«Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi!..»
Donolarimiz «Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi» deganlar. Bu borada bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla yoshlar yetakchilari o‘rtasida uzviy hamkorlik zanjiri yaratilmagani yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar ko‘payishiga sabab bo‘layapti. Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘quvchilarning davomatini yaxshilash bo‘yicha alohida ko‘rsatma va tavsiyalar berilganini bir esga olaylik. Bundan ko‘rinadiki, maktab o‘quvchilarining darslarda ishtirok etishi yuzasidan davomatini yaxshilash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak.