” tamoyili bilan ishlaganlari “isbotlandi”. Barcha ayblov va xulosalar yig‘ilganda 200 betdan ziyodroq to‘plam yuzaga keldi.
Ammo bu ham tergovchilarni qanoatlantirmadi. Rustam Islomovning “Ayblov bayonnoma”si O‘zSSR IIXK tomonidan 1937 yilning 26 dekabrida imzolanib, uni SSSR general prokurori yordamchisi 1938 yil 3 oktyabr sanasi bilan tasdiqladi. Unda Rustam Islomovni 1921 yildan “Milliy ittihod” aksilinqilobiy millatchilik tashkiloti hamda 1928 yildan o‘ng troskiychi guruh a’zosi, 1923-26 yillarda F.Xo‘jayev rahbarligidagi “18 lar guruhi” tarafdori bo‘lgani ko‘rsatilib, O‘zSSR JKning 57, 58, 63, 64, 67-moddalari bilan ayblandi.
Nihoyat 1938 yilning 4 oktyabr kuni soat 9:25 dan 9:35 gacha davom etgan sudda “Uchlik” R.Islomovga oliy jazoni qo‘lladi va hukm o‘sha kunning o‘zidayoq ijro qilindi....
Shu tariqa millatning yana bir oydini qatl etildi!
1956 yilga kelibgina Rustam Islomovning ishi qayta ko‘rib chiqilib, unga tuhmat asosida hukm chiqarilgani aniqlandi. 1956 yil 8 martda qayta so‘roqqa chaqirilgan guvohlar ham imzo chekkan qog‘ozlariga nima yozilganini o‘qishga imkon berilmaganini aytdilar. Va, 1956 yilning 29 iyun kuni SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi Rustam Islomovni oqladi va Rustam Islomovning achchiq qismati “qizillar saltanati”ning xalqimiz boshiga solgan bir ko‘rguligi sifatida qora sahifa bo‘lib tarix qatlaridan joy oldi.