O‘zbekistonda muzeyshunoslikni rivojlantirish, muzeylarning moddiy-texnika bazasini innovasion texnologiyalar asosida mustahkamlash, ularning moddiy fondini boyitish hamda infratuzilmasini kengaytirish “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ustuvor vazifalaridan biridir.
Aytish kerakki, Milliy muzeylar fondida elektron ma’lumotlar bazasini yaratish bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolayotir. To‘g‘ri, Fond ma’lumotlar bazasi, muzeylar media maydonini yaratish murakkab va uzluksiz jarayondir. Ammo hozir respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan 130 dan ziyod muzeylar faoliyat yuritayotganini hisobga olsak, elektron ma’lumotlar bazasini yaratish juda zarur vazifa ekani oydinlashadi.
Tan olish kerak, so‘nggi yillarda mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga faol integratsiyalashuvi natijasida ilmiy-madaniy-tarixiy tafakkur yangilanmoqda. Bu jarayonda esa tarixiy ildizlarni xalqning san’at va hunarmandchilik namunalaridan izlash, muzeylarning xalqaro imijini yaratish borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda. Bilamizki, dunyoning yirik muzeylari, ilmiy tadqiqot markazlari va oliy o‘quv yurtlarida san’at muzeylarining shakllanish tarixi, rivojlanishi va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni har tomonlama o‘rganish zamonaviy muzeyshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi.
Shuningdek, muzey faoliyatining ilmiy tadqiqi, tarixiy ahamiyati, muzey ekspozisiyalarini yaratish, fond kolleksiyalarini to‘plash, rivojlantirish hamda muzey kolleksiyalarini saqlash, ta’mirlash, kelajak avlodga bus-butun holatda yetkazish bilan bir qatorda, ularning dunyo hamjamiyatiga keng targ‘ib etish orqali muzeyning yorqin imijini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Halqaro darajadagi ko‘rgazmalar natijasida esa ajdodlarimiz tarixi, milliy qadriyatlarimiz, bebaho yuksak darajadagi madaniyatimiz, yurtimizning turizm salohiyati va ijobiy islohotlarimiz natijalarini keng namoyish etishga erishamiz.
Shu o‘rinda 2021 yilning 9 dekabrida Davlatimiz rahbarining “Madaniyat va san’atni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi 36-sonli qarori qabul qilinganini, unda Qarorda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan madaniyat va san’at sohalarida aloqalarni mustahkamlash, jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta tashkil etilganini alohida ta’kidlash joiz. Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri, madaniyatlararo ijodiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va o‘zbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan bog‘liq jihatlarni namoyish etishdan iborat edi.
Qadimiy san’at va madaniyatimizdan darak beruvchi muzey O‘zbekiston davlat san’at muzeyining qariyib 100 yildan ortiq faoliyati davomida o‘z tarixiy va madaniy merosimizga hurmat ruhini oshiradigan, shuningdek ularga ajdodlarimiz madaniyati, darajasini tarixiy dalillar bilan isbotlab beruvchi ashyo va kolleksiyalar namoyish etib kelinmoqda.
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi o‘z tarixi davomida noyob eksponatlarni fondga to‘plash, muzey zaxiraxonasini boyitish borasida ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. XX asrning 70 yillarida (1969-1974) muzey uchun alohida bino qurilib, ekspozisiya zallari tashkil etilgan, zaxiraxonalar eksponatlar saqlovi uchun qulaylashtirilgan edi.
Keyingi olti yil davomida esa ashyo va kolleksiyalarning bus-butunligini ta’minlash fondlarda fidoyi muzeyshunoslar tomonidan yig‘ilgan barcha ashyo va kolleksiyalarni kelajak avlodga yetkazish borasidagi ishlar butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, muzey eksponatlarini saqlash ilmiy o‘rganish va namoyish qilish uchun yangi mexanizm yaratildi. Muzeydagi xar bir ashyo va kolleksiya Kirim va Inventar kitoblar asosida xatlovdan o‘tkazilib, har biri alohida san’at asari sifatida aniq va ravshan holda tartiblashtirildi.
Ayni paytda muzey eksponatlarni to‘liq xajmda Davlat katalogiga kiritish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, ilmiy xodimlar tomonidan chuqur ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilib, fondlarda saqlanayotgan noyob san’at asarlari va kolleksiyalari asosida har yili respublika va xalqaro miqyosda ilmiy maqolalar, tezislar e’lon qilinyapti. 2017 yilda esa O‘zbekiston fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasi (hozirgi Innovasion rivojlanish vazirligi) e’lon qilgan “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyining xalq amaliy va me’morchilik san’ati namunalari: tarixi, manbaviy ahamiyati va saqlash muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha asosida grant qo‘lga kiritildi.
2018 yil O‘zbekiston davlat san’at muzeyining 100 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidan O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plamlarida “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi” nomli katalog chop etildi. Muzey jamoasi yurtimizda va xorijda tashkil etilayotgan turli ko‘rgazmalar, tadbirlar hamda anjumanlarda ham faol ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyoning san’at yo‘nalishidagi eng yirik muzeylaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston davlat san’at muzeyida milliy tariximiz va dunyoning turli davlatlariga oid bo‘lgan noyob san’at asarlari saqlanib va ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda.
Yaqin tarixga nazar solsak, muzey 1993 - yil aprelda Florensiyada (Italiya), 1995 yil aprelda Shtutgard shahridagi (Germaniya) Linden muzeyida, 2000 yil may oyida Germaniyaning Gonnaver shahrida, 2003 yil martda Vashingtonda, 2005 yil fevral, dekabr oylarida Yaponiyaning Fakuoka, Kagava, Ivaki, Okadzaki, Kiota shaharlari va boshqa davlatlarda o‘zaro ikkitomonlama hamkorlik asosida xalqaro ko‘rgazmalarni o‘tkazganini ko‘ramiz.
Muzeylarda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish o‘z navbatida o‘z tariximizning qanchalik boy ekanligini ochib beradi. Baski, muzeylar chinakam xazina, ajdodlarimiz hayoti, madaniy yodgorliklarimizni namoyish qiladigan manzil, makon ekan, ularda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish ayni muddaodir.
Shuning uchun ham Prezidentimizning 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonining tegishli bandi bilan O‘zbekiston davlat san’at muzeyi hamda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida ixtisoslashgan ilmiy kengashlar va ilmiy-metodik kengashlar tashkil etildi. Bu esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada jonlantiradi.