Bizlar – bugun zamonaviy yoshlar ta’biri bilan aytganda “X” avlod emasmiz!
XX asrning 50-80-yillari orasida tug‘ilganlar – Xudo yorliqlagan insonlarmiz. Bolaligimizda velosipedlarimizni uchirib haydardik, ammo maxsus himoya shlemi kiymasdik. Maktabga birinchi kundanoq yolg‘iz borishdan qo‘rqmasdik, chunki ko‘chadagi har qanday yoshi ulug‘ inson bizning himoyachimiz edi. Darsdan chiqqach, to‘yguncha o‘ynardik. Shundanmi, kunduzlari televizor ko‘rmasdik. Biror narsadan jahlimiz chiqsa, oddiy vodoprovod suvi yoki ariqmi-anhor suvidan ichib, hovurimizni bosardik. Qishloqlarda somon tashish yoki o‘t-o‘lan o‘rishga borsak, suvimiz tugab qolsa, hovuz suvlaridan ham ichaverardik...
To‘rt kishi bitta stakanda suv ichsakda, jirkanmasdik, kasal bo‘lmasdik. Mabodo kasallikka chalinsak, asosan xalq tabobati bilan davolashardi. Uyimizda isiriq saqlanar, hovlilarda g‘uj-g‘uj rayhon o‘sardi. Ortiqcha semizlik nimaligini hatto eshitmaganmiz.
O‘zimizcha o‘yinchoqlar va qo‘g‘irchoqlar yasardik, qo‘g‘irchoq va kitoblarimizni o‘rtoqlarimiz bilan baham ko‘rardik. Ota-onalarimiz bizga kechalari ertak, ibratli hikoyalar o‘qib berishardi. Hotamitoy, Muqbil toshotar, Alpomish, Go‘ro‘g‘lilarni o‘shanda taniganmiz.
Qarindosh, tanish-bilishlarnikiga taklifnomalarsiz ham boraverardik, mezbonlar bizlarni oddiy va kamtarona dasturxon bilan siylashardi. Xotiralarimiz ham oq-qora tasvirlarga muhrlangan bo‘lsa-da, ammo yorqin edi, chiroyli edi. Oilaviy albomlarimizni soatlab tomosha qilardik, ajdodlarimiz xotirasini hurmat qilib eslardik. O‘sha suratlarni nogoh ko‘rib qolsak, qadrdon insonlar siymosi bilan diydorlashuvdan dillarimiz orziqib, yuraklarimiz entikib ketardi. Eng muhimi, kitoblarni aslo tashlab yubormasdik,chunki kitoblarga navbatda turardik, ko‘pincha olgan kitoblarimizni ovoz chiqarib, huzur qilib o‘qirdik.
Bizlar oilaviy sirlarimizni birovlarga doston qilmasdik, birovlarning hayotini ayyuhannos solib muhokama ham qilmasdik.
Chunki, bizning avlod boshqalarga qaraganda andishali edi. Ota-onalarini jim eshitgan, ularga jonu dili bilan quloq tutgan avlodmiz, albatta. Bundan tashqari, farzandlarini ham vazmin eshitishga majbur bo‘lgan avlod ham bizmiz.
Bilamizki, VAQT bir nafas ham to‘xtamaydi va ortiga qaramaydi. U faqat yaxshiliklarni, ezgu ishlarni o‘zi bilan birga olib yuradi. Hasad, tuhmat va yovuzliklarni esa toptab ketadi. Ammo bizlarning sonimiz cheklangan... Bizlar to‘xtovsiz kamayib boryapmiz. Bizlardan bahramand bo‘ling, bilganlarimizdan o‘rganib qoling. Izsiz yo‘qolib ketmasligimiz uchun tirikligimizda qadrimizga yeting!