Bu haqda ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Shuningdek, u Prezidentimizning tashabbusi bilan bir necha yildan beri «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
– Bugun davlatimiz rahbari poytaxtimizning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan Yoshlar bog‘iga ko‘chat o‘tqazdi, – dedi vazir. – Ushbu bog‘ 76 gektarga yaqin hududni egallagan bo‘lib, bu yerda ko‘plab tematik hududlar bo‘ladi: yoshlar uchun, ochiq havoda aylanish uchun, ayrim sport turlari bilan shug‘ullanish uchun va eng asosiysi, bu yerda «O‘zbekiston-2030» strategiyasini ham aks ettiruvchi hudud yaratiladi. O‘ylashimcha, bu albatta, yoshlarimizga juda ham qiziq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ushbu bog‘ni barpo etish orqali O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ham yoshlarimiz chuqurroq anglashi uchun imkoniyatlar yaratib beriladi.
Yoshlar bog‘i – juda katta loyiha bo‘lib, bu bog‘ni yaratish uchun vaqt talab etiladi, 1000 tup yaqin daraxt ekiladi. Bog‘ni barpo etish jarayonida hukumat vakillari, deputatlar, keng jamoatchilik qatnashadi.
Shuningdek, joriy yilda respublikamiz bo‘ylab 444 ta turli bog‘lar, parklarni tashkil etishni rejalashtirganmiz.
Yirik shaharlarimizda «Yirik belbog‘», «Yashil qalqon» loyihalari doirasida ham park, ham yashil zonadan iborat attraksionsiz, lekin odamlarning tabiatga yaqinlashishiga imkon beradigan joylarni yaratishga harakat qilmoqdamiz.
«Raqamlashtirilgan daraxtlar reestri»ni ishga tushirish arafasidamiz. Buning uchun «Zamin» fondi hamkorligida katta tayyorgarlik ko‘rdik. Maxsus platforma yaratildi. Endilikda O‘zbekistondagi barcha daraxtlar raqamlashtiriladi. Ya’ni inspektorlar, volontyorlarimiz yordamida sotib olingan 660 ta planshet orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn rejimda daraxtlarni rasmga olgan holda turi, shakli, ildizi, holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilib, «Raqamlashtirilgan daraxtlar reestri» yaratiladi. Bu bilan har bir daraxt hisobga olinadi.
Bundan tashqari, «Yashil makon» doirasida ham biz har yili ekilgan daraxtlarni nazoratga oladigan tizim qildik. Daraxtlar endi to‘g‘ri kelgan joyga ekib ketaverilmaydi. Ularni ekish uchun xarita yaratildi. Unda tuproqning xarakteristikasi, o‘sha tuproqqa mos qanday daraxt yoki butalarni ekish mumkinligi, sug‘orish tizimi bor-yo‘qligi va tabiiy holda sug‘oriladimi yoki sun’iy holdami, ana shulardan kelib chiqib hududlar belgilanadi. Demak, endi daraxtlar loyiha asosida ekiladi. Har bir ekilgan daraxtga mas’ul biriktirilib, javobgarlik belgilanmoqda. Daraxt ekdikmi, uni 3-yil davomida parvarishlashimiz, unga tirik jondek munosabatda bo‘lishimiz kerak, – dedi vazir Aziz Abduhakimov.