jazo yoki jarima jigarlarimizni qaytarib bermaydi!
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yili respublikamizda 9839 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan...
Ularda jarohatlanayotganlar soni afsuski kamaymayapti: 9209 nafar, halok bo‘lganlar esa 2282 tani tashkil etgan. Eng achinarlisi, ular orasida 263 nafar bola bor.
Umuman o‘tgan yili 1794 ta bola bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Shundan 1568 nafari jarohatlangan, 263 nafar bola esa yuqorida qayd etganimizdek, hayotdan ko‘z yumgan. Mutaxassislarning fikricha, yo‘l harakati qoidalarining eng ko‘p buziladigani bu xavfsizlik kamarini taqmaslik, telefondan foydalanish va tezlikni me’yoridan oshirishdir. Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili haydovchilarning 1078 nafari yoki 96,7 foizi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi talablarini bajarmagan, ya’ni transport vositalarini boshqarishda xavfsizlik kamaridan foydalanmagan.
Albatta, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga asosan haydovchi mas’ul. Afsuski, ba’zi haydovchilarning “tomoshalar”i o‘zlariga emas, ko‘proq piyodalar hayotiga havf solmoqda. Toshkent shahar IIBdan olingan ma’lumotlarda keltirilishicha, o‘tgan yilning yetti oyi davomida poytaxtda tezlikni belgilangan miqdordan oshirganligi uchun 199 nafar qoidabuzar jarimaga tortilgan. Svetafor chirog‘iga bo‘ysunmaslik bo‘yicha 90 ta, mast holatda avtomobil boshqarish esa 8 marotaba kuzatilgan.
Raqamlar har doimgidek xavotirli. O‘lim holatlarining kamaymayotgani esa bu bordagi islohotlar haligacha kutilgan natija bermayotganidan dalolatdir. Tshg‘ri, qonunbuzarlardan milliardlab jarimalar undirilyapti, aybdorlar jazoga ham tortilyapti. Ammo tan olaylik, Pandemiya davridaham bir yilda 236 nafar go‘dak qurbon bo‘lmagandi...
Jarimalar milliarddan trillionga almashtirilgnda ham jigarlarimizni yana hayotga qaytarish imkonsiz. Nazarimizda buning yagona yo‘li haydovchilarni tarbiyalashdir.
Ularga avtomobil haydash huquqini berishdan avval ularga tushuntirish, har bir xatosi inson taqdiri bilan bog‘liq ekanini anglatishdir. Faqat shundagina yo‘llarimiz, aholimiz tinchligini ta’minlash mumkin xolos.