Ozodlik juda chuqur ma’noli tushuncha. Inson doimo orzu-maqsadlariga erishib, yaxshi hayot kechirishni istaydi. Ammo afsuski, oramizda bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urib, hayotini panjaralar qo‘liga topshirib qo‘yayotganlar ham bor...
Shubha yo‘qki, yolg‘izlikda, qorong‘u, tor va zax xona insonning nafaqat jismoniy holati, balki ruhiyati ham palag‘da bo‘ladi. Ming shukurki, bunday holatlarni yumshatish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning hunar o‘rganishlari, ma’lum bir mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga sharoitlar yaratib berilyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda e’lon qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy moslashuviga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, bugun ushbu hujjat ijrosi ta’minlanmoqda.
Farmonda belgilanganidek, yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun eng kam ish haqqining 10 baravari miqdorida bir marta beriladi. Ko‘mak oluvchilar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin 3 oy ichida ishchi organga o‘z loyihasini taqdim etadi.
Yaqinda mazkur farmon ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, ko‘makni olgan fuqarolar bilan suhbatlashdik. Jazosi yengillashtirilib, probatsiya bo‘limi tomonidan nazoratga olingan bir hamyurtimiz yordam puli evaziga o‘zining kichik tadbirkorlik faoliyatini boshlabdi.
– Bolaligimdan rasm chizishga qiziqardim, kollejni bitirganimdan keyin mediadizayn sohasida ishladim, - deydi suhbatdoshimiz. – Ozodlikka chiqqanimda yordam puli berilishi mumkinligi haqida aytib qolishdi. Rostdan ham ushbu mablag‘ o‘zimni o‘nglab olishimga asqotdi. Ijtimoiy-moddiy yordam paketini olish uchun o‘z biznes rejamni taqdim etdim va g‘oyam qo‘llab-quvvatlandi. Yordam puliga bir dona noutbuk sotib olib, hozirda frilanserlik bilan shug‘ullanyapman. Qamalishimdan oldin ko‘proq pul topay derdim, ammo hozirgi hayotim oldingidan ancha yaxshiroq. Avvalgiday ko‘p pul topmasam ham, ko‘nglim tinch, xavotir va qo‘rquvlardan yiroqman. Kelgusida AQSHning “MARVEL” kampaniyasida ishlashni niyat qilyapman.
Guvohi bo‘lganingizdek, bir fuqaroning hayoti ancha iziga tushgan. Ammo boshqa mahkumlar ham bunday imkoniyatlardan xabardormi? Biz ana shu savol bilan Yunusobod tumani IIO FMB Probatsiya bo‘limi inspektori Hasan Nig‘matovga murojaat qildik.
- Ushbu yordam pullari avf etilgan har bir mahkumga o‘z tadbirkorlik g‘oyasini taqdim etish sharti bilan berilmoqda. Ayni paytda ozodlikka chiqqan fuqarolar bilan suhbatlashib, jamiyatga qayta moslashishlari uchun ularga mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar beryapmiz. Bugunga qadar 5 nafar fuqaroga yordam puli berildi.