O‘zi azaldan shunaqamiz… keksalarni “berib” qo‘yganimizdan keyin nadomat chekib yuramiz. Vaqt o‘ta boshlagach, o‘zimizni oqlashga tushamiz...
O‘shanda nega shoshildim! Poytaxtda “uy olib” ketayotgan ishim yo‘q edi-ku. Nima jin urdi meni?!
Xullas o‘tgan yilning Navro‘z bayramini qishloqda o‘tkazib, shaharga qaytayotsam yo‘l chetida turgan Qobil oqsoqolga ko‘zim tushdi. Mashinadan tushib so‘rashdim. Bildim aniqrog‘i sezdim, bir dafa bo‘lsada men bilan suhbatlashgisi bor edi. Shoshib turganligimni-yu, ishim ko‘pligini ro‘kach qiluvdim hamki u birozgina sabr qilishimni iltimos qilib ko‘zlarimga tikildi.
- Menga qara, telefon bolalari, televideniya vallomatlari haqida qachon yozasan? Axir vallomatlarning qo‘lidan shu savil matoh tushmay qoldiku. Hech birining qo‘lida kitob ko‘rinmaydi. Axir bu ketishda ular shu telefonning quliga aylanib qolishadi-ku. Maktab bolalarining qo‘lida allambalo telefonlar, kattakonlar bunga qarshi biron chora topishsa bo‘lmaydimi?!
Televizorniku umuman ko‘rib bo‘lmay qoldi. Bir-biridan bachkana seriallarga to‘lib ketdi. Millat oydinlari-olimlar, shoirlar,yozuvchilar, din peshvolariyu, ziyolilarni ko‘rsatish o‘rniga millat didini o‘tmaslashtirayotgan otarchi-xonandalarni tag‘ibot qilish bilan ovora bo‘lib qolishdi. Axir bu ketishda nima bo‘ladi?! Nega shular haqida yozmaysan?! Nima, bu holatlarga barham beradigan biron bir mard tashkilot yo‘qmi?! Nega ularni uyg‘otmaysan?! Sen shular haqida yozgin bolam. Oqsoqol shu so‘zlarni aytib hovuridan tushgandek bo‘ldi-da, yo‘liga ravona bo‘ldi. Keyinchalik bilsam, u yuqoridagi mulohazalarni menga vasiya qilib ketgan ekan. Chunki Qobil cho‘pon bu yilgi Navro‘z sayliga yetolmay 91 yoshida bu olamni tark etdi. Bugun shular haqida mulohaza yuritishga urinayotibmanu, oqsoqolning savollariga javob topishga harakat qilyapman.
Ochig‘i, ming marta yozganim bilan bugunning bolasining qo‘lidan telefonni olib qo‘yolmayman. Chunki unga bu kasal qo‘ndoqda tekkan. Ularning ko‘zlari telefon ekranlariga shunday qadalganki, undan boshqasini ko‘rolmaydi. Telefon turganda bolasi ko‘ziga ko‘rinmaydigan ota-onalar kam deysizmi oramizda? Televideniyedagi ayrim rahbarlarning qulog‘iga karnay bog‘lab qo‘yib, ekranlardagi nomaqbulchiliklar, sharmisorliklar, safsatabozliklar haqida soatlab gapirsak ham ularni sariq chaqaga ham olishmaydi. Sababi - ular reytingbozlik vasvasasi otlig‘ yuqumli kasallikka yo‘liqishgan. Sharm-hayosiz seriallar, bemaza ko‘rsatuvlar, or-nomusni payhon qilib, butun bir millatning sha’ni va g‘ururini yerga urib, mazax va kalaka qurboni bo‘layotgan otarchi-yu-xonandalarning bari aslida yuqorida nomi keltirilgan xastaliklarning asl ko‘rinishlaridir.
Qobil Olqorboboning umri Forish tumani qir-adirlarida o‘tdi. U suruv-suruv qo‘y haydab, bir umr cho‘ponchilik qildi. 75 yil zarang tayog‘ini qo‘ldan qo‘ymadi. Davlatga minglab tonna go‘sht va jun yetkazib berdi. Olqorlaridagi har yuz bosh sovliqdan 140 tagacha qo‘zi ola bilgani uchun sobiq Sovetlar tuzumi davrida Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Odatda ko‘pchilik cho‘pon-cho‘liqni savodsiz, omi odamlar deyishadi. Lekin Qobil bobo o‘ta ilmli, zukko inson edi. Mutolaani kanda qilmasdi. Suruvning orqasidan yurganda ham qo‘ltig‘ida kitob, eshagining xurjunida esa albatta gazeta-jurnal bo‘lardi.
Uning qiziq odati bor edi. Har yili kech kuzda bir nechta semiz sovliqni mol bozorda pullardi-da mablag‘ning barisini olib tumandagi pochta bo‘limiga borardi. So‘ngra respublika va viloyat, tumanda nashr etiladigan gazeta-jurnallarning deyarli hammasiga obuna bo‘lardi. Ochig‘i, pochtachining barisi cho‘pon bobodan hayiqib turishardi. Chunki yangi chiqqan gazeta yoki jurnal vaqtida uning o‘toviga yetib bormasa oqsoqol ularning “kunini ko‘rsatardi”. Oxirgi o‘n yillikda Forish tuman maktablarida “Olqorov stipendiyasi” degan atama ham paydo bo‘lgandi. Oqsoqol tuman maktablarining o‘ntasidagi o‘n nafar eng a’lochi o‘quvchiga o‘z shaxsiy jamg‘armasidan stipendiya ajratardi.
Uning cho‘g‘i anchayin baland, poytaxtdagi nufuzli oliy o‘quv dargohinikidan sirayam qolishmasdi.
Bundan tashqari har yili yuzta kitobni mukammal o‘qigan va ularni tuman xalq ta’lim bo‘limidagilarga so‘zlab bera olgan o‘quvchi-kitobxonning har biriga naqd besh million so‘mdan ulashgan odam ham ana shu Qobil cho‘pon edi…
Menimcha, bugun millat bolalarini tarbiyalashni va shu yo‘l bilan vatan ravnaqiga hissa qo‘shishni Qobil cho‘pon va unga o‘xshash fidoyilardan o‘rganishimiz kerakka o‘xshaydi.
Oqsoqol menga o‘zini muttasil qiynab kelayotgaan ommaviy johillikning ayanchli ko‘rinishlari haqida yozishimni vasiyat qilib ketganini yuqorida bayon etgandim. Va…va ular haqida har qancha yozmayin biron narsani o‘zgartira olmasligimnida tan olgandim. Chunki…chunki sohada sochi oqargan ustozlarimizdan birining jon kuydirib ta’kidlaganidek, bugun bizda to‘rtinchi hokimiyat degan atama boru, biroq uning o‘zi yo‘qoldi. Qolaversa, bugungi matbuot bilan biron bir mansabdor, amaldor, korchalon qiziqmaydi ham, hisoblashib ham o‘tirmaydi. Yozsang yozavermaysanmi, menga nima degan qarash allaqachonlar shakllanib ulgurgan.
Bu xususida o‘zbek matbuotining darg‘alaridan biri, ustoz jurnalist Husan Ermatov kuyib-yonib so‘zladi: “Endi bosma nashrlarning og‘riqli nuqtasiga o‘taylik, “Ishonch” gazetasi shu yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida o‘nlab tanqidiy chiqishlar qildi. Turli vazirliklarga, katta-katta idoralarga ko‘pchilikni qiziqtirib, qiynab kelayotgan, ba’zida o‘ta mantiqsiz ko‘ringan masalalar bo‘yicha ko‘plab savollar yo‘lladik. Ammo natija yo‘q, javob ololmayapmiz. Gohida katta-katta vazirliklar, baobro‘ mulozimlar Facebookda chiqqan sichqonning qulog‘iday murojaatga e’tibor qilishadi. Markaziy nashrda chiqqan sahifa-sahifa muammoli maqolalarni esa o‘qib ham ko‘rishmaydi”.
Ustoz kuyib-yonib shu tariqa bayon etaveradi.
Bizga gazeta kerakmi - deya jamiyat oldiga o‘tkir savol qo‘ygandi ustoz O‘tkir Rahmat. Ming taassufki bungada javob bo‘lmadi. Shu yerda yana Husan Ermatovning markaziy matbuotdagi chiqishlaridan biridagi quyidagi fikrlarini keltirib o‘tsam:
“Biz so‘z erkinligigaa erishdik deb yuribmiz. Nima, so‘z erkinligi tanqidga yo‘l berishning o‘zigina xolosmi?! Agar so‘z erkinligi demokratiyaning talabi bo‘lsa, asosli fikrlarning javobi, natijasiga ham amal qilaylik! Men bu fikrlarni o‘ylab, xulosaga kelamanki, soatlarimizni millarini to‘g‘rilab oladigan vaqt allaqachon kelgan!”. Naqadar o‘tli so‘zlar, haqqoniy gaplar. Shu yilning 12-yanvarida Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan Milliy Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida, Yurtboshimiz jurnalist tomonidan ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan tanqidiy chiqishlarga, albatta, javob berilishi shartligini qat’iy ta’kidladilar. Videoselektor tarzida butun respublika miqyosida o‘tkazilgan mazkur yig‘inni barcha rahbarlar ko‘rishdi, eshitishdi. Biroq hozircha ahvol o‘zgarmayapti. Ya’ni hamon bosma nashrlardagi tanqidiy chiqishlarga deyarli e’tibor berilmayapti.
Bahrom Boymurodov - Sirdaryo viloyat hokimligining “Yangi Sirdaryo” gazetasiga Bosh muharrirlik qiladi. U bilan yaqinda qilgan suhbatimizda astoydil dilini yorib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, u rahbarlik qilayotgan nashrda o‘tgan 2023 yilda 22 ta tanqidiy maqola e’lon qilingan. Ammo 22 ta tanqidiy chiqishga nisbatan viloyatdagi mas’ullar biron bir munosabat bildirishmagan. Jo‘natilgan so‘rov xatlari ham bamisli quduqqa tushgan ignadek izsiz ketgan!
Men yuqoridagi gaplarni bejizga keltirmadim. Zotan, hozir matbuotimizda hukum surayotgan “nozik vaziyat” ni cho‘pon boboga tushuntirishga istixola qilganim ham rost gap. Lekin ko‘ngil tubida miltillagan bir cho‘g‘ bor edi. Kunlar kelib, bu cho‘g‘ balki alangaga aylanar degan umid ham zohir edi. Demoqchimanki, matbuotdagi chiqishlarga mas’ullar o‘gay ko‘z bilan qarashni bas qilishar… Tepsa tebranmaslik, aniqrog‘i tebrana olmaslik balosidan qutilishar balki…
Ana o‘shanda bizga umid ko‘zi ila boqib turganlarga va…va bu dunyodan ming bir umid ila o‘tib ketgan Qobil cho‘ponga o‘xshash insonlar ruhi oldida qarzdor bo‘lib qolmasmidik…