Hech o‘ylab ko‘rganmisiz kam uxlash nimalarga olib kelishi mumkinligini? Mutaxassislarning qayd etishicha, o‘rtacha uyqu miqdori chaqaloqlarda 17 soat, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 9 –12 soat bo‘lishi kerak. O‘smirlar uchun 8 –10 soat uxlash tavsiya qilinadi. Uyqusizlik – bu yuzaki yoki chuqur uyquning tez-tez buzilish holatidir.
Bunday holatni davolash juda muhim sanaladi, chunki uyqusizlik dardiga duchor bo‘lganlar normal uxlay olmaganlari uchun charchash, kunduzgi uyquchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, ish qobiliyatining pasayishi va diqqatni jalb qilolmaslikdan aziyat chekadilar.
Ko‘pchiligimiz kam uyqudan keyin yaxshi fikrlashga qiynalamiz. Bu dars davomida yanada ko‘proq seziladi. Diqqatni jamlash, fikrni ifodalash qiyinlashadi. Shifokorlarning aytishicha, muntazam ravishda kam uxlash hatto xotiraning pasayishiga olib keladi. Bu boradagi tadqiqotlarda ham uyqu miyaning normal ishlashini ta’minlaydigan muhim tarkibiy qism ekanligi aniqlangan.
Bugun ham o‘qib, ham ishlovchi talabalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Tabiiyki, bu “uyqusizlar” sonini oshishiga olib keladi. Xo‘sh, uyqusizlik kasaliga chalinmaslik uchun nima qilish kerak?
Bu borada olimlar shunday xulosa berishadi: uyqusizlikni davolash uchun avval uni qanday sabablarga ko‘ra, kelib chiqqanini aniqlash kerak. Agar uyqu bilan bog‘liq muammolar badandagi kasallik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, uni davolash kerak. Avstraliyalik tadqiqotchilar kam uyqusizlik asoratlarini tuzatish mumkin degan xulosaga kelishibdi. Ularning aytishicha, organizmning o‘zi unga qachon dam olish kerakligini eslatib turadi.
Tushlikdan keyin ozgina mizg‘ib olish, dam olish kunlari to‘yib uxlash organizm uchun juda foydali ekan. Buni qarangi, Parkinson kasalligidan darak beruvchi omillardan biri ham kam uyqu, uxlash vaqtidagi bezovtalik ekan. Alsgeymer kasalligining kelib chiqish sabablaridan biri ham aynan uyqusizlik bilan bog‘liq ekan.
Demakki, nafaqat talabalar, balki har bir kishi vaqtini to‘g‘ri taqsimlash orqali uyqusizlikning oldini olishi, imkon qadar o‘z vaqtida uxlashga harakat qilishi kerak. Darvoqe, tabobatda sut mahsulotlari uyquni maromlashtirib, immun tizimini yaxshilashi aytilgan.