Xorazm ko‘p ming yillik tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va o‘ziga xos osori-atiqalari bilan sayyohlar eʼtiborini tortayotgan yirik hududlarimizdan.
Ammo keyingi paytlarda mutasaddilarning eʼtiborsizligi, sohani rivojlantirishga oid muhim hujjatlar ijrosiga loqaydlik sabab viloyatning misqollab yig‘ilgan sayyohlik obro‘siga putur yetmoqda.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda “Turizm to‘g‘risida”gi, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunlar ijrosi o‘rganilganda aniqlangan kamchiliklar shunday xulosa chiqarishga asos bo‘lishi mumkin.
Jumladan, ichki va ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida taklif qilingan Urganch temir yo‘l vokzaliga qo‘shimcha 10 ta poyezd vagonlarini sotib olish va shu orqali Urganch-Toshkent hamda Urganch-Andijon reyslari sonini oshirish masalasi nihoyatda dolzarb bo‘lsa-da, ammo hamon o‘z yechimini topmayapti.
“Ko‘hna Xorazm muqaddas qadamjolari bo‘yicha sayohat” dasturi ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, Xiva shahridagi “Said Aloviddin maqbarasi”, “Pahlavon Mahmud ziyoratgohi”ga, Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi” va Shayx Muxtor Vali ziyoratgohi”ga, Yangiariq tuman Shayx Odina bobo ziyoratgohiga sayohatchilarni jalb etish uchun haligacha yo‘l xaritasi ishlab chiqilmagan.
Xiva shahrida xorijiy turistlar uchun servis xizmatlari ko‘rsatadigan malakali kadrlar yetarli emasligi ham mutasaddilarni o‘ylantirmayapti va bu muammolar esa ertaga yana-da dolzarblashishi mumkin.
Vaholanki, 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida ishlab chiqilgan “Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”da Madaniyat vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi oldiga ayni shu masalalarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yilgandi.
Ana shularni eʼtiborga olib, fevral oyida partiya viloyat Kengashi aʼzolari ushbu masalalar bo‘yicha masʼullar hisobotini eshitishgandi ham. Endi esa partiya faollari bu masalani Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasiga alohida masala sifatida kiritishga qaror qildilar. Zero, turizmga eʼtiborsizlik bu viloyat iqtisodiga eʼtiborsizlikdir.
manba