yoxud bilimsizlikning og‘ir oqibatlari qanday “kasallik”larga olib kelishi xususida
Qo‘limdagi to‘yxat bilan tanisha turib, hang mang bo‘lib qoldim. Ko‘zlarimga ishonmay uni yana qaytadan o‘qidim. Afsuski aldanmabman: kuyovning ismi MELSjon, kelinniki esa Tangemoyim edi!
Mohlaroyim-u − Oftoboyimlar, Kumushbibilar-u, Zaynabbegimlar haqida eshitgandim, o‘qigandim. Biroq shu vaqtga qadar o‘zbek ismlari orasida Tangemoyim degan ism ham borligidan bexabar ekanman…
Nogahon xayolimda o‘sha mashxur «Saroy javohiri» seriali-yu, bosh qahramon- Tangem obrazi jonlandi. Koreys kinoijodkorlariga ming rahmat, shu serial bilan «dunyoni zabt etishdi». O‘zlarining tarixi, madaniyati va urf-odatlari-yu, pazandalik mahorati haqida olamga jar sola bilishdi. Shu serial orqali millatini ko‘klarga ham ko‘tarishdi. Qarangki, biroz dardli bo‘lsada, o‘sha serial va uning «purviqor mahsuli» o‘laroq bugun biz ham ularga havas qilib qizlarimizga Tangemoyim deya ism qo‘yishni boshlab yuborganimizga ancha bo‘libdi!
Bilamizki, sosializm va kommunizm g‘oyasi asoschilari bo‘lgan Marks, Engels, Lenin va Stalinni butun dunyoda ijirg‘anib eslaydiganlar ko‘p. Chunki ularning qotilliklari, hech bir quyushqonga sig‘mas qilmishlarini ta’riflashga til ham, qalam ham ojiz. Taassufki, sobiq ittifoq davrida ana shu qonxo‘r dohiylarning ismlari bosh harflaridan bittadan «yulib olinib» MELS ismi yasab chiqarilgandi! Bu achchiq haqiqatni bilmasdan, mohiyatni anglamasdan turib, bolalarimizga o‘sha qotillarning ismini ham qo‘yib yotibmiz!
Qayoqqa qarab ketyapmiz o‘zi?! Nimalar qilyapmiz?! Kimga ergashyapmiz, nimalarga yukunyapmiz?! Buning bosh sababi nima o‘zi?! Mana shu savollar miyani parmalaydi… Yana qo‘limdagi to‘yxatga qarayman- MELSjon va Tangemoyimlarning nikoh bazmiga marhamat!
Yaqinda poytaxtdagi Fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish bo‘limlaridan birining xodimi bilan suhbatlashib qoldim. U jig‘ibiyron bo‘lib, bugungi «yangi o‘zbek»lar o‘z bolalariga Lolaxon o‘rniga Lolita, Gulnora o‘rniga Gulya, Dilnoza o‘rniga Dilya, Go‘zalxon o‘rniga Guzalka, Guzalina va … va hatto Monika deb ham ism qo‘yishayotgani-yu, bu «muborak» ismlarni chaqaloqning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiga ham faxr bilan qayd ettirishayotganligini gapirib qoldi.
–Yaqinda yoshgina o‘zbek oilasi kelib, o‘g‘liga Vilen deb ism qo‘yishgani-yu, shuni guvohnomaga yozib berishimizni talab qilishdi. Biz ularga bu ismning ma’nosi – sobiq kommunistlar dohiysi – Vladimir Ilich Leninning ismi sharifidan qisqartirib olinganini, bu shaxsning qora qilmishlari beadadligi bois tarix uni doimo la’natlashini, qolaversa, ertaga farzandlari ulg‘aygach, o‘z ismining ma’nosidan ko‘pchilik oldida uyalib, izza bo‘lib yurishini ming bor tushuntirsak-da, ular o‘z so‘zlarida qat’iy turib olishdi. Noiloj tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga Vilen deb yozib berdik...
Yana o‘sha og‘riqli savollar qiynayveradi: qayoqqa qarab ketyapmiz o‘zi?! Matbuot sohasida sochi oqargan bir ustozimiz kuyib-yonib ta’kidlaganlaridek olomonlashib ketmayapmizmi?!
Kezi kelganda aytish joiz, bularning bariga o‘qimay qo‘yganimiz, mutolaani unutganimiz, kitoblarni tokchada chang bostirayotganimiz, alaloqibat Internetga mute bo‘lib qolganligimiz sabab bo‘layotir!!!
Yaqinda taniqli shoir Muhammad Ismoil Germaniya safarida bo‘libdi. Suhbat asnosida ustoz havas bilan so‘zlab qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu davlat aholisining 95 foizining uyida o‘z shaxsiy kutubxonasi bo‘lib, ota-onalar har gal maosh olganlarida bolalarining soniga, yoshiga qarab yangi adabiyotlarni xarid qilishar, so‘ngra ularni farzandlariga berishib, o‘qib chiqqanlaridan so‘ng ushbu kitoblar bo‘yicha ulardan albatta imtihon olishar ekan!
–Bizda-chi – deydi adib kuyunib. - Bir yilda o‘rtacha uch mlrd dollar mablag‘ni to‘y hashamga sarflaymiz-u, butun O‘zbekiston aholisi 100 ming dollarlik kitob sotib olmas ekan. Hatto Imom Buxoriydek buyuk zotlarning tabarruk asarlari yillar davomida kitob do‘konlarida sarg‘ayib turaveradi. E’tibor qilinglar, uch ming yillik tarix egalari - bugungi o‘zbekning 90 foizining xonadonida shaxsiy kutubxonasi yo‘q. Qush uyasida ko‘rganini qiladi: ota-ona qo‘liga gazeta, jurnal, kitob olsa, bola ham albatta ularga ergasha boshlaydi.
Buyuk bobomiz – muhaddislar sultoni Imom Buxoriy ilm sirlari bilan qiziqib, dunyo kezib 60 mingdan ziyod hadis to‘plaganida 16 yoshdan endigina oshgandi. Shuningdek, u zotning 63 yillik umri davomida amalga oshirgan ishlari bugun yer yuzida mavjud bo‘lgan 63 ta Fanlar Akademiyasining qilgan ishlaridan-da ko‘proq ekan. Hazratning 300 mingdan ziyod hadisni yod bilgani esa...
Abu Ali ibn Sino bobomiz yetti yoshida Qur’oni karimni yod olib, umri davomida 100dan ortiq ma’rifiy kitoblar bitgan.
Amir Temur bobomiz 15 ta xorijiy tilni bilib, biror mag‘lubiyatsiz 29ta davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan, harb ilmining otasi bo‘lgan.
Beruniy esa 30 ta ajnabiy tilni mukammal bilgan va muloqot qila olgan.
Bugun esa ana shunday ulug‘ zotlarning avlodi o‘z bolalariga MELS, Vilen, Lolita, Monika deb ism qo‘yishyapti!
O‘zbekning alloma shoiri Abdulla Orif bilan qilgan suhbatlarimizdan birida u keskin bir fikrni aytgandi:
- Men Hazrat Navoiyning jillaqursa bitta g‘azalini yoddan aytib berolmaydigan o‘zbekni millatdoshim deya olmayman!
Yaqinda «O‘zbekiston tarixi» telekanali ijodkorlari O‘zbekiston Milliy universiteti xiyobonida talabalardan Alisher Navoiy bobomizning tavallud sanasini so‘rashganida ularning 80 foizi bu savolga to‘g‘ri javob bera olmadilar. Ahvol shu bo‘lgach, Hazratning biror g‘azalini yoddan aytib berishlarini so‘rashga istihola qilishdi shekilli, jurnalistlar noiloj ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ko‘rsatuvni yakunlab qo‘ya qolishdi…
Qozog‘iston Xalq shoiri, Mehnat Qahramoni O‘lmas Sulaymonov kitobxonlik borasida quyidagicha fikr bildirgan edi:
«O‘tgan asrning 90 yillarida 500 betlik saylanma asarlarim to‘plami 200 ming nusxada chop etildi va u tezda o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. O‘sha davrlarda kitob yetkazib berish tizimi shiddat bilan ishlardi. Hozir esa bunday tizim qayoqqa yo‘qolganini ming izlasang ham topolmaysan. Davlat o‘sha paytlarda yozuvchini shunday qo‘llab quvvatlardi. Kitobning taqdirini bozorga topshirishdi-yu, birato‘la bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ya qolishdi. Kitob har qanday taraqqiyotning poydevori, asoschisi ekanligini unutishdi. Kitobni o‘ldirishib, madaniyatni, ma’naviyatni o‘ldirishganini esga olishmadi. Bularning hammasini ko‘tarib turgan narsa kitob ekanligini hali hanuz esga olishgani yo‘q. Kitob albatta davlat himoyasida bo‘lmog‘i lozim. Inson ma’naviyati hech qachon bozorga tashlanmasligi kerak!»
Alohida ta’kidlayman, qozoqning buyuk shoiri dunyo kitobxonligining bugungi ahvoli haqida so‘zlayotir, qayg‘urayotir. Hartugul, bu jarayon bizda 2016 yildan boshlab anchayin moʻtadillashdi. Muhtaram Yurtboshimiz deyarli har bir yig‘inda ma’naviyat sohasiga alohida e’tibor qaratib, ushbu soha boshqalariga qaraganda doimo o‘n qadam oldinda yurishi shartligini ta’kidlayapti.
O‘tgan yilning 22 dekabridagi Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ham Kengash raisi sifatida shaxsan o‘zlari ishtirok etib, sohada amalga oshirilgan va oshirilajak ishlarni tahlil etish barobarida 200 ming donadan ortiq kitobni davlat hisobidan chop etib, maktab va mahalla kutubxonalari-yu, keng jamoatchilikka tekin tarqatilishini qat’iy ta’kidladilar. Qolaversa, Yangi O‘zbekiston strategiyasida 2030 yilgacha yosh kitobxonlar sonini besh million nafarga yetkazish ham ko‘zda tutilib, bu boradagi amaliy harakatlar boshlab yuborildi.
Arablarda «Hayoti davomida birgina kitob o‘qimagan kishidan qo‘rqing» degan naql bor. Chunki kitob o‘qimagan odam fikrlamaydi, o‘ylamaydi. Qilgan va qilayotgan ishlarining oqibatini sarhisob qilmaydi. Shunday bo‘lgach chertilgan har maqomga yo‘rg‘alayveradi.
Ulug‘ faylasuf Peter Gelle «Kitoblar – ovozsiz muallimlardir» deya bejizga ta’kidlamagandi. Zotan, muallim − ustoz demakdir. Ustoz ko‘rgan shogird esa chalingan har maqomga mug‘om qilib ketavermaydi. Har bir harakatini nazorat qilib, o‘zini boshqara biladi.
Eng asosiysi, Hazrati Inson degan ulug‘ nomga loyiq bo‘lib, uni oqlab yashay oladi.