Butun dunyoda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham shaharlar aholisi ko‘payib bormoqda. 1991 yili shaharliklar ulushi jami aholining 40,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 51 foizdan oshdi. Mutaxassilar bu ko‘rsatkich yildan yilga o‘sib borishini, shu bois, shaharsozlik infratuzilmasini yaxshilashga bo‘lgan e’tibor kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlashmoqda. Aks holda bu ekologiya, elektr energiya, uy-joy va oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar xavfini oshiradi.
Afsuski, poytaxtimiz Toshkent allaqachon shunday muammolarga yuz tutib bo‘ldi. Birgina tartibsiz qurilishlar natijasida shahar ekologiyasi izdan chiqyapti. Toshkent havosi ifloslangan shaharlar o‘nligidan ham tushmay qoldi.
Ta’kidlash lozim, ilgari tasdiqlangan shahar bosh rejalari aholi va iqtisodiyotning bugungi o‘sishiga mos kelmay qoldi. Tahlillarga ko‘ra, ahvol shu tarzda davom etaversa, 2030 yilga borib respublikamizda infratuzilma xarajatlari 2 baravarga oshib, qishloq xo‘jaligi yerlari 30 ming gektarga kamayib ketadi. Bu esa, shubhasiz, oziq-ovqat muammolarini keltirib chiqaradi.
Bas, shunday ekan, bugungi shaharlarni rivojlantirishni aniq strategiya asosida olib borish lozim. Shaharlarni master-rejalar asosida rivojlantirish zarurati ham vujudga keldi. Master-reja – bu shunchaki shaharsozlik hujjati emas, uning asosiy maqsadlaridan biri hududning iqtisodiy salohiyatini to‘liq ochib berishdir. Xorijda bu tajriba allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Nyu-Yorkda 2010 yillarning boshida shaharni rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan. Vena, Berlin va Sidney kabi yirik shaharlarda ham shu kabi hujjatlar mavjud.
To‘g‘ri, 2023 yilning 11 sentyabrida qabul qilingan “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda master-rejalar ishlab chiqish belgilangan.
Masalan, hozir mamlakatimizda 53 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlari ana shu hujjatlar asosida barpo etilmoqda. Shu asosda qurilayotgan eng yirik loyihalardan biri Yangi Toshkent hisoblanadi.
Ushbu loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, eng muhimi, Yangi Toshkentning “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilgan. Loyiha Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning ilg‘or kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Loyihada “yashil hududlar”ni yaratish va uni boshqa ob’yektlar bilan uyg‘unligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 420 gektar maydonda “Markaziy bog‘” barpo etiladi va 200 ming tup daraxt ekilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga massivga tutash hududlarda 160 gektar yer maydonida 53 ta “Yangi O‘zbekiston” bog‘lari tashkil etilib, 50 mingta har-xil turdagi daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Umuman olganda, “Yangi Toshkent” umumiy maydonining 29 foizini yashil parklar va ochiq maydonlar tashkil etadi.
Bu borada xorij tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 26 milliondan ortiq aholiga ega Shanxayning yashil maydonlari 200 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi va jon boshiga taxminan 6,6 kvadrat metrni tashkil qiladi. 10 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Xanchjou yer maydonining taxminan 30 foizi esa yashil maydonlardan iborat yoki Stokgolmni olaylik: shahar hududining qariyb 30 foizini yashil maydonlar va istirohat bog‘lari tashkil etib, jon boshiga 98 kvadrat metr yashil maydon to‘g‘ri keladi. Shaharda chiqindilarni boshqarish sohasida innovasion texnologiyalar joriy etilgan bo‘lib, maishiy chiqindilarning 99 foizdan ortig‘i qayta ishlanadi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan 2024 yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorda ham master-rejani ishlab chiqish mezonlari belgilangan va bugun uning huquqiy asosini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Albatta, bunda shahar va hududiy rivojlanishning Milliy strategiyasi ishlab chiqarilishi zarur. Zamonaviy bozor talablariga javob beradigan va shahar hududlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun shaharsozlik tizimi modernizatsiya qilinish zarur. Bunda ayniqsa, «Urbanizatsiya to‘g‘risida»gi hamda «Renovatsiya to‘g‘risida»gi Qonun loyihalarini ishlab chiqish juda muhimdir.
Bir so‘z bilan aytganda master-reja aniq ilmiy yondashuvlar asosida ishlab chiqiladi. Bu mavjud resurslarning oqilona ishlatilishiga, ularning behuda sarflanmasligiga yordam beradi. Eng muhimi, shaharning barqaror rivojlanishiga, dinamik o‘sishiga asos bo‘ladi. Demak, tartibsiz qurilishlar nafaqat noqulaylik, farovonlik, ayni paytda yashillik kushandasi hamdir.
Shu ma’noda, bugun shaharlarni master-rejalar asosida rivojlantirish, aholi ehtiyojlarini o‘rganib, shaharsozlikdagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash payti keldi. Eng asosiysi, shaharlar qurilish yoki avtomobillar uchun emas, odamlar uchun bo‘lishi kerak.