Avvallari jamiyatimizda imkoniyati cheklangan kishilarga davlat idoralari, davlat xizmatchilarining munosabati yaxshi emas edi. Oxirgi olti-yetti yilda ularga munosabat ham, e’tibor ham mutlaqo o‘zgardi, desak aslo yanglishmaymiz.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, keksa yoshdagi, nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarni hamda yetim va ota-ona qaramog‘isiz bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, ularning huquq, erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Bir paytlar imkoniyati cheklangan kishilar, degan tushuncha davlat va jamiyatning nogironlarga bo‘lgan tor, bir yoqlama munosabatini ifodalab kelgan bo‘lsa, bugun qonunchilik o‘zgarib, “nogironligi bo‘lgan shaxslar”, degan tushuncha yuzaga keldi. Shu asosda davlat va jamiyat nogironlarga imkoniyati cheklanganlar deb emas, balki shaxs, deb munosabatda bo‘lishga o‘tdi. Bu o‘z navbatida, uning huquqlari tan olingani va ro‘yobga chiqishi uchun imkoniyat yaratilayotganidan dalolat beradi.
Prezidentimiz raisligida 20-fevral kuni ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston ijtimoiy davlat degan tamoyilni hayotga tatbiq etish, ijtimoiy davlat tamoyilining tarkibiy qismi ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Aytish joizki, nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy himoya bilan qamrab olinishi va alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan qatlam hisoblanadi. Shuning uchun ham so‘nggi yillarda mamlakatimizda inklyuziv jamiyat yaratish, imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi esa ratifikatsiya qilindi.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: Xo‘sh, bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni erkin harakatlanishi, ularning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qanchalik imkoniyatlar yaratib berilmoqda? Ular uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati qay darajada?
Albatta, o‘tgan qisqa davrda ushbu sohada salmoqli ishlar bajarildi va katta natijalarga ham erishilayotganini ham ko‘rib turibmiz. Lekin poytaxtimizdagi maktab, bog‘cha, shifoxona, yo‘l, chorrahalarning 85 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi uchun moslashmagani bu borada zarur choralar ko‘rishni taqozo etadi. Chunki 2,5 mingta avtobus bekatining 2,3 mingtasi, 1 ming 944 ta avtobusdan 920 tasi nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga mos emas.
Bu vaziyatni o‘zgartirish uchun poytaxtimizdagi barcha bekatlarni, jamoat transporti, jumladan, metroni nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirish bo‘yicha ikki yillik dastur tasdiqlash, bino va inshootlarni qurish loyihasi — nogironligi bo‘lganlar uchun qulay muhit yaratilgani bo‘yicha majburiy ekspertizadan o‘tkazishni amaliyotga kiritish taklif etildi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, nogironligi bor shaxslarni jamiyatga integratsiya qilishning eng samarali yo‘li ularga ta’lim berish, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash sanaladi. Aynan shu maqsadda ish beruvchilar shu jumladan, tadbirkorlarning ham nogironligi bo‘lgan shaxslarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish kerak.
Korxona uchun qo‘shimcha muammo yaratadigan emas, balki uning rivojiga hissa qo‘sha oladigan shaxs degan tushuncha jamiyatda shakllanishi lozim. Garchi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxona va tashkilotlar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan bo‘lsa-da, faqatgina 500 mingdan ortiq korxona va tashkilotning bor-yo‘g‘i 43 mingtasida yoki 8 foizida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlashi yuqoridagi fikrning isboti, deb baholash mumkin.
Qisqacha aytganda, bugun O‘zbekiston Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilib, ko‘p majburiyatlarni olgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 57-moddasida esa mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi belgilangan. Shuningdek, davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko‘rishi mustahkamlab qo‘yilgan.
Shulardan kelib chiqib, mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashilyapti. Bu har bir inson qayerda yashashi va ishlashidan qat’i nazar, qadr topishi, farovon yashashi, orzu-maqsadlariga yetishi uchundir.
Umuman olganda, yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar har birimizni yanada faolroq bo‘lishga, ushbu soha rivoji uchun samarali mehnat qilishga undaydi. Shunday ekan, ustuvor vazifalarni sa’y-harakatlarimizni birlashtirgan holda bajarishimiz, bu borada samarali parlament nazoratini keng yo‘lga qo‘yishimiz, saylov okruglarida ijtimoiy himoya tizimi bilan bog‘liq holatlardan aholining xabardorlik darajasini oshirib borishimiz maqsadga muvofiqdir.
Manba