Yoki ular tik turib jon bermasinlar
Daraxtlar... Ko‘kka tikilgan mag‘rur daraxtlar! Ularni yiqitmasdan ham yo‘q qilish mumkinmi? Daraxtlar ham tasbeh aytadimi? Dov-daraxtlarsiz hayot qanday kechadi?
AZALIY «AN’ANA»LAR QACHON TUGAYDI?
Ispaniyalik dramaturg Alexandro Kasanoning «Daraxtlar tik turib jon beradi» nomli asari bor. O‘qishga, uqishga arzigulik bu asarda bosh qahramon Evxeniya tilidan inson ruhiyati va uning o‘y-kechinmalari daraxtlar timsolida juda ta’sirli tasvirlangan. Ammo hozir gap bu haqda emas...
Hech ahamiyat berganmisiz, har yili ekilayotgan ming-minglab, millionlab ko‘chatlarning ko‘pi ko‘karmaydi. Chunki ular mehr bilan parvarishlanmaydi, qarovsizlikdan, ayni saratonda suvsizlikdan qovjirab-quriydi. Ammo ko‘chat ekish «kampaniyasi» vaqtida «tol»ni «terak» deydigan mas’ullar «...shuncha ekdik, yana buncha ekamiz...», deb televideniyada rosa ko‘rinish berishadi. Davriy nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar suratli xabarlar va lavhalarga to‘lib ketadi. Lekin oradan ko‘p emas, bor-yo‘g‘i ikki-uch oy o‘tsada, yangi ko‘chatlarning necha foizi ko‘kargani bilan hech kim qiziqib ham ko‘rmaydi...
To‘g‘ri, hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham, mas’ullar bir necha yildan beri hisobot bera boshlashdi. Masalan, ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda salkam 2,5 million dona ko‘chat suvsizlik va yetarli darajada parvarish qilinmagani sababli bahorning o‘zidayoq keyingi ko‘klamni «ko‘rmaydigan» bo‘lgan. Ammo bu va keyingi yillar uchun beriladigan ma’lumotlar nechog‘li to‘g‘ri? Ochig‘i, bu haqda jo‘yali bir fikr aytish qiyin. Chunki ko‘ryapmiz, guvoh bo‘lyapmiz, deyarli har yili M-39 va boshqa yo‘l chetlariga, shuningdek, gektar-gektar maydonlarga, hattoki poytaxt va boshqa shaharlarning diqqatga sazovor joylariga ekilayotgan ko‘chatlarning ko‘pi qurib qolyapti.
2021 yilning 2 fevral kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi bo‘yicha barcha darajadagi rahbarlar zimmasiga qator vazifalarni yuklagan edilar. O‘sha yig‘ilishda kelgusi besh yilda, ya’ni har yili 200 million (jami 1 milliard) tub ko‘chat ekib, respublikadagi yashil maydonlar hajmini 30 foizga yetkazish belgilangandi.
Raqamlarga e’tibor bersak, har yili yurtimizda chakana ko‘chat ekilmayapti. Agar ularning 70 foizi ko‘karib, “kun ko‘rgan” taqdirda ham ko‘pgina hududlar yashillikka burkangan bo‘lardi. Afsuski...
Yaqin-yaqingacha bahorda qancha maydonga nechta ko‘chat ekilgani haqida quyidan yuqoriga qop-qop hisobotlar (suratlar bilan) berildi. Ammo saratondan “eson-omon” o‘tib olgan ko‘chatlar to‘g‘risida lom-mim deyilmadi. Negaki, hisobdorlik yo‘q, mas’uliyatsizlik bor edi. O‘sha vaqtlarda hujjat qilmaslik ayrimlarga qo‘l kelardi. Lekin keyinchalik so‘rov boshlanib, talab kuchaygach, ayrimlar yana azaliy “an’ana”ga qaytishdi: qo‘shib yozish boshlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda 6,2 million tup ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan. Bunga esa ayrim hokimiyat, ichki ishlar va prokuratura xodimlarining o‘zlari “bosh-qosh”bo‘layotgani juda achinarli, albatta. Shu yilning aprel oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir xabarlar ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi: Yaqindagina matbuotda “127 million tupdan ortiq daraxt ekildi”sarlavhali hisobot-xabar e’lon qilindi. Ol-a...
Birinchidan, daraxt emas, ko‘chat... Ikkinchidan, 127 million tup... baribir, shubhali. Shubha qilishga esa, yuqoridagi misollar kabi asoslar yetarli.
“CHO‘PON KO‘P BO‘LSA...”
Ochig‘i, ko‘chat ekish «qizg‘in kechayotgan» jarayonlardan tayyorlangan ba’zi lavhalar ensani qotiradi. Ya’ni ko‘pi bilan 40 ta ko‘chat ketadigan joyga kamida 60 ta kishi ko‘chat ekayotgan bo‘lishadi. Xolbuki, tasvirlarda aks etganidek, ko‘chatdan ko‘ra, odam ko‘p. Shu joyda “cho‘pon ko‘p bo‘lsa...” degan maqol yodga tushadi.
Mana, may oyi ham oxirlab qoldi. Tunov kuni ko‘chatlar ekilayotgani haqidagi “tandirdan uzilgan” yangi xabar va lavhalarga ko‘zim tushdi. Tushunmadim, ko‘chat ekishga endi kech bo‘ldi, shekilli...
O‘zi, ko‘chatlar qayerga, qachon va qanday ekiladi? Men mutaxassis emasman, ammo bilganim shuki, ko‘chat faqat bahorda ekilmaydi. Nihollarni kech kuzda, hattoki (tajribadan o‘tgan) qishda ham, issiqroq kunlarda ham eksa bo‘ladi. Bahorda emas, aynan kech kuzda ekilgan ko‘chatlar yerga yaxshi joylashib, tomiri baquvvatlashib, deyarli 100 foiz ko‘karadi. Lekin biz nima qilamiz? Ko‘proq bahorda harakatga tushamiz. Daraxtlar barg yozib, yam-yashil bo‘lsa ham, ko‘chatlar ko‘karib ketsa ham, qisqasi, kechiksak ham ekaveramiz.
Mutaxassislarning aytishicha, eng avvalo, tanani to‘liq oziqlantirishga tomirning kuchi yetishi kerak – yetmasa, foydasi yo‘q. Shu bois, ko‘p ko‘chatlar ma’lum miqdorda, hattoki yarmidan ko‘p qismi kesilib, so‘ng ekiladi. Biz nima qilamiz? Ikki-uch metrlik ko‘chatlarga ham qaychi tekkizmay, ularni yerga «sanchib» qo‘yaveramiz.
Aslida, ko‘chatlarni hamma joyga ham ekib bo‘lmaydi. Ular ham iqlim, joy va Yer tanlaydi. Masalan, vodiyda yetishtirilgan ko‘chat voha iqlimiga, tuprog‘iga mos kelmasligi mumkin yoki aksincha. Bizga esa, farqi yo‘q. Ya’ni yaproq bargli daraxt ko‘chatlari qumli, qumoq yerlarga mos kelmasa-da, ularni ekaveramiz. Unumdor tuproq va namlikni xush ko‘radigan ko‘chatlarni sho‘r bosgan, suv kelmaydigan, sug‘orish tizimi yo‘q joylarga ham o‘tqazib ketaveramiz. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil 7.3 million tup ko‘chat sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga ekilgan.
Oramizdagi ko‘pchilikka “beton” joylar begona emas. U yerlarda tuproqdan ko‘ra, mayda toshlar ko‘proq bo‘ladi. Yana qurilish, obodon-lashtirish, yo‘lsozlik ishlaridan so‘ng, “dom”lar atrofida, ko‘chalar chetida, katta yo‘llar yoqasida qum, shag‘al va toshlardan, ya’ni har xil qorishiq va qoldiqlardan iborat “qatlam” yuzaga keladi. Biz ko‘ra-bila turib ham, o‘sha joylarga ekaveramiz, ekaveramiz...
Axir, bu yerlarga ko‘chat ekishdan oldin mayin va unumdor tuproq olib kelinib solinishi, sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Shundagina ko‘chatlar songa kirishi mumkin.
TO‘RT OYOQLILARNING «IKKI OYOQLI» EGALARI
Bilasizmi, ayrimlar ko‘chat ekish “kampaniyasi” vaqtida ko‘chatlarni o‘tqazish emas, “o‘tkazish” uchun astoydil “kuyib-pishadi”. Ularga ko‘chatlar ko‘chada, dalada qolib, uvol bo‘lmaydimi, ishi yo‘q, “ko‘kat”li bo‘lib qolsa, bas. “Xo‘sh, falonchidan shuncha so‘mdan buncha olasan, shuncha yerga ekasan”, deyiladi. Tamom, “topshiriq” bajariladi.
Birovning mehnatiga birovning ichi achimasligi bor gap. Inchunin, puliga ham. Ma’lum miqdordagi mablag‘ hisobiga keltirilib, tarqatilgan ko‘chatlar manzilli, ammo maqsadsiz, ya’ni “madaniy qatlam” va “beton” joylarga ham ekib tashlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil 4 million tupdan ortiq ko‘chat tekin tarqatilgan. Ko‘ramiz, ularning necha foizi ko‘karar ekan?.. Afsuski, buni bilish oson emas!
Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r, deyishadi. Siz puli kuymaganning qanday ko‘chat ekishini ko‘rganmisiz? Shaxsan men, erta bahorda gektar-gektar lalmikor yerlarga yoki bir necha kilometr masofadagi yo‘l yoqalariga ekilgan ko‘chatlardan saratondan keyin “nom-nishon” qolmaganini ko‘rganman. Afsuski, bundan hech qachon saboq chiqarilmaydi va “har bahorda shu bo‘lar tak-ror...” takror bo‘laveradi.
Aslida, lalmikor joylarda ham bog‘-rog‘ yaratsa bo‘ladi, yaratganlar ham bor. Ular ko‘chatlarni ko‘kartirib olish uchun kerak bo‘lsa, eshak-aravada suv tashiydilar. Ko‘chatlarni mehr bilan parvarishlashadi. Negaki, ular o‘z cho‘ntagidan pul tikkan: aniq maqsad va manfaat bor. Ertaga bog‘ hosilga kirsa, biri ikki bo‘ladi.
Yana bir gap: ko‘chat ekilgani bilan ish bitib qolmaydi. Ya’ni keyin qilinadigan ishlar undan ham mas’uliyatli. Ko‘chat atrofini yumshatish, begona o‘tlardan tozalash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va sug‘orish... Afsuski, biz, ko‘p hollarda ko‘chatlarni o‘z holiga tashlab qo‘yamiz.
Ko‘chatlarning nobud bo‘lishiga yana bir sabab bor. Bu – to‘rt oyoqli uy hayvonlarining “ikki oyoqli”egalari! Shunday odamlar borki, ular molini, qo‘yini ko‘chat ekilgan maydonlarda qachon bemalol, qachon yashirincha boqishni juda yaxshi bilishadi. Agar suruvni haydash yoki qaytarish uchun tayoq zarur bo‘lib qolsa, baquvvat ko‘chatni sindirib olishadi.
O‘sha gap: agar chiqim qilmasa, ichi achimaydi.
YOQISHDI, SOTISHDI...
Keyingi vaqtlarda havoga chang-g‘ubor ko‘tarilishi ko‘p kuzatilyapti. Hatto Toshkent dunyodagi “eng toza” shaharlardan biriga aylandi. Qaysidir yili ilgari hech kuzatilmagan holat sodir bo‘ldi: chang-g‘ubor ikki-uch kunlab “ko‘z ochirmadi”.
Cho‘llanish, changli to‘zonga “davo” esa – yashillik! Bizda bor edi, shu yashillik! Lekin biz nima qildik? Nafsga qulchilik qursin, o‘z nafasimizni o‘zimiz bo‘g‘ishga, ya’ni kislorod manbai bo‘lmish dov-daraxtlarga qiron keltirishga shu darajada kirishib ketdikki, yerni sotish yoki u yerga nimadir qurish uchun daraxtlarni ayovsiz kesdik. Oqibatda ko‘p shaharlar o‘z ko‘rkini yo‘qotdi. Bilganlar, ko‘rganlar biladi, bir paytlar Toshkent qanaqa shahar edi-ya? Boshqa shaharlar-chi?..
Ma’lumotlarga ko‘ra, bitta daraxt yiliga 120 kilogramm kislorod ishlab chiqaradi. Bir gektar maydondagi yashillik 200 nafar odamni kislorod bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, daraxtlar turli darajadagi issiqlik nuri va quyosh spektrini yutib, havo namli-gini oshiradi. Kislorodga boy, soya-salqin joy-lar sog‘liq uchun koni foyda. Bir vaqtlar yurtimizda, hatto ikki-uch kishi-ning ham quchog‘i yetmaydigan azim daraxtlar bo‘lardi. Hozir ular qolmadi hisob. O‘tin qilib yoqishdi, sotishdi. Ihota, manzara va salqin bo‘lishi uchun dalalar va yo‘llarning chetiga ekilgan necha yillik qanchadan-qancha daraxtlar ham kesilib ketdi. Siz, «tutday to‘kilgan» tutzorlarni, tut-larni ko‘rganmisiz? Azim sadaqayrag‘ochlar, chi-norlarni-chi? Men ko‘rganman! Aminmanki, siz ham ko‘rgansiz!
BARCHASI BARCHAMIZGA BOGʻLIQ!
Tan olaylik, shu vaqtgacha ko‘chatlar ekilishida ko‘zbo‘yamachilik, o‘zibo‘larchilik qildik. Ilgari ko‘chatlar tayyorlash, yetkazib berish, qay birini qayerga ekish, parvarishlash, avaylab-asrash borasida aniq tizim yo‘q edi. Endilikda tizim bor, mas’ullar bor! Endi hammasi o‘sha tizim va mas’ullarning qay darajada ishlashiga bog‘liq...
Xulosa o‘rnida yana bir gap: yashillikni mehr bilan parvarishlash va saqlash faqat mas’ullarga tegishli vazifa emas. Agar yashillikka, nihollarga nisbatan yurtdoshlarimizda ham munosabat o‘zgarmas ekan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi yaqin yillarda kun tartibidan tushmaydi. Shuni unutmasak, bas...
SO‘NGI SO‘Z
Tik turib jon beradigan daraxtlar va ko‘chatlarni yiqitmasdan ham yo‘q qilish mumkinmi?
Mumkin. Buning uchun ularni qarovsiz qoldirishning o‘zi kifoya.