O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi “Falcon” kuchli sun’iy itellekt modellaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsadida Abu-Dabi davlat agentligi Ilg‘or texnologiyalar tadqiqot kengashi bilan hamkorlik o‘rnatdi. Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – WAM ayni mavzuda maqola e’lon qildi.
Muallif ta’kidlashicha, Dubayda imzolangan memorandumga ko‘ra, mamlakatimiz delegatsiyasi IT modellari va shu asosdagi yechimlarni tatbiq etish yo‘llarini o‘rganadi va raqamli tizimda turli ilovalardan samarali foydalanish bo‘yicha sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu hamkorlik “Falcon” imkoniyatini Yaqin Sharq mintaqasidan tashqarida kengaytirish ga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, texnologik innovatsiya kelajagini shakllantirishga yordam beradi, global qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga keng yo‘l ochadi.
– Imzolangan memorandum jamoamizning sun’iy intellekt sohasida global hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga sodiqligini tasdiqlaydi, – dedi Ilg‘or texnologiya bo‘yicha tadqiqot kengashi bosh direktori Shahob Iso Abu Shahob.
– Umid qilamizki, O‘zbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlik bizga foydali qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
O‘z navbatida, mamlakatimiz raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Falcon” modellarini texnik infratuzilmaga va davlat idoralariga integratsiyalashtirgan holda, innovatsiya g‘ildiragini ilgari surish uchun Kengash bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirdi.
Birgalikdagi sa’y-harakat “innovatsiya va raqamli texnologiya muammolarini hal qilish, sohada yanada keng imkoniyatlar ochish” jarayonini tezlashtirishi ta’kidlandi.
Manba