...Har millat madaniyatining tub bulog‘i bo‘lgan maktablar Germaniyada mukammal yo‘sunli rejaga olinishi barobarida o‘zicha bir dunyo. Bu xayrli dunyoda kelgusiga tayyorlanib turgan german yoshlari orasida bizning o‘quvchilarimiz ham yetishib kelurlar... Yana biz uchun unutilmas bir yaxshilik qildilarki, turkchamizni Ovro‘po tillari qatoriga qo‘ydilar. O‘rta maktab imtihonlarida fransuz yoki inglizcha o‘rnida o‘z ona tilimizda sinash beramiz»...
Bu jumlalar 1924 yilning 2 sentyabrida «Turkiston» gazetasida chop etilgan «Germaniyada O‘rta Osiyo talabalarining ikki yili» nomli maqoladan olingan. Maqola muallifi Ertoy taxallusi bilan ijod qilgan o‘zbek kimyogar olimi Sattor Jabbor 1905 yili Toshkentda tug‘ilib, avval eski maktabda, keyin rus-tuzem maktabida, 1918 – 1921 yillarda esa «Namuna» maktabida tahsil oladi. Ushbu maktab Toshkentda birinchi zamonaviy maktab hisoblanib, unda Sattor Jabbor bilan birga bo‘lg‘usi olim va yozuvchilar:
Oybek, Mirkarim Osim, Homil Yoqubov, Subutoy Dolimov va boshqalar o‘qiganlar. Ularga o‘sha davrning yetakchi pedagoglaridan Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Eson afandi Musayev, Shorasul Zunnun, Qayum Ramazonlar saboq berishgan. Sattor Jabbor 1921 yili maktabni muvaffaqiyatli bitirib, o‘z safdoshlari bilan Navoiy nomli bilim yurtiga o‘qishga kirgan, keyinchalik bir guruh yoshlar bilan Buxoro Xalq Respublikasi tomonidan o‘qishga – Berlinga yuborilgan.
Sattor Jabbor dastlab Berlindagi o‘rta bilim yurtida nemis tilini o‘rganadi. 1925 yildan 1927 yilgacha esa Haydelberg dorilfununida, 1928-1931 yillarda Berlin dorilfununining kimyo institutida o‘qiydi. 1931 yili sovet davlati stipendiya berishni to‘xtatib ko‘ygach, o‘qishning oxirgi yillarida moddiy yordam so‘rab universitet professorlari Shleyn va Buinshteynlarga murojaat qiladi. Ular turkistonlik talabaning o‘qishdagi yutuqlari va qobiliyatini hisobga olib, dorilfununni muvaffaqiyatli tugatishiga yordam beradilar: Sattor Jabbor shu tariqa Aleksandr Gumboldt nomidagi fond mablag‘i hisobiga o‘qishni davom ettiradi.
U muvaffaqiyatli o‘qish barobarida Germaniyada tahsil olayotgan boshqa turkistonlik va buxorolik yurtdoshlari bilan birga madaniy-ma’rifiy ishlarda faol qatnashadi. Xususan, ustozi Fitratning «Hind ixtilolchilari» asarining Berlin nashrini tashkil etuvchilaridan biriga aylanadi, o‘zbek va nemis matbuotida she’r va maqolalari bilan ko‘rina boshlaydi. Jumladan, 1923 yili Berlinda nashr etilgan «Ko‘mak» jurnalining birinchi sonida uning «Tilak» she’ri e’lon kilinadi.
Sattor Jabbor bu she’rdagi ma’shuqa obrazi orqali tobora uzoqlashib borayotgan istiqlol yulduzini tasvirlayotgandek bo‘ladi:
Qora kiygan qalam qoshli, qorako‘z,
Uzun sochli, o‘rta bo‘yli bir qizcha
O‘ynay, o‘ynay, ucha-ucha sayragan,
Bulbul kabi kelib qo‘ndi bog‘imga.
Yovuz qishning to‘ndirguvchi yelindan
Qotib qolgan yigitlarni o‘zining –
Suchuk, suchuk so‘zi bilan turgizdi.
Hammasini o‘z izindan yurgizdi.
Men ko‘pdan-da uvshib qolgan qo‘limni
Tebratib etagini tutay dedim,
Biroq u ko‘kka uchdi,
Yulduzlarga qo‘shuldi.
Men esa qanoti yo‘q qushlardek
Uning nurli yuziga qarab qoldim termulib…
Ertoy taxallusi bilan yozgan bir maqolasida esa Germaniyaga borganlaridan keyin ularni chorizm davridagi mustamlakachilik g‘oyalari bilan zaharlangan xorijdagi ba’zi bir rus monarxistlarining masxaraomuz, istehzoli munosabatlariga qarshi o‘laroq nemislarning yaxshi kutib olganliklari, u yerdagi ta’lim-tarbiya tizimidagi mukammalliklar, buning kelgusidagi Turkiston talabalarining istiqboli uchun muhim ahamiyati haqida quyidagicha fikr yuritadi:
«Biz 22-nchi yilning so‘nggi oylarida Germaniyaga kelgach, Buyuk Turkistonni talab, yondirib, ezib kelgan rus monarxistlari (shu jumladan) Petrovskiy Ovro‘poga yuborish uchun rus yoshlarini topa olmagan vaqtlarini eslariga olmasdan, «Sartlar Ovro‘poda nima qiladi?» degan istehzolar bilan matbuotlarida (Berlinda chiqadurgan «Rur» gazetasida) qichqirishib o‘tgan edilar. Ul qorni katta janoblar bizni Ovro‘po madaniyatiga munosib ko‘rmagan edilar!
Rus millatchilarining bunday sovuq va qo‘pol qarashlariga qarshi germanlar tomonidan yaxshi kutib olindik. Matbuot: «Turkiston uyg‘ondi, uyg‘onsin!» kabi undovlar bilan qizg‘in maqolalar yozib o‘tdi. Germaniyaga yangi kelganimizda ko‘p muxbirlar biz bilan ko‘rishib ham ketdilar. Har qanday nemis bizni oilasiga qo‘shib olish uchun eshiklarini ochib qo‘ydi. Oddiy muallimdan boshlab do‘xturi, professori til o‘rganishimiz uchun qo‘lidan kelgan yordamini ayamadi. Germanlar dunyoni sevganlari kabi, Turkistonga ham juda qiziqqanlardan ekanlar. Ular mamlakatimizni, tariximizni istiqbolimizni bir turkistonlikdan ortiq biladurlar, taniydurlar. Yurtimiz to‘g‘risida biz uchun eng muhim bo‘lgan kitoblar yozib, boshqa tillardan ham tarjima qilganlar. Dorilfunun professorlari turkistonlik studentlardan xursanddirlar. O‘z ulug‘ kishilariga chanqagan Turkiston 1925-1926 yillardan boshlab, Ovro‘poda yetishadurgan o‘z milliy agronom, mutaxassis kimyogar va do‘xturlariga ega bo‘lg‘usidir...»
Sattor Jabborning rafiqasi Mahbuba Muhammedova ham ilmga begona emas edi. U avval Toshkentdagi xotin-qizlar bilim yurtida tahsil oladi. 1925 yili Moskva shahriga borib, o‘zbek maorif institutiga o‘qishga kiradi. 1930 yili Toshkentga qaytadi. 1931 yiliga kelib, Germaniyada tahsil olib qaytgan taniqli kimyogar olim Sattor Jabbor va tafakkuri keng, mulohazali bo‘lgan Mahbuba Muhammedova bir-birilariga ko‘ngil qo‘yib, oila qurishadi. Birin-ketin farzandlari O‘rxon, O‘zxon va Dilbarxonlar dunyoga keladi. Mahbubaxon Sattor Jabborning taklifi bilan Texnika institutiga o‘qishga kirib, ilmiy izlanishlarga kirishadi. Ammo ko‘p o‘tmay, ham ilmiy izlanishlari, oila yuki, ham farzandlari tarbiyasida bir-birlariga tirgak bo‘lib, umrguzaronlik qilayotgan oila boshiga qora bulutlar soya sola boshlaydi.
1937 yilning 8 yanvar kuni ToshMI dotsenti Sattor Jabbor qamoqqa olinib, uzoq davom etgan qiynoq va tahqirlardan so‘ng 1938 yilning 9 oktyabrida otib tashlanadi. Turmush o‘rtog‘i Mahbuba Muhammedova ham 1938-1939 yillarni aybsiz aybdor bo‘lib qamoqda o‘tkazadi. Uning turmadaligi chog‘ida farzandlari «Bolalar uyi»da yashashadi. Mahbuba Muhammedova turmadan chiqiboq farzandlarini topadi, ham ota, ham onasiz mung‘ayib qolgan nuridiydalarini bag‘riga bosgancha, adolatsiz, chirkin tuzumga lan’atlar aytib, yum-yum yig‘laydi. Iztirob iskanjasida necha kunlab faryod chekadi...
Ammo onalik tuyg‘usi alam va iztiroblaridan ustun kelib, oyoqqa turadi. Farzandlarini komil insonlar etib tarbiyalash, otalarining ilm olish, vatani istiqboliga hissa qo‘shishdek ulkan orzu-maqsadlari ro‘yobini ularda ko‘rish uchun bel bog‘laydi.
Ming bir azoblar bilan ishga joylashib, tunni tun, kunni kun demay mehnat qiladi, shijoati, ishga bo‘lgan mas’uliyati va tirishqoqligi bilan urush yillarida Toshkent tekstil kombinatida direktor o‘rinbosari darajasigacha ko‘tariladi. Ammo insoniy qiyofasini yo‘qotgan mundirli mal’unlar tez-tez mushtipar onani bezovta qilib turishar edi. Hatto, 1959 yili Sattor Jabbor oqlanganidan keyin ham Mahbuba Muhammedova sho‘ro tuzumining ishonchini qozona olmagan edi...
U turmush qiyinchiliklari tufayli kasallikka chalinib, 1978 yilning 28 sentyabrida vafot etadi. Lekin o‘ziga, Sattor Jabbor xotirasi uchun ichgan ontiga sodiq qolib, o‘zbek millatiga professor O‘zxon Jabbor, texnika fanlari nomzodi O‘rxon Jabbordek zabardast olimlarni tarbiyalab, kamolga yetkazib beradi.