“Menga endi nemis josuslari Bade’ Abdulla, Usmon Omon, Ne’mat Narzullayev axborot berar edilar. Toshkentda 1-Hovuz bog‘ ko‘chasida yashagan Kivam Kiram umumiy rahbar edi. O‘zi Xelmut Shrederdan maxsus topshiriqlar olib turgan. Usmon Omonni men Toshkentga va Xorazmga ishga yo‘llaganman.
1936 yili Yo‘ldosh Oxunboboyevni o‘ldirish niyatida Bade’ Abdulla va Usmon Omonovlar bilan terrorchi guruh tuzganman, Sattor Jabbor qamoqqa olinganini eshitib Stalinobodga qochib ketdim”...
Bu jumlalar gazetamizda muntazam berib borilayotgan – Germaniyada tahsil olib, qaytgach, ayanchli qismatga ro‘baro bo‘lgan jadidlar haqidagi maqolalarda tilga olingan Hamro Abdullayevning qiynoq va azoblardan keyin imzolatilgan bayonnomasidan olingan.
Yaqin tariximizning guvohlik berishicha, 1920 yillarda Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalaridan 100ga yaqin bolalar va yosh yigit-qizlar Germaniyada tahsil olib, vatanlariga qaytgach, qatag‘on davri ularning bo‘yniga siyosat sirtmog‘ini soladi. O‘z sohasida yetakchi mutaxassisga aylanib ulgurgan Hamro Abdullayevning maqsad va orzulari ham manfur tuzum ko‘lankasi ostida yonib, kul bo‘ldi.
Hamro Abdullayev 1907 yilda Tojikistonning Kulob shahrida tug‘ilgan, o‘sha davrda uning otasi Buxoro amirining farmoni bilan Kulobga yo‘llangan beklardan edi.
Onasi esa turmush o‘rtog‘i vafot etganidan keyin farzandlarini olib Buxoroga qaytadi. Otasidan ayrilganda 6 yoshda bo‘lgan Hamro 1919 yilgacha Buxoroda onasining qaramog‘ida yashaydi. U bolaligidan intiluvchan edi, shu sabab jadid maktabiga o‘kishga kirib, a’lo baholarda o‘qidi. 1920-22 yillarda “Yosh buxoroliklar” tashkilotida faoliyat olib bordi.
Aytish kerakki, “Yosh buxoroliklar”ning maqsadi yangi usul maktablarini ochish, bolalar savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini o‘stirish, maktab, madrasa, o‘quv tizimini isloh qilish bilan birga yoshlarni o‘qish va ishlash uchun xorijga ham yo‘llash edi. Yosh Hamroning dunyoqarashi ana shu g‘oyalar ta’sirida shakllandi. Shu boisdan 1922 yilning kuzida Germaniyada tahsil olish uchun tanlangan yoshlar orasidan 15 yashar Hamro ham joy oldi. U dastlab boshqa vatandoshlari bilan Kyoslinda ikki yillik umumiy ta’lim oladi va o‘rta ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnomani qo‘lga kiritadi.
Bu vaqtda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi oqsayotgani sabab zamonaviy texnologiyalar va unumdorlikni tushunadigan ziroat mutaxassislariga zarurat yuqori edi. Buni yaxshi anglagan Hamro 17 yoshida Xelmshtedt shahridagi qishloq xo‘jalik institutiga kirib, o‘qishga qaror qiladi. Uch yil shu institutda tahsil oladi va Germaniya dalalarida amaliyot o‘taydi. 1927 yilga kelib esa oliy ma’lumotli mutaxassis sifatida diplom oladi.
Ammo, afsuski, bu vaqtga kelib Germaniyada o‘qiyotgan yoshlarga endi vatan kelajagi, umidi deb emas, balki “shpion”, “josus” degan shubha bilan qarash kuchaygandi. Hukumatning qayta-qayta bosimlari va Germaniyaga yuborgan vakillari zug‘umi bilan talabalar o‘qishni bitirgan yo bitirmaganiga qaramay majburan vatanga qaytariladilar. Yaxshiyamki, bu paytda Hamro diplomni olib ulgurgandi. 1927 yilda u Sattor Jabbor, To‘lagan Mo‘min, Abduvahhob Murodiy va Murodiyning nemis turmush o‘rtog‘i Marta bilan birga Toshkentga qaytishadi. Ammo Vatanda uni faqat qiyinchiliklar kutayotganini yetti uxlab tushida ham ko‘rmagandi.
Germaniyadan qaytgach, katta agronomlar Olimjon Qodiriy va Abduvahob Murodiylarning o‘z vatanida ishsiz va “ishonchsiz”lar qatorida o‘rin olganini ko‘rgan 20 yoshli Hamroning ham hafsalasi pir bo‘lib, ko‘nglini nechuk xavotir egallaydi...
Bir muddat o‘tib, Buxoro yaqinidagi Romitonda Mashina-traktor stansiyasiga agrotexnik bo‘lib ishga kirishga muvaffaq bo‘ladi.
Biroq bu orada nemis ta’limini egallagan yigitcha bir necha marotaba ishdan olinadi. Shunga qaramay, u umidsizlikka tushmaydi, 1930 yilda Toshkentdagi O‘rta Osiyo paxtachilik institutiga o‘qishga kirib, oliygohning Oliy agronomlik kurslarida o‘qiydi. 1932 yilda esa “paxtakor agronom” mutaxassisligini oladi.
Ammo, bu paytga kelib Hamro va uning Germaniyada birga o‘qigan do‘stlariga nisbatan ta’qib kuchaygandan kuchayadi. U Kyoslinda o‘qigan tengdoshlari orasida diplom bilan qaytgan yagona shaxs bo‘lgani uchun ham tergovchilar unga alohida e’tibor qaratadilar.
Eng yomoni, 1937 yili hibsga olinib dahshatli qiynoqlarga solingan Bade’ Abdulla majburan imzo chekkan “iqrornomalar”da Hamro Abdullayev butun boshli josuslar yetakchisi deya tasvirlangandi. Mana o‘sha sohta bayonnoma: “Hamro bergan 10 ming so‘mga boshqalarni ham yolladim”...
Bade’ Abdulla Germaniyada birga o‘qiganida o‘z akasidek ko‘rgan Hamro haqida keyinroq, ya’ni 1940 yilda mana bularni yozgan:
“15 kun davomida uyqu bermay, meni tik oyoqda turg‘azib tahqirlashdi. Aqldan ozish darajasiga borganimda, bir qator qog‘ozlarni imzolatishdi. Men hech qachon josus bo‘lmaganman! Hamro o‘z ishi bilan, men o‘zimning ishim bilan edi, biz deyarli 12 yildirki uchrashganimiz yo‘q. Men o‘shanda unga tuxmatlar yozilgan qog‘ozlarni imzolaganman! Hozir yuzlashtirishlarini talab qilsam, ular rad etishmoqda!”
1938 yilning 12 yanvarida O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligi (IIXK) Samarqand boshqarmasi boshlig‘i Sergey Kalmыkov Bade’ Abdulla ishi doirasida Hamro Abdullayevni “Germaniyaning maxfiy Gestapo xizmati agenti”, hamda 1936 yilda “terroristik guruh tuzgan josus” deya qamoqqa olishga qaror chiqaradi. Biroq, qora bulutlar paydo bo‘lishini oldindan taxmin qilgan Hamro bu qaror chiqarilgan paytda Stalinobod (bugungi Tojikiston poytaxti Dushanbe)ga ko‘chib o‘tgan va nemis tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan edi.
O‘zSSR Ichki ishlar komissarligi 1938 yil 22 yanvar sanasi bilan Stalinobodga xat yo‘llaydi. Ayni shu kuni Hamro qo‘lga olinib, u yashagan Stalinobod erkaklar bilim yurtining 8-yotoqxonasida tintuv o‘tkaziladi. Xonasi qulflanib, olingan 14 ta olmon tilidagi mutaxassisligiga oid kitoblari, pasporti, galstuk, ko‘ylak, tufli, soatlarigacha xatlanib, Samarqandga olib kelinadi. U bu mash’um kunlarda 31 yoshni qarshilab, endigina otalik baxtini his qila boshlagan edi. Uni hibsga olib ketishganda turmush o‘rtog‘i 20 yoshli Muazzam Narzullayeva va 10 oylik qizi Muhabbat uning ortidan yig‘lagancha qolib ketadilar.
Qattol tuzum yugurdaklari tomonidan Hamro Abdullayevning soati, fotoapparati, etigi, kostyum-shimi, paltosi va hatto uyidagi odeyalosi do‘konga topshirilib, arzon narxlarda pullanadi. Taassufki, uning qishloq xo‘jaligi va zamonaviy texnologiyalar haqida yozgan yozishmalari, bloknoti, fotoalbomlari yoqib yuboriladi.
Samarqandga keltirilgan Hamro Abdullayev 1938 yilning 27 yanvaridan boshlab kunidan dahshatli qiynoqlar ostida so‘roq qilinadi. Unga majburan imzolatilgan so‘roq bayonnomalariga ko‘ra, Hamro Germaniyadalik vaqtidayoq Buxoroning Labi Hovuzi atrofida yashagan Kurt Villi ismli asli nemisni topish vazifasini olgan ekan. Germaniyadan qaytgach, u go‘yoki 10 kun Samarqandda bo‘lib, so‘ng Buxoroga kelgan.
U xalqning kayfiyati, kollektivlashtirishga nisbatan salbiy munosabati haqida Kurt Villiga muntazam ma’lumot yetkazib turgan. 1930-31 yillarda esa Romitondagi dehqonlarning kolxozga qarshi faol norozilik namoyishlari haqidagi materiallar nemislarga juda ma’qul bo‘lgan...
1938 yilning fevral oyida Hamro Abdullayev 1922-27 yillar Germaniyada tuzilgan aksilinqilobiy “Ozod Turkiston” a’zosi bo‘lishda, Boshqirtiston va O‘rta Osiyoda mustaqil burjua davlat tuzishni rejalashda, 1927 yildan Gestapoga yollanib, Germaniya foydasiga josuslik qilishda, 1936 yili terrorchi tashkilot tuzib, besh kishini yollashda rasman ayblanadi. Hamro Samarqanddagi turmada sud hukmini kuta boshlaydi. Endi uni na o‘zi va na boshqa kimsalar himoya qila olmasdilar.
1938 yilning 12 aprelida uning ayblov bayonnomasi O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligi rahbariyati va O‘zSSR Prokurori Boris Sheydlin tomonidan tasdiqlanadi. Unda Hamro Abdullayev O‘zSSR Jinoiy Kodeksining 60-moddasi (aksilinqilobiy tashkilotga a’zolik), 62-moddasi (josuslik) va 64- moddasi (terroristik amal uyushtirish) bilan ayblanadi.
1938 yilning 14 oktyabrida esa Germaniyada tahsil olgan ko‘plab talabalar qatorida Hamro Abdullayevning ishi ham ko‘rib chiqilib, ular shu kunning o‘zidayoq otib tashlanadilar...
Oppoq paxtaning turli hosildor navlarini yetishtirishga bel bog‘lagan yosh agronomning qora qismati ko‘ngillarga allanechuk g‘ashlik, iztirob soladi...
Oradan 50 yil o‘tib, 1989 yilda Turkiston Xarbiy okrugi prokurori tomonidan Hamro Abdullayev stalincha qatag‘on siyosati qurboni deb tan olinadi va oqlanadi. Unga qo‘llangan barcha qiynoqlar tan olinib, qo‘yilgan ayblovlar yolg‘on bo‘lgani e’tirof etiladi. Biroq, bu, xabarni yetkazish uchun uning turmush o‘rtog‘i Muazzam Narzullayeva va qizi Muhabbatxonni topishning iloji bo‘lmaydi.
Ko‘rib turganingizdek, olovdek yonib o‘chgan, aniqrog‘i, qasddan so‘ndirilgan yana bir yulduz qismati ayanchli yakun topgan. Yillar o‘tib nomlari oqlangan bo‘lsa-da, stalincha qatag‘on siyosati o‘zbek xalqiga yetkazgan ma’naviy, ilmiy zararini hech bir tovon bilan qaytarib bo‘lmaydi...