Azaldan urf-odat va an’analari, tili, milliy o‘zlik va asriy qadriyatlari mushtarak bo‘lgan o‘zbek va qozoq xalqlari o‘zlarini qon – qarindosh sanaganlar. Istiqlol sharofati bilan esa tariximizning unutilgan sahifalarini chuqurroq o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni ko‘proq e’zozlash imkoniga ega bo‘ldik.
Jahonda ellik milliondan ortiqroq odam o‘zbek tilida so‘zlashishini inobatga olsak, o‘zbek tilining nafaqat o‘zimizda o‘qitilishi, balki uning qo‘shni mamlakatlarda ham o‘rganilishiga alohida e’tibor berish muhimligi ayon bo‘lib bormoqda.
Shu ma’noda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahridagi Jumabek Tashenev nomli universitetida 2023 – 2024-o‘quv yilida birinchi o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura ochilgani katta ahamiyatga ega hodisa bo‘ldi. Dastlab 2 nafar magistrant bilan dars boshlangan bo‘lsa, joriy yilning yanvaridan boshlab ular soni 12 nafarga yetdi.
Ayni paytda tashkil etilganining 25 yilligini nishonlayotgan ushbu universitet mamlakatdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda uch bosqichli (bakalavriat, magistratura, doktorantura) mutaxassislar hamda turli zamonaviy sohalar uchun kadrlar qayta tayyorlanadi, shuningdek, xalqaro loyihalar, strategik taraqqiyot dasturi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Qozog‘iston xalqi Assambleyasi, Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etnomadaniy birlashmalarining «Do‘stlik» hamjamiyati raisi, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ikromjon Hoshimjonovning fikricha: – Qozog‘istonda ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan 130 dan ortiq umumta’lim maktablari bo‘lib, ularga zamonaviy kadrlar suv bilan havodek zarur. Shu ma’noda ham Jumabek Tashenev nomli universitetda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura ochilgani tarixiy voqea bo‘ldi.
Universitet vitse-prezidenti, akademik Onolboy Ayashev esa filologiya fakultetining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bakalavriat bosqichida 100 nafar talaba tahsil olayotganini aytdi: –«Bu o‘quv yilida magistratura ish boshladi. Yaqin istiqbolda o‘zbek tili bo‘yicha doktorantura ochish niyatimiz bor. Zotan, ma’naviy tiklanish – ko‘p millatli Qozog‘istonda har bir xalq o‘z ona tilini bilishi va ulug‘lashi hamda yoshlarning ongu – shuuriga milliy o‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish bilan chambarchas bog‘liq».
2023-yil universitet tashabbusi bilan Qozog‘iston xalqi Assambleyasi, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining «Do‘stlik» hamjamiyati, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida «Ilm-fan, ta’lim va san’at integratsiyasi: istiqbolli rejalar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori, texnika fanlari nomzodi, professor Kanat Boybolov so‘zga chiqib, yoshlar kamolotida ilmga intilish tuyg‘usi eng samarali tarbiyaviy vosita ekanini alohida ta’kidladi. – Mazkur anjuman yoshlarning dunyoni teranroq anglashlari, ilmning, adabiyot va san’atning mohiyatini tushunishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Faxr bilan aytish kerakki, professor - o‘qituvchilar bilan bir qatorda yoshlarning o‘z qiziqish va qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun o‘ziga xos imkoniyat ham bo‘ldi. Unda talaba va magistrantlarimiz o‘zbek tili, pedagogika, metodika, tarix, madaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, tilshunoslik, etnografiya, fanda innovatsion g‘oyalar va tashabbuslar mavzusidagi maqola va ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Bu kichik tadqiqotlar yoshlarimizning katta maqsadlariyu, ezgu intilishlaridan darak beradi.
Bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Moskva davlat lingvistika universiteti, Hindistondagi Javoharla’l Neru universiteti, Turkiyadagi Anado‘li universiteti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti talaba va magistrantlari ham ishtirok etdilar.
– Anjumandagi ma’ruzalarda qozoq, o‘zbek, turk, tojik, qirg‘iz adabiy-ilmiy aloqalariga yuksak baho berildi – deydi Turkiyadagi Seljuk universiteti professori, tarix fanlari doktori Mustafabey Demirchi: – Men ayni paytda Jumabek Tashenev nomli universitetda tarix yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga dars beryapman. Shaxsan o‘zimga ularning ilmga chanqoqligi, Qozog‘iston bilan bir qatorda barcha turkiy xalqlar va dunyo davlatlari tarixini yaxshi bilishlari, yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lish uchun ko‘pdan ko‘p savollar berishlari juda yoqdi. Ma’lumki, milliy o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlarning shakllanishi, takomillashib borishi hamda san’at asarlarida, ilmiy tadqiqotlarda aks etishi uzoq tarixiy jarayon hisoblanadi. Universitet talabalarini, magistrantlarini aynan shunday jarayonlar qiziqtirayotganligi maqtovga sazovor, albatta.
Anjumanda O‘zbekiston xalq artisti, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Yevroosiyo raqs akademiyasining akademigi, professor Gavhar Matyoqubova nomidagi xalqaro raqs ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazildi. O‘sha kuni Chimkent shahridagi O‘zbek drama teatri san’atsevar tomoshabinlar bilan to‘ldi. Tanlovda o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik havaskor yoshlar, maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Yuksak mahorat bilan ijro etilgan jozibali milliy raqs va qo‘shiqlar hammaga estetik zavq ulashib, do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
– Jumabek Tashenev nomli universitet O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida birinchilardan bo‘lib bizning akademiyamiz bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, – deydi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuhrat Toxtasimov. – O‘tgan vaqt mobaynida biz hamkorlikda xalqaro ilmiy anjumanlar, seminar va davra suhbatlari, kitob taqdimotlarini o‘tkazdik. Ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida akademik mobillik asosida tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi. Universitet xalqaro hamkorlik departamenti direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Naraliyeva akademiyada amalga oshirilayotgan «Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun «Bolalar raqslari» fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish» fundamental loyihasi ilmiy guruhining a’zosi hisoblanadi.
– Biz hammualliflikda bir qator o‘quv qo‘llanmalari, lug‘at va kitob-albomlar chop ettirdik. San’at va adabiyot orqali yoshlar bir-birlarining turmush tarzini, o‘zbek qozoq xalqlari madaniyati va qadriyatlarini muntazam o‘rganib, boyitib bormoqdalar, – deydi u jarayon xususida.
Xalqaro san’at bayramida O‘zbekiston xalq artisti Gavharxonim Matyoqubovaning, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Karimboy Rahmonovning «Mahorat darslari», Mukarrama Turg‘unboyeva raqs tanlovining Gran pri sohibasi Dilnoza Mavlonova, Xalqaro «Lazgi» festivalining mutlaq g‘olibasi, «Nihol» davlat mukofoti sovrindori Dilnozaxon Ortiqova, «Bahor» ansambli yakkaxon raqqosasi Ayimxon Ibrayimova, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri raqs truppasi solistkasi Alina Babejko, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabasi, «Nihol» davlat mukofoti sovrindori Islom Haydarovning jozibador raqslari o‘zbek milliy san’ati ixlosmandlariga haqiqiy zavq ulashdi.
Zero, insoniy munosabatlar, azaliy va abadiy qadriyatlar, tarixiy hodisalar to‘qnashib turadigan bu ziddiyatli dunyoda san’at bayrami orqali do‘stlik va birdamlik, hayotsevarlik, bag‘rikenglik va tilga muhabbat tuyg‘ulari tarannum etildi. O‘zbekiston xalq artisti, professor Gavharxonim Matyoqubova so‘zga chiqib, o‘zbek raqslarini, ayniqsa, «Lazgi»ni Qozog‘istonda barcha birdek sevishiga guvoh bo‘lib turganini ta’kidladi. – Xorazm «Lazgi»sining YUNЕSKO nomoddiy boyliklar ro‘yxatiga kirganidan xabaringiz bor. Men bugun Qozog‘istonda ham san’atning tarbiyaviy kuchi va ilhombaxsh qudrati tarannumiga kengroq yo‘l ochib bergan Qozog‘iston xalqi Assambleyasi, Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining «Do‘stlik» hamjamiyatiga, Jumabek Tashenev nomli universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.
O‘zbekistonning Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev esa o‘zbek va qozoq xalqlarining tarixi, taqdiri, qadriyatlari mushtarak ekaniga urg‘u berdi. – Keyingi yillarda azaliy urf-odat va an’analarimiz, milliy san’atimiz, folklor namunalari, musiqa va raqs san’ati kabi xalq ma’naviyatini ifodalovchi madaniy merosiga alohida e’tibor berilyapti. Biz fevral oyida Jumabek Tashenev nomli universitet tashabbusi bilan buyuk shoir va atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdik.
Bilamizki, globallashayotgan dunyoda millatlararo totuvlik tuyg‘usini shakllantirish va uni jamiyat ma’naviy muhitining asosiy negiziga aylantirish hamda yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash bugun birlamchi masalaga aylandi. O‘tgan yillar davomida bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar ushbu universitet magistraturasida ta’lim oldi. Bu aloqalar, albatta, rivojlanishi kerak. Hozirda universitet O‘zbekistondagi 20 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik memorandumi imzolagan...