Qiyofasizlik uyali telefon-qiyofasizlik uyasidir.
Ne ajabki, barmoq izlaridek hech kimning QALBI ham boshqa birovnikiga o‘xshamas ekan! Shu haqda o‘ylashing bilan tanangda bir shirin g‘urur paydo bo‘ladi: oh, qanday ajoyib, bu dunyoda yana senday ikkinchi odaming yo‘qligi. Ya’ni, sen betakror va yagonasan!.. Alloh taolo seni yaratayotganida hech kimga o‘xshatmagan. Demak, u sen bilan alohida shug‘ullangan.