2023 yilda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 4,89 milliarddan oshgani aytilmoqda. Ijtimoiy so‘rovnomalar esa o‘rtacha har bir odam oyiga yetti xil ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi, ularning aksari bir kunda 151 daqiqani ijtimoiy tarmoqlarga sarflashini ko‘rsatgan.
Chindan ham shiddat bilan globallashayotgan dunyoda bu ko‘rsatkichlar kundan-kunga o‘sib bormoqda. To‘g‘ri, internetdan foydalanish yaxshi. Ammo yoshlar orasida “trend” tushunchasining ommalashishi vaziyatni mutlaqo boshqa tomonga burib yuborayotgandek. Ma’lumki, ingliz tilidan olingan “trend” so‘zi “yo‘nalish”, “rag‘bat, moyillik, intilish”, “moda, fason, uslub” ma’nolarini anglatadi.
Masalan, “Toshkentda ko‘pxotinlilik masalasi yana trendda”, “Yakunlangan haftaning trendda bo‘lgan asosiy mavzularini eslaymiz” yoki biror bir mashhurning qilgan 15 soniyalik qiliqlari ham “trendda” so‘zini “dolzarb” so‘ziga bemalol almashtirishi mumkin. Bugun “trend” oqimiga qo‘shilib, osongina “yulduz” bo‘lish mumkin deb o‘ylayotgan yoshlar mohiyatini tushunib-tushunmay bu yo‘nalishga “kalla tashlashyapti”.
Qayd etilishicha, ayni paytda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 61,2 foizini 18-34 yoshdagilar tashkil etmoqda. Achinarlisi tengdoshlarimiz, hatto maktab o‘quvchilari orasida ham “trend”da bo‘lish asosiy maqsadga aylanib qoldi. Bu bir qaraganda oddiy holdek tuyulishi mumkin. Biroq bir necha soniyalik video olish uchun soatlab, haftalab vaqt sarflayotgan yoshlar bu tushunchaning o‘tkinchi ekani, buning o‘rniga biror hunar yoki kitob o‘qisa foydasi ko‘proqligini xayollariga ham keltirishmayapti.
Kundan kunga ommalashib borayotgan videolarni olish ba’zan butun kunni talab qiladi. Misol uchun, men oddiy 9 soniyalik “trend”ni olish uchun kamida 35 marta kadr oldim va 3 soatga yaqin vaqtim ketdi. Tasavvur qiling, hozir kam sonli bo‘lsa-da o‘z obunachilarining bittagina “layki” uchun qimmatli vaqtini bekorga sovurishayotganini tushunish qiyin.
O‘n yillar ilgarigi bolalar bir-birinikiga dars tayyorlash uchun yoki kutubxonalarga borish uchun yig‘ilishgan bo‘lsa, bugun “trend” olish uchun jam bo‘lishyapti. Oddiy bir misol: bir soatgina ijtimoiy tarmoqlarni kuzating, maktab o‘quvchilarining dars vaqtida olgan saviyasiz videolarini ko‘rib, xunobingiz oshadi. Nima bo‘lganda ham, bugun qayta va qayta ta’kidlanayotgan internetdan unumli foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini, ijtimoiy roliklarni ko‘paytirishimiz zarur.
Kuni kecha bolaning qo‘liga telefon berib qo‘yilganining mudhish oqibati haqidagi videorolikni ko‘rdim. Mutasaddilar mahalla, ta’lim muassasalarida yig‘ilib, soatlab ma’ruza o‘qish o‘rniga shu kabi videoroliklarni namoyish qilishsa, tarqatishsa, samaraliroq natija berardi. Negaki, yoshlar eshitganidan ko‘ra, ko‘proq ko‘rganiga ishonyapti. Zotan, bu kabi sa’y-harakatlar bugungi raqamli aloqa dunyosida mo‘ljalni aniq belgilash uchun juda muhim.