Bir-ikki bor xususiy telekanallardagi “tarbiyaviy” teleseriallarni tanqid qilgandim. Endi e’tibor bersam, o‘zbek televideniyesida bunday ruhdagi teleshoular ko‘payib ketibdi – deyarli har bir xususiy kanalda bor, davlat kanallarida esa bu mavzu asosan turli ko‘rsatuvlar doirasida ko‘tariladi.
Aslida bunday shoularda ko‘tariladigan mavzularning bir qismi – yoshlarning telefonga berilib ketishi, internetdagi turli trendlarga kirib ketib qolish, oilaviy munosabatlarga, bola tarbiyasiga kam e’tiborli bo‘lish bilan bog‘liq. Ingliz tilli kitoblarda, maqolalarda, shou va podkastlarda ham internetga berilib ketish, reallikdan uzilish muammosi, ijtimoiy ko‘nikmalar yo‘qolib borayotgani haqida ko‘p gapiriladi.
Ammo bizda bu muammolar haqida shunday ohangda gapiriladiki, har yerdan arzon ma’naviyatchilikning hidi kelib turadi: internetning zarari millat fojiasi darajasiga ko‘tariladi, umuman internetni yo‘q qilish, taqiqlash taklif qilinadi, allaqanday fitna, konspirologiya qidiriladi. Hatto “Internet otlig‘ ajdarho” degan she’rlar ham yozib tashlanadi.
Aytmoqchi bo‘lganim, o‘zbek TVda, internetda to‘g‘ri muammolar ko‘tarilsa, ham, noto‘g‘ri yondashuvlar taqdim etiladi. Internet insoniyat hayotiga mislsiz o‘zgarishlar olib kirdi. Buni inkor qilib ham, internetdan to‘liq voz kechib ham bo‘lmaydi. Ammo har qanday innovatsiyaning salbiy jihati bo‘ladi. Ya’ni internet bilim olish, muloqot qilish, biznes yuritish bo‘yicha berayotgan imkoniyatlari qatorida odamlarda arzon dofaminga bog‘liqlik ham keltirib chiqaryapti, hayotiy ritmni izdan chiqarib, ruhiy buzilishlar keltirib chiqaryapti.
Bu narsalarni to‘g‘ri tushunib, mutaxassislarga murojaat qilib, oltin o‘rtaliqni izlash, har narsadan me’yorida foydalanish kerak deb o‘ylayman. Muammolarni bunday og‘ir-bosiq muhokama qilish va murosali qarorlar qabul qilishda bizga ma’naviyatchilik ritorikasi – arzimas narsalarga vahima ko‘tarib, “millat o‘ldi, tugadi, barbod bo‘ldi!” qabilidagi oh-vohlar xalaqit beradi. His-tuyg‘ularga berilib, eng kichik muammo ham fojia deb ko‘rsatilgach, taklif etiladigan choralar ham keskin bo‘ladi.
Zamonaviy o‘zbek didaktikasidan o‘rin olgan yana bir muhim mavzu bor – an’anaviylik, oila, kelin-qaynona munosabatlari. Bu mavzular ham, yuqoridagilari ham o‘zbek jamiyatidagi dissonansni ko‘rsatadi. Ko‘plar zamonaviy odamlarday maza qilib, texnologiyalardan, boshqa yutuqlardan bahramand bo‘lib yashagisi keladi, ammo oila unaqa bo‘lishi kerak, kelin bunaqa bo‘lishi kerak, internet ajdarho degan stop-signallar rivojlanishga to‘siq bo‘laveradi.
Bu ikki dunyoni murosaga keltirib berishi lozim bo‘lgan ziyolilar-u, kontent ishlab chiqaruvchi qatlam asosan yuqorida aytilgan vahimani ko‘taruvchi va har narsani taqiqlashda yechim ko‘ruvchi konservatorlardan yoki “auditoriyaga yoqadi” degan xayolda konservativ trendlarga ergashadiganlardan iborat. Natijada o‘sha murosani topa olmay, nimani qabul qilishni, nimadan voz kechishni, hatto hayotini qanday qurishni bilmay yurganlar ko‘paymoqda.
Tarbiyaviy kontentning ko‘payib ketishi ana shunday ijtimoiy vaziyatdan dalolat, menimcha – hayot o‘zgarayotganiga va bu o‘zgarishlarga moslasha olmayotganimizga bir reaksiya.