Yarim tun...
Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 5-uyning 2-xonadonida taftish o‘tkazilmoqda. Pasport va boshqa hujjatlar, qurollardan tortib, kitoblar, xatlar, uy jihozlari va shaxsiy buyumlargacha olib ketildi...
Bu voqea 1937 yilning 3 avgust kuni O‘zbekistonning fidoiy farzandlaridan biri Akbar Islomovning uyida sodir bo‘ldi. Harbiylar Islomovning qo‘liga kishan solib olib ketarkanlar, uning ortidan xotini Ketevan Davidovna, 10 yoshli o‘g‘li Temur (Asqar) va 6 yoshli qizi Muqaddaslar qon yig‘lab kolaverdilar. Akbar Islomovning onasi 81 yoshli Oysha aya, akasi Umar Islomov, singlisi Komila To‘raqulovalarga ham hech qanday tushuntirish berilmadi. Uni yaxshi bilganlarni qo‘rqitib uchun esa 1937 yilning 12 sentyabrida “Pravda Vostoka” gazetasida, 14 sentyabrda esa “Ekonomicheskaya jizn” jurnalida “Politicheskaya slepota byudjetnoy inspeksii NKF UzSSR” sarlavhali maqolalar chop etiladi.
Akbar Islomov 1896 yilning kuzida, Qo‘qon shahrida, oddiy hunarmand-duradgor Islomxo‘ja Ortiqxo‘jayev oilasida tug‘ilgan. U avval eski maktabda, so‘ng ikki yil jadid maktabida ta’lim oldi. Ayni paytda turmush qiyinchiliklari uni bolalik davridanoq mehnat qilishga majbur etdi. 1910-14 yillar zargarlik ustaxonasida hunar o‘rgandi. 1914 yilda yana o‘qishni davom ettirib, 5 oy davomida Qo‘qonda ochilgan rus-tuzem maktabida o‘qidi. Biroq, otasining vafoti tufayli u tahsilni davom ettira olmay, 1914 yildan Qo‘qonning eski shahar qismida joylashgan nashriyotda harf teruvchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Sobiq xonlikniig poytaxti Xo‘qandi latif bu paytda Farg‘ona vodiysining eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi sifatida muhim o‘rin tutardi. O‘lkada mustamlakachi ma’murlarning haqsizliklari, xalqqa nisbatan jabr-zulmning ortib borishi va bunga qarshi jadid taraqqiyparvarlarining ma’rifatchilik harakati tobora avj olardi.
Ana shunday qizg‘in bir paytda Akbar Islomov Obidjon Mahmudovning “Sadoi Farg‘ona” gazetasida ishlab, Farg‘ona jadidlarining yetakchilari Ashurali Zohiriy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Nazir To‘raqulovlar bilan tanishadi. Bu muhit uning dunyoqarashi o‘zgarishida muhim o‘rin tutadi. U ham o‘zi tengi yoshlar qatori jadid taraqqiyparvarlik harakatiga bosh qo‘shadi. 1916 yilga kelib Akbar Islomov mardikorlikka qarshi kurashda aholini birdamlikka chaqirib, o‘zi ishlayotgan nashriyotda mustamlakachi ma’murlar va ularning mahalliy gumashtalari kirdikorlari bitilgan vaqaralarni tayyorlab shaharga tarqatadi. Bundan xabar topgan podsho ma’murlari uni ishdan bo‘shatishga erishadilar.
Ma’lum muddat ishsiz qolgan Akbar Islomov Qo‘qonning yangi shahar qismidagi Voskrestniy ko‘chasi, Bolotina aptekasi yonida joylashgan Velskiy xususiy tipografiyasiga ishga kiradi. U yerda bilimlarini yanada mustahkamlab, kuchli noshir bo‘lib yetishadi. U tipografiya ishlari bilan bir qatorda Muxtoriyat tadbirlarida ham faol ishtirok etadi. Biroq, 72 kun umr ko‘rgan Muxtoriyat bolsheviklar tomonidan qonga botiriladi. Shu bahona bilan butun Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar xonavayron qilinadi. Muxtoriyat hukumati a’zolari bilan birga minglab begunoh kishilar ham o‘qqa tutiladi, talon-toroj avj oladi. Ko‘pchilik bolalari va oila a’zolarining jonini saqlab qolish niyatida bolsheviklarga bosh egdilar. Aholining boshqa bir qismi esa Vatan ozodligi uchun hayot-mamot kurashiga bel bog‘laydi. 1918 yilning martida A.Islomov yana Qo‘qondagi “Pechat ishlari” nomli tipografiyaga ishga qaytadi va “Musulmon mehnatkashlari Ittifoqi”ga kirib, yana jamoatchilik ishlarida faol ishtirok eta boshlaydi.
1918 yilning avgust oyida Akbar Islomov partiyaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi. Bir muddatdan keyin Qo‘qon shahar Musulmon mehnatkashlari kasaba uyushmasi raisi lavozimiga saylanadi. U o‘zining qat’iyati, uddaburonligi bilan tezda ko‘pchilikning nazariga tushadi. 1918 yilning oxiriga kelib esa Qo‘qon shahridan Turkiston MIKka a’zolikka saylanib, Farg‘ona viloyat inqilobiy tribunaliga taklif etiladi. 1918 yilning 23 dekabrida A.Islomov Turkiston MIK tomonidan Buxoro amirligiga yo‘llangan guruhga a’zo bo‘ladi. U bishqaruvchilik qobiliyati, mahalliy aholi bilan ishlash mahorati, vaziyatni to‘g‘ri baholay olish malakasi bilan sovet ma’murlarining e’tiboriga tushadi. Buxorodan qaytgach, 1919 yilning 24 mayidan e’tiboran Turkiston MIK Ichki ishlar xalq komissari o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi.
A.Islomov bu paytda Farg‘onada mahalliy hokimiyatni kuchaytirish, aholining o‘zini-o‘zi himoyalashini tashkil etish, xalq orasidan tashabbuskorlardan milisiya bo‘linmalari tuzish ishlariga rahbarlik qildi. Ko‘p o‘tmay yana Buxoroga – RSFSR rezidenti o‘rinbosari sifatida ishga yuboriladi. 1920 yilga kelib esa Toshkentga qaytgan Akbar Islomov Turkiston Respublikasi Ichki ishlar xalq komissari lavozimiga tayinlanadi. U Aravon va Uchqo‘rg‘on hududlarida Shermuhammadbek va Xolxo‘jalar rahbarligidagi qurolli qarshilik harakati yo‘lboshchilari bilan muzokaralar olib boradi. Turkiston XKS raisi K.S.Ataboyev, TASSR KP mas’ul kotibi N.To‘rakulovlar bilan birgalikda Farg‘ona vodiysidagi qurolli qarshilik harakatini to‘xtatish, xalq xo‘jaligini tiklash ishiga e’tibor qaratadi. Keyinchalik uning nashriyotdagi sobiq hamkasbi P.M.Grachevning eslashicha, A.Islomov ichki ishlar xalq komissari bo‘lgan vaqtda adolatli rahbar sifatida xalq hurmatini qozongan.
Xususan, u 1921 yili Qo‘qonga borganida xalq unga bozorda chayqovchilikning avj olib ketgani va mavjud adolatsizliklar haqida shikoyat qiladi. Shunda A.Islomov vaziyatni adolatli baholab, xolisona hukm chiqaradi. U P.M. Grachev va boshqa bir qator beayb kishilarni qamoqxonadan ozod qiladi. Aksincha, aholiga nisbatan zulm o‘tkazgan Turkiston CHK xodimlarining o‘zlarini jazoga torttiradi. 1921 yilga kelib esa uning tashabbusi bilan Turkistondagi yetim bolalar to‘planib, Toshkent shahrida ular uchun maxsus “Bolalar uyi” tashkil etiladi. U 1922 yili Turkiston davlat universitetining ishchi fakultetini muvaffaqiyatli tugatadi. Ammo o‘z bilimidan ko‘ngli to‘lmay, 1924 yilda yana SAGUning qishlok xo‘jaligi fakultetida o‘qishni davom ettiradi. O‘qish davrida u Toshkent okrug ijroqo‘m raisi lavozimiga tayinlanadi. 1925-27 yillarda esa viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, irrigatsiya, melioratsiya tizimini shakllantirish va transport uchun yo‘llar qurish borasida qizg‘in faoliyat olib boradi.
Viloyatda sovetcha yer islohotini oddiy aholi manfaatidan kelib chiqib, himoya qilgan holda muvaffaqiyatli amalga oshiradi. 1927 yili A.Islomov Moskvadagi O‘zSSRning doimiy vakili etib tayinlanadi va ikki yil davomida Moskvada turib, O‘zbekistonda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish yo‘lida tinimsiz ish olib boradi. Akbar Islomov O‘zbekistonda paxtachilik bilan birga ipakchilik, yog‘ ishlab chiqarish sanoatini yo‘lga qo‘yish, og‘ir sanoatni oyoqqa turg‘azish, mamlakatni agrar o‘lkadan agrar-industrial mamlakatga aylantirishga ham alohida e’tibor qaratadi.
1929 yilda esa uni yana O‘zbekistonga chaqirib olishadi. Va, u 1933 yilgacha davlat plan qo‘mitasi raisi, 1933 yildan to qamoqqa olingunigacha Moliya xalq komissari lavozimida ishlaydi. U 1918-24 yillarda Turkiston MIK a’zosi, 1925- 37 yillarda O‘zbekiston SSR MIK a’zosi, 1925 yildan SSSR va Turkmaniston SSR MIK a’zosi sifatida ish olib boradi. Shuni alohida qayd etish joizki, ana shu davrda Akbar Islomov haqida “Pravda Vostoka”, “Qizil O‘zbekiston”, “Farg‘ona” gazetalarida qator maqolalar chop etiladi. “Bolshaya Sovetskaya Ensiklopediya” kitobining 29-jildiga esa sovetlar mamlakatining yirik davlat arbobi sifatida kiritiladi.
U 1927 yilning aprel va 1929 yilning may oylarida Moskvada sovetlarning IV va V s’yezdlaridagi chiqishlarida O‘zbekiston SSRda xalq xo‘jaligini rivojlantirish, mehnatkashlar uchun madaniy turmush sharoitini yaxshilash masalalarini ilgari suradi. Uning tashabbusi bilan Farg‘onada tekstil fabrikasi, Marg‘ilon va Eski Buxoroda ipakchilik fabrikalari quriladi. O‘zbekistonda og‘ir sanoatni oyoqqa qo‘yish maqsadida uning bevosita rahbarligida Sho‘rsu neftni qayta ishlash zavodi, “STO” ozekert konlari va elektrostansiyalar bunyod etiladi.
Akbar Islomov qayerda va qanday vazifada ishlamasin, oddiy o‘zbek farzandi sifatida o‘z burchini sidqidildan bajaradi. Shu bilan birga Germaniyada tahsil olayotgan turkistonlik talabalarni doimo qo‘llab-quvvatlab keladi.
Afsuski, bunday vatanparvarlik sovetlar e’tiboriga tushib, 1937 yil 3 avgust kuni O‘zSSR IIXK rahbari qarori asosida endigina 40 yoshni qarshilagan O‘zSSR moliya xalq komissari Akbar Islomov qamoqqa olindi. Unga savdogarning o‘g‘li, Qo‘qon Muxtoriyati ishtirokchisi, “Milliy ittihod” aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi sifatida bir qator ayblovlar qo‘yildi.
Ammo dastlab unga qarshi biron jo‘yali ayb qo‘ya olishmaydi. U IIXK tizimida rahbar bo‘lib ishlagani uchun ham sovet qonunchiligi va mahbuslarning huquqlaridan yaxshi xabardor edi. Shuning uchun ham 1937 yilning 7 sentyabrida O‘zSSR IIXK o‘rinbosari nomiga yozgan arizasida sovet qonunchiligiga zid tarzda mahbuslarning xukuqlari toptalayottanini ma’lum qiladi. Unda mahbuslarning quyoshsiz holda bir soat, yorug‘likda 20 minut aylanish vaqti, ularga kitob o‘qishi uchun sharoit yaratib berish bilan bog‘liq bir qator majburiyatlar ham borligini eslatib o‘tadi. Javob bo‘lmagach, O‘zSSR Prokurori nomiga ariza bilan murojaat etadi.
Unda mahbuslar tunni to‘liq tergovda o‘tkazishi, 16 soatlab tik oyoqda turishi, soatlab hojat uchun navbat kutishlari, ovqatlanishdan qolib ketish hollari, eng yomoni IIXK xodimlarining haqsizliklarini, insonni xo‘rlashga qaratilgan harakatlarini birma-bir bayon qiladi. Biroq, bu xatlar, aksincha A.Islomovga eng og‘ir qiynoqlar qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. U dahshatli azoblar ostida 1937 yilning 16 sentyabrida o‘zining “aksilinqilobchi” bo‘lganini tan oladi. 1937 yilning 20 sentyabrida esa o‘ziga nisbatan bir qancha tuhmatlar yozilgan qog‘ozlarga imzo chekadi...
Shundan keyin unga 1937 yilning 20 sentyabrida aksilinqilobiy tashkilot a’zosi, deb karor chiqariladi. 1937 yilning 21 sentyabr kuni esa Akbar Islomovga yangi so‘roq bayonnomasi imzolatiladi. Unda A.Islomov maxfiy aksilinqilobiy tashkilotga Toshkentda, 1925 yili tortilganini “tan oladi” va amalga oshirgan bir qator jinoyatlarini keltirib o‘tadi. Ammmo 1937 yilning 22 sentyabrida o‘tgan tergovda O‘zSSR IIXK rahbariyatiga ariza yozib, unda o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarning quruq tuhmat ekanini dalillar bilan isbotlaydi. Ammo, bu arznoma ham javobsiz qoladi. Aksincha, unga jismoniy kuch ishlatib, SSSR IIXK rahbari Yejovga yozilgan arizaga imzo chektirishadi. Unda A.Islomov o‘zining aksilsovet tashkilotga a’zo bo‘lganini yana “tan oladi”. 1937 yilning 19 dekabrida esa uzluksiz qiynoqlardan butunlay holdan toygach, tergovni to‘xtatishlarini so‘rab iltimos qiladi.
Shundan keyin IIXK topshirig‘i bilan Moliya komissarligidan Akbar Islomovning “jinoyatlarini” fosh etuvchi o‘nlab ma’lumotnomalar olinadi. Lekin, Akbar Islomov bu masalalarda aybdor emasligini aytib, tuhmatlarni tan olmaydi. Shundan keyin sovet tergov mashinasi o‘zining yanada tuban usullarini qo‘llashga o‘tadi. Xususan, u bilan birga ishlagan Yevgeniya Mixalyans, Marina Ivanovna, Muharram Alixanova kabi ayollar A.Islomov tomonidan zo‘rlangan degan mazmundagi bo‘htonlar to‘qiladi. Bu sharmandali tuhmatlarga uning haydovchisi ham jalb etiladi. Biroq, Akbar Islomov tuhmatlarning barchasini rad etadi, yuzlashtirishga esa tuhmatchilarning o‘zlari rozi bo‘lmaydilar. Ko‘p o‘tmay, shunday ayb “kashf” etildi – O‘zSSR IIXK o‘rinbosarining 1937 yil 3 noyabrda imzolagan qaroriga ko‘ra, qamoqqa olinganlardan A.Islomov, A.Tojiyev, U.Eshonxo‘jayev, M.Tursunxo‘jayev, T.Qirg‘izov, A.Xudoybaxtov kabi 27 kishiga go‘yoki “o‘ng troskiychi maxfiy millatchilik tashkiloti” a’zosi degan ayblovlar e’lon qilindi.
1937 yilning 4 oktyabridan A.Islomovni yaqindan kuzatish maqsadida uning yoniga “axborotchi” joylashtiradilar. Shundan keyin u to‘g‘risidagi xabarlar ko‘payadi. 1938 yilning 19 fevral kechasi uning turma devoriga arab yozuvida nimalarnidir yozgani va yo‘lda ataylab yo‘talib, boshqa mahbuslar bilan aloqaga chikqani uchun 3 kun karserga joylashtiriladi. 1938 yilning 14 avgustida esa A.Islomov turma qoidalarini buzganlikda ayblanib, yana 10 kun karserga joylashtiriladi. 1938 yilning 27 sentyabrida esa Inoyatulla Baxshullaxonov tomonidan Akbar Islomovning 32-kameradagi Ro‘zmetov, Ikromov va Ortiqovlarga “NKVD tajriba o‘tkazmokda, biz haqiqatni tan olmasak, NKVD hech narsa qila olmaydi. Sizlar avvalgi ko‘rsatmalaringni qaytarib olinglar” degani, 30-kameradagi Iskandar Davronovga esa “ko‘rsatmangdan voz kech”, deb aytgani haqida yolg‘on xabarlar uyushtiriladi.
1938 yilning 1 oktyabrida Akbar Islomov Abdulla Toshmuhammedov bilan yuzlashtiriladi. Uchrashuvda Akbar Islomov o‘ziga qo‘yilgan aksilinqilobiy tashkilot a’zosi degan bo‘htonni butunlay rad etadi. O‘zining so‘nggi so‘zida ham “Men na partiyada, va, na – undan oldin, na keyin hech qachon aksilinqilobchi bo‘lmaganman. Narkomfinda ham hech qachon noqonuniy, davlat manfaatiga zid ish qilmaganman. Xalq manfaatiga qarshi bir tiyin ham sarflamaganman. Aytilgan birorta ayb menga tegishli emas. Men o‘zimga qo‘yilgan ayblarga rozi emasman. Men hech qachon davlatga qarshi targ‘ibot olib bormaganman. Demak, O‘zSSR JKning 57-moddasi birinchi qismi ham menga tegishli emas”, deb yozib imzo qo‘yadi.
Afsuski, 1937 yilning 16 dekabriga kelib, “Ayblov bayonnomasi” O‘zSSR IIXK tomonidan imzolanib bo‘lgandi. SSSR Prokurorining o‘rinbosari ham 1938 yil 3 oktyabrida ushbu aybnomaga imzo chekkandi. 1938 yilning 3 oktyabriga kelib esa A.Islomov ishi mash’um “uchlik” qo‘liga topshiriladi. Sud majlisi 1938 yilning 4 oktyabr kuni soat 17. 55 dan 18. 15 gacha davom etadi va A.Islomovni oliy jazoga hukm etadi. Hukm shu kunning o‘zidayoq ijro etiladi... Oradan yillar o‘tadi. Faqat 1954 yilning 31 iyul kuniga kelib Akbar Islomovning xotini Ketevan Davidovna Kldiashvili Islomova o‘zi yashayotgan Tbilisi shahri, Bakradze ko‘chasi, 16-uydan SSSR hukumati rahbariyatiga ariza yo‘llaydi. Unda eri bilan kechgan o‘n yillik turmushi davomida Akbar Islomovni haqiqiy inson, buyuk vatanparvar sifatida bilganini yozadi.
Ammo, 1937 yilning avgust oyida erini 10 yilga nohaq qamashganini ma’lum qiladi. O‘zi ham qonuniy asoslarsiz 1 yilu 4 oy qamoqda saqlanib, farzandlarining chekkan azob-uqubatlari haqida, 1939 yilga kelibgina ozod bo‘lib, Gruziyaga kelganini yozadi. Va, 18 yil avval ko‘chada qolgan farzandi, Temur (Asqar) Akbarovich Islomovning kamolotiga to‘xtalib, uning kelajagi uchun ham otasining pok nomini tiklash masalasi nihoyatda muhimligini ta’kidlaydi. Ketevan Davidovnaning murojaati asosida 1954 yilning 4 sentyabrida A.Islomovning ishi qayta ko‘rishga qabul qilinadi va 1956 yilning 29 iyun kuni Akbar Islomov to‘la oqlanadi...