Bu maqola 7-8 yillar oldin yozilgan bo‘lib, o‘qib ko‘rsam, bugunimizga ham juda tegishli ekan. Ayniqsa, ulug‘ hofiz Sherali Jo‘rayevga bo‘lgan yaqindagi munosabatimizni eslasam, biz juda ham kam o‘zgaribmiz, deb o‘ylab qoldim. Hatto deyarli o‘zgarmabmiz...
Biz, Sharq xalqlari, insonni bor-boricha sevishni bilmaymiz: yaxshi ko‘rishu yomon ko‘rishlarimizda me’yor yo‘q. Maqtasak, osmonu falakka chiqarib yuboramiz, tanqid qilsak esa, yerning ostiga kiritib tashlaymiz.
Keling, masalaning tanqidiy tomonini ko‘rib chiqaylik.
Biron kishi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bir xatoga yo‘l qo‘ygan va yoki bizga yoqmaydigan biron ishga qo‘l urgan bo‘lsa, tamom, kerak bo‘lsa, urug‘ aymog‘i bilan butunlay «puf, sassiq!»qa chiqaramiz. Mana, misol uchun, jadidlarga munosabatimiz xuddi shunday. O‘zbek xalqi madaniyati, adabiyoti, ilmi va san’ati tarixida jadidlar darajasida katta xizmat qilgan bir necha ulug‘ shaxsni ko‘rsatish mumkin, xolos.
Qoshg‘ariy, Navoiy, Bobur... Lekin shunday xizmat qilgan ulug‘ zotlarning ham hurmatini joyiga qo‘ya olmay kelyapmiz. Chunonchi, favqulotda samimiyatiga ko‘ra, o‘z tili bilan qilgan e’tiroflari bois Boburdan hatto yuz burmoqchi bo‘ladigan kaslar bor oramizda. Burdik ham deylik. Shunda ul zotni darhol boshqa xalqlar, aytaylik, mo‘g‘ullar «ilib» ketadi. Zero, dunyoda Boburga «xaridorlar» ko‘p. Nafsilambrini aytganda, boshqa ulug‘larimizni ham «o‘ziniki qilib olish»ga tayyorlar tiqilib yotibdi. Shu kerakmi bizga?.. Jadidlar-chi? Ularning nega ko‘kragidan itaramiz?
Men «Sharq yulduzi» jurnalida muharrir bo‘lib ishlab yurgan kezlarim necha bor «tepa»dan «Fitratni bermanglar, jadid degan so‘zni tilga olmanglar!», degan topshiriqlar keldi. Hatto demokrat ma’rifatparvar shoir Furqat, ulug‘ valiy zot Rumiy hazratlari, o‘zimizning Rauf aka, ustoz shoir Rauf Parfi haqida ham jurnalda «lom, mim» deyish taqiqlandi. Yaqindagina bo‘ldi bu ishlar. Lekin nega bo‘ldi? Kim bu taqiqlar tepasida turibdi. Men davlat rahbarining bu kabi ishlarni o‘rganib chiqib, bundayin bo‘lmag‘ur xulosalarga kelganiga ishonmayman. Mana, kuni kecha Hamzaga shunday malomat toshlari otildi.
Qachongacha bunday ishlar davom etadi?! Sho‘roni sho‘ro dedik, mustamlakachi shunday yo‘l tutadi, bu azaliy udum, deb o‘zni yupatdik. Lekin mustaqil bo‘lganimizga ham 33 yil to‘ldi. Nega hali-hanuz ulug‘larimiz himoyamizda emas? Dunyoda bormikan o‘z buyuklariga o‘zi tosh otadigan bizdek yana bir xalq? Hamzaning 40 yoshida bir marta pichoqlab, so‘ng toshbo‘ron qilib o‘ldirganlari yetmaydimi? Endi xotirasini ham bo‘lg‘aylikmi? Hamza kabilarning ayblari sizu bizning ozod yurtda ozod bo‘lib yashashimizni istaganidami? Shu yo‘lda o‘zini o‘tga-cho‘qqa urib, chirpinib, goh to‘g‘ri, goh xato yo‘lga kirib qolganidami?
Nega biz – Sharq xalqlari inson faoliyatini to‘g‘ri baholashni bilmaymiz? Xo‘p, ulug‘larimiz ham o‘z hayotlari davomida u yoki bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ygandir, deylik. Shunga shunchami? Shunchami deganim, endi ularning boshqa xizmatlaridan ko‘z yumiladimi?!. Ular, axir, juda ham buyuk-ku!.. Bunday xizmatga noil bo‘lish uchun insonning baxti kulib tug‘ilishi kerakligini nahotki bilmasak! Ming yilda bir beriladigan imkonlar davrida yashadi Hamza va hamzalar!.. U yog‘ini so‘rasangiz, kim farishta? Kim bilib yo bilmay xato qilmaydi? Xato qilmaslikdan biron bir zot kafolatlanganmi o‘zi?.. Qolaversa, insonga uning bir-ikki masalada noto‘g‘ri o‘ylagani yo ish tutgani uchun keskin baho berish va taqdirini hal qilish qanchalar to‘g‘ri?..
Yaqinda ulug‘ rus yozuvchisi L. N. Tolstoy haqida ikki qismli hujjatli film ko‘rdim. Yevropaliklar ishlagan ekan. Jurnalist-muallif Tolstoyning o‘lmas va buyuk xizmatlarini sanar ekan, uning o‘ziga yarasha xatolarini e’tirof etishdan, ularni muhokama qilishdan aslo cho‘chimagan. Ammo, e’tibor bering, Tolstoyning inson va yozuvchi sifatidagi kamchiliklarini sanash jurnalistga uning dunyoning eng ulkan yozuvchisi deb tan olishiga va shunday aks ettirishiga aslo monelik qilmagan.
Men shu haqda gapirmoqchiman. Ushbu yozuvdan murod ham shu! Xo‘sh, bizda-chi? Hamza nima qildi? Furqatu Fitrat, Rauf Parfi-chi?.. Bu ulug‘ zotlar biz uchun, o‘zbek millati uchun qilgan xizmatlarini o‘ndan, o‘nni qo‘ya turaylik, yuzdan birini ular qismatiga hukm o‘qiyotganlarning hammasi jam bo‘lib ham qilganmikan? Qila olganmikin yoki endi qila olarmikan? Shu millat uchun, uning kelajagi uchun yonib-kuyib ketishmadimi jadid bobolarimiz! Ularning nomlarini tarix sahnasidan tushirish qanday maqsadlarga xizmat qiladi? Ular xizmatini o‘zlashtirib, o‘ziniki qilishgami?.. Bunga yo‘l qo‘yib bergan xalq-chi?.. Xalq sanaladimi o‘zi?..
Xo‘p, Furqat yo Fitrat domlalar chet elda yurgan kezlari qandaydir g‘oyalardan ta’sirlangan bo‘lishsa bo‘lishgandir. Yoki Hamza azbaroyi ishonganidan 1917 yildan keyin sovet mafkurasini yoqlab asarlar bitgandir. Qodiriyda yo‘qmi bunday asar yoki Cho‘lponda? Axir, davr murakkab edi, ular ham jon shirinida murosa qilib ko‘rishdi, lekin bo‘lmadi-ku! Biri toshbo‘ron qilinib, qolgan ikkitasi otilib sob bo‘ldi-ku!.. Agar o‘sha bobolarimiz dushmanga chinakamiga xizmat qilib, dushman tomonida bo‘lganda, o‘ldirilarmidi?!.
Biz esa, ulug‘larimiz merosiga bus-butun holda qarab, yaxlit bahosini bera olyapmizmi? Bugun Furqat, Fitrat yoki Hamzani tarixiy xizmatlarini yo‘qqa chiqarmoqchi bo‘lganlar, ertaga bu tarix sahnasidan o‘zlarining supirilib ketishini, yuqorida nomlari zikr etilgan yurt va adabiyot fidoyilari yana o‘z o‘rinlariga borib turishlarini bilarmikan?.. Bilmasalar, shoir aytmoqchi, «Alarga yetkarib qo‘ying!» Yetkazib qo‘yaylikki, ular ham o‘z vaqtida etaklarini yopsinlar! Zero, vaqtga Yaratgandan o‘zga hech zot hukm o‘tkaza olmaydi. Bugun sening izmingda bo‘lgan farmon ertaga – vaqt bir aylanib kelganda senga qarshi ishlab qolishi mumkin!.. Menga o‘xshagan yozuvchining, ziyolining vazifasi esa eslatishdir. Olish-olmaslik har kimning o‘ziga tan...
Uzun gapning qisqasi – unutmaylikki, vaqt aylanmoqda – bizning foydamizgami yoki aksiga, buni faqat va faqat O‘zi biladi...