1937 yilning 10 avgustidan 1938 yilning 1 yanvarigacha o‘n ming yetti yuz kishi qamoqqa olingan. Shundan uch ming olti yuz o‘n uch kishi qatl etilib, yetti ming sakson yetti kishi 8-10 yilga qamoqqa tashlangan. Bir so‘z bilan aytganda aholining deyarli barcha qatlami qatag‘onga uchragan.
Afsuski, Germaniyaga tahsil olishga yuborilgan talabalarning aksariyati juda yosh edi. Ularning ichida to‘qqiz yoshli, ya’ni ikkinchi sinf, yoki 13-14 yoshli bolalar ham bo‘lgan. Ular hali o‘zlarini anglamagan bola edi. Achinarlisi, aksar qismining ota-onasi otib tashlangandi...
Fayzullo Xo‘jayev o‘shanda bolalarning jonini saqlab qolish uchun bir qismini Turkiyaga o‘tkazish kerakligini aytadi. Garchi ular yosh bo‘lsalarda qisqa muddatda Germaniyada olim darajasiga ko‘tariladilar. Ularning ko‘pchiligi afsuski, sovet davlati bizlarni o‘ldirmasa kerak, axir gunohimiz yo‘qku, degan fikrda vatanga qaytadilar. 13 nafari esa Turkiyaga o‘tib ketadi. Ta’kidlanishicha, vatanga qaytganlarning hammasi 1937 yili qamoqqa olinib, otib tashlanadilar. Yana bir gap: o‘rganishlar natijasida Germaniyaga o‘qishga ketgan talabalardan faqat bir kishining – o‘z umrini tahqirlar, qamoq va surgunlarda o‘tkazgan Maryam Sultonmurodovaning qabrigina ma’lum...
Germaniyaga yuborilmagan bo‘lsada, jadidchilik harakatining faol a’zolaridan biri, Turkiston muxtoriyatining maorif vaziri vazifasida ishlagan Nosirxon to‘ra Kamolxon to‘ra o‘g‘li ham qatag‘on siyosati qurboni bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsa, 2022 yilning 25 avgust kuni Oliy sud tomonidan Sovet davrida qatag‘on qilingan, ammo bugungacha oqlanmay qolib ketgan 115 nafar o‘zbekistonlik oqlandi. Ular orasida Nosirxon to‘raning ham borligi nafaqat tarixchilar, balki butun xalqimiz, ayniqsa, namanganliklar tomonidan ko‘zda yosh bilan qarshi olindi...
1871 yili Namangan viloyatining hozirgi Kosonsoy tumanida tug‘ilgan Nosirxon ilk saboqni Namangandagi madrasalardan birida mudarrislik qilgan otasidan olgan. So‘ngra Namangan va Buxorodagi madrasalarda, keyinchalik Kobul, Dehli, Bag‘dod va Hijoz shaharlarida o‘qiydi.
Turkistonga qaytgach, Namangandagi Mavlaviy va Mulla Qirg‘iz madrasalarida bosh mudarrislik qiladi va ko‘plab ilm toliblariga tafsir, hadis hamda fiqhdan saboq beradi. 1912 yili Namangan shahriga qozi etib tayinlangan Nosirxon to‘ra 1913 yildan boshlab jadidchilik harakatida faol qatnashadi. Shuningdek, u 1917 yilning noyabrida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan O‘lka musulmonlarining to‘rtinchi qurultoyida qatnashib, Turkiston muxtoriyati hukumati a’zosi – maorif vaziri etib saylanadi.
1913 yilga kelib esa Haj safariga boradi va bu safar asnosida dunyodagi ahvoldan xabar topadi. Hajdan qaytishi bilan mudarrislikdan tashqari Turkistonda keng qamrov olayotgan jadid taraqqiyparvarlik harakati g‘oyalarining targ‘ibotchisiga aylanadi. Jadid maktablari va muallimlariga homiylik qiladi. Shu tarzda namanganlik alloma tariximizda katta mavqega ega bo‘lgan muxtoriyatning tashkil etilishiga bosh-qosh bo‘ladi.
Mustafo Cho‘qayning yozishicha, Nosirxon To‘ra Namanganda bolsheviklar qo‘liga tushadi va umumiy afv e’lon qilingach, ozod etiladi hamda ma’lum vaqt yashirin hayot kechiradi. Muxtoriyatning hukumat a’zoligiga saylanganidan keyin esa Namangan va Farg‘onada 60 ming, 100 ming kishilik namoyishlarni tashkil etib, xalqni Turkiston muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlashga ilhomlantiradi. Bolsheviklar tomonidan bu hukumat qonga botirilganidan so‘ng Katta Ergash, Muhammad Aminbekning rahnamosi sifatida, istiqlolchilik harakatining g‘oyaviy otalaridan biri sifatida faoliyat olib boradi.
1920 yilga kelib esa sovetlar umumiy afv e’lon qilganidan keyin Nosirxon to‘ra tinch hayotga qaytadi va 1923 yilgacha Namanganda “Mahkamai shariya” (Shariat sudi) idorasiga rahbarlik qiladi. 1924 yilga kelib esa Kosonsoyda Batraklar uyushmasini mustamlakachilar va ularning malaylariga qarshi oyoqlantirgani uchun dehqonlarning ommaviy chiqishlari butun Farg‘onaga yoyilib ketadi. Tabiiyki, bunday faoliyat bosqinchilarga yoqmaydi. Shuning uchun sovetlar hokimiyati xalq orasida obro‘yi oshib borayotgan yirik ulamo va siyosiy arbobdan qutulish choralarini izlay boshlaydi.
1925 yili Nosirxon to‘ra “sovetlarga qarshi siyosiy faoliyat olib borgani uchun” degan ayblov bilan maxsus uchlik qaroriga ko‘ra, hibsga olinib, Orenburgga surgun qilinadi. 1923–24 yillarda u Batraklar ittifoqi deb nomlangan kambag‘al-dehqonlar jamiyati faoliyatiga aralashadi va azaldan islomda mavjud bo‘lgan vaqf xo‘jaligi haqidagi tajribalarini ushbu jamiyatga joriy qiladi.
Qisqa muddatda adolatli faoliyati sabab odamlar Batraklar ittifoqini tashlab Nosirxon to‘ra atrofida to‘plana boshlaydilar. Bundan tashvishga tushib qolgan sovet ma’murlari Nosirxon to‘rani Farg‘ona vodiysidan chiqarib yuborish taraddudiga tushib qoladi. 1925 yilning avgustida Nosirxon to‘ra Samarqandga chaqirilib, qamoqqa olinadi va uchlik qarori asosida Orenburgga surgun qilinadi.
Namanganliklar, qolaversa, butun vodiy ahlining ko‘plab arizalari natijasida Nosirxon to‘ra 1928 yilning 10 avgustida Orenburg surgunidan qutulib, vatanga qaytishga ruxsat oladi. Ayniqsa, allomaning shogirdlari Oltinxon to‘ra, Sayid Mubashshirxon to‘ralar bundan quvonib, ustozlarining ziyoratiga kelishadi. Bu voqealarni kuzatib, tashvishga tushgan sovet ma’murlari Nosirxon to‘ra haqida jiddiyroq rejalarni ishlab chiqadilar.
Shu o‘rinda aytish kerakki, sovetlar o‘lkada katta obro‘ va ta’sir doirasiga ega bo‘lgan ulamoni bir lahza bo‘lsin tinch qo‘yishmaydi. Ya’ni uning xonadoni, o‘zi va oila a’zolari muttasil kuzatuvda bo‘ladi. Maxfiy xizmat idoralarida saqlanayotgan hujjatlardan ko‘riinadiki, Nosirxon to‘raning Turkistonning Namangan, Qo‘qon, Toshkent, O‘sh, Taroz va Chimkent shaharlaridagi har bir qadami, kimlar bilan uchrashgani, nimalar haqida suhbatlashgani haqidagi ko‘plab ma’lumotlar qayd etib borilgan.
Hatto Nosirxon to‘ra haqida xabar keltirganlarga mukofotlar va’da qilingan. Shuni alohida qayd etish joizki, mamlakatdan bosh olib chiqib ketayotgan atoqli olim sotqinlar xabari ortidan qo‘lga olinib, maxsus uchlikning 1930 yil 27 noyabrdagi yig‘ilishi qarori bilan otuvga hukm qilinadi. Afsuski, xalq sevgan ulamo, o‘zbek xalqining ilm olishi, hurlikka erishishi uchun kurashgan davlat arbobi 1931 yilning 13 martida Toshkent shahrida qatl etiladi. Manbalarda keltirilishicha, Nosirxon to‘ra nafaqat diniy ilmlar, balki dunyoviy bilimlardan ham yaxshi xabardor bo‘lgan. Uning Islom asoslariga oid risolalaridan tashqari tarix, falsafa kabi fanlarga doir asarlar ham yozgani ma’lum. Olimning yirik “Turkiston tarixi” asari o‘lkamizning uzoq yillik tarixini qamrab olganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Aytish joizki, Nosirxon to‘raning shogirdlaridan yirik din olimlari, millatparvar va ma’rifatparvar arboblar yetishib chiqqan. Xususan, 1894–1992 yillarda yashab o‘tgan Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir Taroziy Turkistonda Oltinxon to‘ra nomi bilan mashhur bo‘lib, u yirik olim, adib va tarjimon edi. 1932 yili sovetlar tuzumi tazyiqi tufayli hijratga ketgan Oltinxon to‘ra Afg‘oniston, Hindistonda, keyin ellik yil mobaynida Makka va Madina shaharlarida yashaydi. Masjidul-Harom va Masjidun-nabaviyda mudarrislik qiladi. Qur’oni karim ma’nolarini ilk bor o‘zbek tiliga tarjima va tafsir qilib, bir qancha kitoblar yozadi, ko‘plab kitoblarni arabchadan o‘zbek tiliga o‘giradi.
Nosirxon to‘raning yana bir taniqli shogirdi Abu Nasr Sayyid Mubashshir Taroziyning (1896 –1977) «Qur’on va nubuvvat» kitobi sovet hokimiyati tomonidan musodara qilingan. Qayd etilishicha, Sayyid Mubashshirxon to‘ra Taroz shahrida diniy idora ochib, maktablar tashkil etgan. Ta’qib kuchaygach, 1930 yili vatanni tark etib, Afg‘oniston va Misrda muhojirlikda yashagan. Uning islom fiqhi va tarixiga oid 47 ta asari bor.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, Nosirxon to‘ra umrining so‘nggiga qadar o‘z g‘oyasi uchun, o‘zi ishongan, o‘zi suyangan iymoni yo‘lida shahodatni qabul qiladi. Ishonamanki, kelajakda bu insonning nomini abadiylashtirish, ilmiy va ijodiy merosini o‘rganish masalasida katta izlanishlar olib boriladi.