Baxtning boshi sog‘liq
Prezidentimizning “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun”, degan tashabbusi asosida 2021 yili «MERIDIAN DIAGNOSTIC HOSPITAL» klinikasi ish boshlab, loyihaga 8 mln. AQSH dollari sarflangan edi. Klinikani jihozlash uchun Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan tibbiyot jihozlari va laboratoriya uskunalari olib kelindi. O‘tgan uch yilda aholiga 11 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatildi. Hozir vodiyda 10 ta ana shunday klinika ishlayapti. Bir so‘z bilan aytganda klinika klasterga aylandi. Tizimda ayni paytda 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
2022 yili “Central Asian Medical University” tibbiyot universiteti tashkil etildi. Uni jihozlash uchun Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya va Turkiyadan 10 mln. AQSH dollariga mulyaj va fantomlar, o‘quv jihozlari, kompyuterlar, zamonaviy elektron doskalaru, o‘quv laboratoriyalari keltirildi. 5.5 mln. AQSH dollarilik Simulyasion markaz ish boshladi. Qayd etish joiz, hali bunday simulyatorlar kompleksi Markaziy Osiyodagi universitetlarda yo‘q.
Universitet o‘ziga xos ta’lim eksportini ham yo‘lga qo‘ygan. Bu yerda Qirg‘iziston, Tojikiston va rossiyalik talabalarni ham uchratasiz.
Rejalar katta. Yaqinda mahsulot tannarxini 50 foizga kamaytirib, qo‘shni davlatlardan ham bemorlar oqimini ko‘paytirish, ya’ni tibbiyot turizmini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Vatan xizmatiga qaytdi Javlonbek
Albatta, bunday yirik loyihalar uchun kuchli mutaxassislar kerak. Ana shunday yosh, ammo iqtidorli kadrlardan biri kardioxirurg Javlonbek Muydinovdir.
U Moskvadagi nufuzli klinikalardan birida ishlardi. Prezidentimiz da’vatidan ruhlanib, ona shahri Marg‘ilonga qaytdi.
– “Viloyat bolalar ko‘p tarmokli tibbiyot markazida kardioxirurg sifatida ish boshladim, deydi Javlonbek. Ochig‘i, Marg‘ilonga qaytib, tibbiyotda juda katta o‘zgarishlarni ko‘rdim. Ayni paytda markazimizda 90 o‘ringa ega onkogematologiya, kardioxururgiya, neyroxururgiya bo‘limlari uchun eng zamonaviy talablarga mos bino qurilib, moddiy texnik baza bilan ta’minlandi.
Hozirgacha 2500 nafardan ko‘p bolajonlarimizga murakkab turdagi yurak jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdik. Oldinlari ota-onalarning 40-50 foizi buning uchun chet ellarga chiqib, 10-15 AQSH dollarini sarflab kelishardi. Mana, keyingi 5-6 yilda barcha yurak jarrohlik amaliyotlari Farg‘onada o‘tkazilyapti.
2023 yilning mart oyida Prezidentimizning tashabbusi bilan 185 nafar yurak tug‘ma nuqsonli bolajonlarimiz uchun 5 mld 150 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Biz bu g‘amxo‘rlikdan ruhlanib, 185 nafar o‘rniga 250 nafar kam ta’minlangan va nogironligi bor bolajonlarimiz yuragida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdik.
Alohida ta’kidlash joizki, Javlonbek Muydinovning og‘ir mehnati e’tibor topdi. 2022 yili shifokorlar kuni kardioxirurg olim Javlonbek Muydinov Davlatimiz rahbari Farmoniga ko‘ra, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
“Ikkinchi o‘rinni egalladik. Maqsadimiz – 2025 yilda birinchi bo‘lish”
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori Nigora Mannopova: “– Men dunyoda muqobili yo‘q maktab direktori ekanligimdan baxtiyorman”, deydi.”
“ – Prezidentimizning “Har qaysi insonning qalbida quyoshi bor, faqat unga nur sochish imkonini berish kerak”, degan gaplarini ko‘p eslayman. Bugun yurtimizning eng chekka qishloqlari bolasida ham iste’dod uyg‘onyapti. Chunki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bolalarimizda iste’dod kurtaklarining ko‘zlarini ochib berdi.
Men o‘quvchilarni kuzatib, bir narsaga amin bo‘ldim: yangi avlod maktablari impulsi bilan ta’limda portlash effekti yuzaga kelayapti. Maktabimiz o‘quvchilarining nufuzli xalqaro olimpiada, TOP-100 likka kiruvchi xalqaro oliy ta’lim muassasalarining 100 foizlik grantini qo‘lga kiritayotgani ham bunga misol bo‘lishi mumkin.
Ijod maktablari bitiruvchilarining 56 foizi (148 nafari) muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlar tomonidan o‘qishga taklif qilindilar. Shuningdek, bitiruvchilarimiz oliy ta’lim muassasalariga to‘plagan 157.9 ballari bilan respublikada 2 o‘rinni egalladi. Keyingi yildagi maqsadimiz - birinchi bo‘lish...
Men ana shunday tarixiy jarayon ishtirokchisi ekanimdan faxrlanaman. Ishonch bilan aytamanki, bir avlod takomilida 3- renescans yana O‘zbekistonda boshlanadi”.
Solijon hoji ota: “Biz – ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz”.
Bundan 30 yil ilgari O‘zbekistondan bor-yo‘g‘i 12 kishi hajga borgan ekan. 2024 yilda esa hojilar soni 15 mingdan ortdi. Bu O‘zbekistonda dindorlar uchun ming karra yaxshi sharoit yaratilganini anglatadi. Shuning uchun har bir mo‘minning tilida shukrona. Ular Ollohdan davlatimiz ravnaqini, bu ilohiy ne’matning ajri savobini to‘kis qilib berishini tilab, duolar qilishayapti. Farg‘ona tuman “Obod mahalla” fuqarolar yig‘ini nuroniysi Solijon aka Hojiyev ana shunday duogo‘ylardan biri. Otaxon ham shu yil muborak haj ziyoratiga yetishdi.
Hoji ota Prezidentimizning davlat ishlaridan ortib, 15 mingdan ortiq hojilar holidan xabar olganlarini eshitib, u kishini haqlariga uzoq duo qildi. “Bu g‘amxo‘rlik jismimizga quvvat, ibodatimizga xushu bag‘ishladi. Yurtboshimizning yo‘qlovi - Vatan yo‘qlovi bo‘ldi. 15 ming hojini bir jonu bir tan qildi. Quvonib, bir-birimizni bag‘rimizga bosdik. Buni ko‘rgan boshqa mamlakat hojilari bizga havas bilan qarashdi.
Biz 15 ming hoji Muftiyimizning tashabbuslariga labbay, deb javob beramiz, ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz, deb ahdu paymon qildik. Hoji maqomini baland tutib, Prezidentimizning xalqimiz uchun qilayotgan ulug‘ ishlariga yelkadosh bo‘lamiz, deb niyat qildik.
Vatanga qaytgach, Farg‘ona tumanilik 98 nafar hojining birortasi ortiqcha hasham, dabdabavozlikka yo‘l qo‘ymadi. Mashinadan tushib, to‘g‘ri uyga kirdik. Qarindosh, quda-anda, yoru birodarlar kelishdi. Zam zam suvdan tanovul qilib, ketishdi. Hojilarimiz qo‘llaridan kelgancha, mahallada boquvchisini yo‘qotgan, chin yetim, kam ta’minlangan oilalarga imkon darajasida yordam qilishdi.
Biz Makkada turib bergan ahdimizning ustida sobitmiz. Xudo hohlasa, Mustaqillik bayrami yaqinlashib kelyapti. Ma’naviyat targ‘ibotchilari guruhiga qo‘shiladigan bo‘ldik. Nuroniylar, ahli ilmlar bilan birga jamiyatimizda iymon-insof, milliy tarbiya, mehr-oqibat muhitini mustahkamlaymiz. Farzandlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatamiz. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz. Yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lamiz”.
Hayitboyning maqsadi nima?
Hayitboy Hasanov - So‘x yigiti. U tumandagi Sarikanda mahallasi yoshlar yetakchisi. U olis hududda yashaydi, lekin mahalla yoshlarining yetakchisi sifatida bugungi islohotlarni ich-ichidan his qilib yashayapti. Uning dadil, o‘tkir, ko‘zu so‘zlaridan g‘ayrat, shijoat taraladi.
“Men yaqinda, 28 iyun kuni Toshkentda Prezidentimizning qo‘llaridan “Kelajak bunyodkori” medalini oldim. O‘shanda Prezidentimiz menga “Hayitboy, mahallada yoshlar siyosatini yaxshi olib borayotganingdan xursandman. Yana qanday sharoit kerak bo‘lsa, yaratib beraman. Shijoatingni tushirma”, dedilar. Men esa Prezidentimga “Sizning siyosatingizni mahallamga joriy qilishda bor kuchim bilan harakat qilaman”, deb va’da berdim. Chunki men uchun bu so‘zlar oltindan qimmat.
Sarikanda mahallasida yil boshida xonadonbay xatlov qildik. Ishsiz yoshlar 16 nafar, xorijiyga ketgan yoshlar esa 26 nafar edi. Ishsiz yoshlarni 100 foiz ish bilan ta’minladik. Mahalla yettiligi bilan xorijga ketgan yoshlarimizning uylariga borib, ular bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashdim. Shu kungacha ularning 11 nafarini mahallaga qaytarib, ish bilan ta’minladim.
Hurmatli Prezidentimiz 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashib, “Yangi O‘zbekiston yoshlari” degan sharafli nomga munosib yoshlarimiz bizning oltin fondimiz, dedilar. Men Prezidentimiz aytganlaridek, iste’dodli, bilimli, matonatli bo‘lishni o‘zimga oliy maqsad qilib oldim”.
Abdurahmonning biznes tarixi
Abdurahmon Mahmudov Qo‘shtepa tumanidagi “Turon Umar teks” korxonasi rahbari. Yosh, sportchi, qat’iyatli, shu bilan birga Farg‘ona ma’naviyati, odobi sohibi.
U bilan suhbatlashib, Prezidentimiz tomonidan 2024 yilning Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilingani mohiyatini yanada teranroq anglagandek bo‘ldim.
–Mehnatni talabalik davridan boshlaganman. Kontraktimni to‘lash uchun ota onamga yordam berishim kerak edi, - deydi Abdurahmon Mahmudov, –Bo‘yoqchilik syexiga ishga kirib, asta sekin bu kasbni yoqtirib qolgandim. Hamkasbalarimning kasbiga bo‘lgan muhabbati menga turtki berib, sohani chukurroq o‘rgana boshladim. Oradan ikki yil o‘tib, korxonaning tashqi savdo aloqalari bo‘yicha menejeri lavozimiga o‘tkazishdi.
Shundan keyin Prezidentimizning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi Farmon va qarorlarini obdon o‘rgandim, o‘rganganim sari tadbirkorlikka bo‘lgan ishonchim oshaverdi. Xullas, men tadbirkor bo‘laman, deb qat’iy qaror qildim.
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash va kichik bizni rivojlantirish uchun Qo‘shtepa tumanida “Istiqlol” kichik sanoat zonasi tashkil etilganidan keyin o‘sha joyda “Turon Umar Teks” MCHJni tashkil qildim va chet ellik hamkorlar bilan 3mln. dollarlik momiq sochiq ishlab chiqarish loyihasi ustida ish boshladim.
2021 yilda 350 ming dollarga Xitoydan eng yangi texnologiyalar asosida ishlangan, tejamkor dastgohlar olib kelib, ishga tushirdik. Bugun korxonada 30 dan ortiq ishchi-xodim va mutaxasislar ishlashmoqda.
Maqsadim - bir yil ichida korxonaga 1 mln dollar investisiya kiritib, yangi texnologiyalar joriy etish, qo‘shimcha yana 50 ta ish o‘rni tashkil qilish. Chunki bugun O‘zbekistonimizda olib borilayotgan siyosat boshqa tadbirkorlar qatori menga ham kuch, ishonch va umid berayapti.”
“Vegvayzer” rahbarining taklifi
Bilim ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Lekin uni qo‘llamasa, qo‘llashni bilmasa, zamonaviy tilda aytganda, bilimini kapitallashtirmasa, foydasi yo‘q. Furqat Komilov ana shunday qarashlari bilan Vatanga xizmat qilayotgan farg‘onalik yigitlarning biri. U Farg‘ona davlat universitetida nemis tilidan dars beradi. Shu bilan birgalikda, viloyatdagi nemis tiliga ixtisoslashgan “Vegvayzer” o‘quv markazi rahbari hamdir. Germaniyaning DAAD stipediyasi sohibi Shtutgart shahridagi Hohenhaym universitetida malaka oshirib kelgan.
O‘quv markazi keyingi 3 yilda 2000 ga yaqin yoshlarga nemis tilini o‘rgatdi. Hozir ulardan 400 dan ziyodi Germaniyada ishlayapti. Bugun yoshlarimiz orasida nemis tilini o‘rgangach, Germaniyaga borib, 2000-3000 yevro oylik olib ishlayotgan yoshlar ko‘paymoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda bugun Germaniyada 1,9 mln bo‘sh ish o‘rni bor. Ularga til biladigan, kasbi bor, malakali ishchilar kerak. Agar til va kasbi bo‘lmasa, Rossiyada 800 dollarga ishlashga majbur bo‘ladi. Men markazni ochgunimcha yoshlarimiz chet ellarda qora ishlarni qilmasa, malakali ishchi bo‘lib, 2-3 ming yevro oylik olib ishlashiga qanday yordam berishim mumkin, deb o‘ylaganman.
Bir vaqtlar Turkiya ham ana shu yo‘ldan borgan. Turk yoshlari Germaniyada ishlab, texnologiyalarni Turkiyaga olib kelishgan va Vatanni rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shishgan.
Bugun o‘z malakasini Germaniyada oshirishni istayotgan yoshlar oldida 2 ta masala bor. Biri – til, ikkinchisi - kasb hunarli bo‘lish. To‘g‘ri, tilni bepul o‘rganib ham sertifikat olishyapti. Lekin Germaniyada kasb-hunar egasi ekanini bildiradigan diplomlarimizning tan olinishi qiyin bo‘layapti. Shuning uchun tajriba tariqasida Germaniya bilan hamkorlikda ikki davlatda ham diplomi tan olinadigan kasb hunar maktablarini ochsak, yaxshi bo‘lardi, degan fikrga keldim. Chunki bu bilan diplom tan olinishidaga muammo hal bo‘lardi. Bu masalada germaniyalik soha vakillari bilan maslahatlashdim. Ular ham rozi. Ayni paytda mana shu loyihani boshlayapman.
Xullas, bugun Farg‘onada jo‘shqin va zavqli hayot qaynayapti. Kuchli iqtisodiy siyosat bilan yoshlarimizdagi kuchli ma’naviyat qo‘shilib, rang-barang shukronalar simfoniyasini yaratmoqda.
Baxtimizga ko‘z tegmasin.
Toshkent – Farg‘ona – Toshkent.