Ta’lim Yangi O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ana shu jarayonda hududlar rahbarlari millat yetakchisining bu boradagi g‘oya va tashabbuslarini joylarga yetkazuvchi mustahkam ko‘prikka aylanayotgani quvonarli hol, albatta. Angren shahridagi 17-maktabda o‘tgan “Otalar uchrashuvi”da ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni, fikr va mulohazalarni eshita turib, Toshkent viloyatida bu masalaga anchayin ijodiy va real yondashilayotganiga guvoh bo‘ldim. Keksa pedagoglar, ushbu maktabda uzoq yillar rahbarlik qilgan ustozlardan tortib, mahalla oqsoqollari ham Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshayotgan ta’limdagi o‘zgarishlarni baralla e’tirof etdilar.
Toshkent viloyati hokimi, Oliy majlis Senati a’zosi Zoir Mirzayev ishtirokidagi tadbir uch soatdan ko‘proq davom etdi. Ochiq muloqotda biron-bir masala chetda qolmadi: ota-onalardan tortib, bog‘cha tarbiyachisigacha, maktab o‘quvchisiyu, ustoz muallimlar zimmasidagi mas’uliyatgacha muhokama qilindi.
Viloyat hokimi so‘zga chiqqanlarni erinmay eshitdi, gaplarini bo‘lmadi. Jiddiy mavzular bilan birga qiziq hazillargacha yangragan tadbirda Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan yangi vazifalar bejiz emasligi ham, kitob o‘qimaslik qorong‘ulikka, mavhumlikka eltishi, o‘quvchilar qo‘lidagi telefonning o‘nglab bo‘lmas zararigacha qayta-qayta tilga olindi.
Zoir Mirzayev bola tarbiyasida onalardan ko‘ra, otaning o‘rni muhim ekanini bir necha bor ta’kidlab, hatto o‘z yoshligi o‘tgan hududda mahalla oqsoqollarining bolalarga ko‘rsatgan ijobiy ta’sirigacha esladi, eslash asnosida kecha va bugungi maktabga, ta’limga, eng asosiysi ustozlarga bo‘lgan munosabatlarni qiyosladi, “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” bo‘lgan davrlardagi munosabatlar yoshlarni to‘g‘ri yo‘l tanlashga xizmat qilganini misollar bilan tahlil qildi. Uchrashuvda hatto uyda, bog‘cha va maktabda yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli Suriyaga borib qolgan ayrim yoshlar va ularning achchiq qismatigacha esga olindi.
Ha, chindan ham Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning “Telefonsiz maktab” tashabbusi kutilganidan ko‘ra kengroq qamrov kasb etdi.
Shu o‘rinda ushbu tashabbusning masumiy emasligi, uning aniq bir muammo yechimiga qaratilgani, eng muhimi viloyat ahli, ayniqsa, pedagoglar qatlami tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlangani real natijaga asos bo‘lganini ta’kidlash joiz.
Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarovning qayd etishicha, tashabbus e’lon qilingan kundan boshlab 106 ta maktab jamoasi “telefonsiz faoliyat”ga o‘tishga ulgurgan.
Eng qizig‘i, ushbu tashabbus 37 ming ustoz-muallimlari bo‘lgan viloyatda biron-bir maktab jamoasini e’tiborsiz qoldirmagan. 888 ta maktab, hatto 573 ta bog‘cha faoliyatiga ham tashabbus ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Yig‘ilish viloyat hokimi tashabbusining real natijalarini muhokama qilish bilan yakunlansa kerak deb o‘ylagandim.
Ammo...
Ammo hokim yangi tashabbusni ilgari surib, bu avvalgi tashabbusning mantiqiy davomi ekanini ta’kidladi.
–Kitob o‘qimagan, bilimsiz bolaning kelajagiga ishonch yo‘q, – dedi Zoir Mirzayev. – Shundan kelib chiqib, endi o‘z farzandining bilimli bo‘lishidan manfaatdor bo‘lgan ota-onalarning maktab kutubxonalariga kitob sovg‘a qilishlarini rag‘batlantirmoqchimiz. Ya’ni o‘z farzandi yo nabirasi uchun eng ko‘p kitob hadya qilingan 10 ta maktabga 200 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatamiz. Bu mablag‘ni maktab ma’muriyati o‘z xohishiga ko‘ra ishlatsin: zamonaviy kompyuterlar, turli darsliklar xarid qilsin, ustozlarni moddiy rag‘batlantirsin.
Bir so‘z bilan aytganda, 300 million bilan boshlangan “Telefonsiz maktab” tashabbusi 2 milliardli yangi tashabbus bilan butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi.
– Bugungi majlisga onalarni emas, otalarni taklif etganimiz bejiz emas, dedi hokim. – Chunki bolalarimiz taqdiriga eng avvalo biz otalar javobgarmiz. Kitoblar bilan bog‘liq tadbir ham sizlarning nazoratingizda bo‘lishini istar edim...
Zal qarsaklar bilan navbatdagi tashabbusni ham qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv yakunida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab” loyihasi g‘olibi – 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zebo Mahkamovaga 300 million so‘m pul mukofotini topshirdi.