Ma’lumki, Turkistonda milliy ozodlik harakatini bostirishda bolsheviklar qizil armiya matbuotini tashkil etish va rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratganlar. O‘shanda harbiy xizmatchilar uchun 20 dan ortiq markaziy, front va milliy (baynalmilal) gazetalar chop etilardi. Harbiy nashrlar tipologiyasining bunday shakllanishi bolsheviklarning axborot berish, manipulyativ ta’sir ko‘rsatishning turli usullaridan unumli foydalangani, matbuotni kuchli mafkuraviy qurol sifatida qo‘llay bilishgani hamda OAV ni o‘z vaqtida ommaviy safarbar eta olganlarini ko‘rsatadi, albatta.
Tarixchi olim P. Agapovning keltirishicha, ichki va tashqi aksilinqilobiy kuchlarga qarshi eng murakkab va qiyin davrda ommaviy ravishda qizil armiya nashrlari tashkil etilgan. Markaziy, front va milliy gazetalar uchun umumiy xarakter kasb etuvchi quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yilgan:
- armiyaga kuchli mafkuraviy qurol sifatida ta’sir etish;
- harbiy qism komandirlariga ishonchli yordamchi bo‘lish;
- harbiy komisssarlar olib borayotgan g‘oyaviy ishlarda ko‘makchi bo‘lish;
- partiya tashkilotlarining mafkura bilan bog‘liq ishlarida faol ko‘makchi bo‘lish.
Aytish kerakki, bu vazifalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. P. Agapovning fikricha, 1919 yil RKP (b) sakkizinchi s’yezdining tarixiy qarori bunda muhim rol o‘ynagan. Ya’ni harbiy masalalarga bag‘ishlangan qurultoyda «Partiyaviy va sovet matbuoti» haqida qaror qabul qilinib, OAV uchun aniq vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, harbiy matbuotni yanada rivojlantirishda 1919 yilning 14-31 mart kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘lka partiya konferensiyasi, 1919 yil 24-30 may kunlari o‘tkazilgan musulmon kommunistlarining birinchi o‘lka konferensiyasi va 1919 yil 1-15 iyun kunlari o‘tkazilgan KPTning uchinchi s’yezdi qarorlari muhim o‘rin tutgan. Keling RKP (b) sakkizinchi s’yezdining «Partiyaviy va sovet matbuoti» haqidagi tarixiy qarorini ko‘rib chiqaylik. Unda fuqarolik urushi davrida mafkuraviy ishlarning umumiy ravishda zaiflashgani partiya va sovet matbuoti ishiga ulkan zarar yetkazilgani aytiladi. Partiya va sovet matbuotidagi umumiy kamchilik sifatida mahalliy hayotdan uzilganlik hamda umumiy siyosiy hayotdan uzilganlik ko‘proq tanqid qilinadi.
Bunday siyosiy ayblovlar kasbiy mahorat masalalaridagi oqsashlar tanqidiga ham ulanadi. Ya’ni qarorda hajman katta, auditoriyani qiziqtirmaydigan, bayon qilish uslubi zerikarli bo‘lgan materiallar, xususan, turli idora va muassasalarning qarorlari, dekretlari e’lon qilinishi tilga olinadi. Bu kamchiliklarga sabab nimada? Partiya buni ham ko‘rsatib beradi: «Partiyaning eng yaxshi adabiy kuchlari davlat ishlariga o‘tib ketishdi, matbuot tajribasi kam xodimlar qo‘lida qoldi». Vaziyat nega buni taqozo qildi? Aslida muammo nimada edi? Nega qurultoyda ushbu masala bu qadar keskin qo‘yildi?
Buni sovet matbuoti, xususan, Turkistonda milliy ozodlik uchun kurash boshlangan davrda chop etilgan harbiy nashrlardagi ayrim materiallar misolida ko‘rib chiqsak.
Turkfrontning harbiy inqilobiy kengashi nashri hisoblangan «Voyennaya mыsl» jurnalining 1920 yilda chop etilgan sonlaridan birida muallif V.Kuvshinov Farg‘ona frontidagi ahvolni sharhlar ekan, «bosmachilik»ning avj olishiga hokimiyat tepasidagilarning o‘z vazifasini suiste’mol qilishayotgani hamda Turkiston muxtoriyati g‘oyasi o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini sabab qilib ko‘rsatadi.
1918 – 1924 yillarda chop etilgan «Voyennaya mыsl» jurnalida Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan harakatlar mohiyati aks ettirilgan maqolalar doimiy tarzda chop etilgan. Masalan, N.To‘raqulovning jurnalning 1921 yil 2-sonida chop etilgan «Ferganskaya problema» maqolasida «bosmachilik» umumxalq harakati sifatida e’tirof etiladi. Uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy omillar tahlil qilinadi va bu harakat xalqning to‘lgan sabri kosasidan otilib chiqqani yoziladi. P.Baranovning maqolasida ham kurashning umummilliy va umumxalq harakati tusini olgani ta’kidlanadi. Demak, «bosmachilik» qandaydir qaroqchi, to‘da yoki banditlarning emas, xalqning noroziligi ekanligi maqolada aks ettiriladi..
«Krasnaya armiya» jurnalining 1921 yil 9-sonida esa N.Batmanovning «Basmachestvo i borba s nimi» sarlavhali maqolasi e’lon qilingan bo‘lib, unda muallif muammoga sovet hokimiyati aybdor ekanligini ochiq yozadi va tahlil qiladi. Shuningdek, boshqa bosma nashrlar ham Farg‘onadagi «bosmachilik» harakatiga ayrim mas’ul shaxslarning o‘z vazifasini suiste’mol qilishi sabab bo‘lgan deb yozadi. OAVdagi bunday yondashuvlar va hali jilovlanmagan ijtimoiy qarashlar sho‘rolarning Turkistonda zo‘rlik bilan hukmronlikni o‘rnatish siyosatiga zarar yetkazayotgan edi.
Eng e’tiborlisi, matbuotdagi bunday xolis yondashuvlar tufayli sovet hokimiyatining zulmi va zo‘ravonligi yuzaga chiqayotgan edi. Tarixchi olima Dono Ziyoyevaning «Turkiston milliy ozodlik harakati» kitobida keltirilishicha, Turkistondagi milliy ozodlik kurashi haqidagi haqqoniy axborotlar, mulohazalar, tasavvurlarga barham berish uchun OAVga nisbatan bosim o‘tkazila boshlandi va partiya nazorati bahonasida syenzura o‘rnatildi.
Xo‘sh, bu syenzurani qanday tushunish mumkin? Avvalo, bu OAVni to‘liq partiyaning nazoratiga o‘tkazish degani edi. Bu bilan jamiyatda sog‘lom fikr, so‘z erkinligini bo‘g‘ishga qaratilgan jiddiy qadam tashlangandi. Matbuotni hukmron kommunistik mafkura manfaatlariga zo‘ravonlarcha bo‘ysundirish shu tariqa amalga osha boshladi. Bu siyosatni Turkiston bilan bog‘lab aytadigan bo‘lsak, qizil armiya siyosiy bӯlimlari, partiya tashkilotlarining mafkura, targ‘ibot-tashviqot bӯlimlari hamda matbuot shu vazifaga bo‘ysundirildi.
...1922 yilga kelib RKP (b) markaziy qo‘mitasi matbuot nashrlarini qat’iy nazoratga olish, tahririyat a’zolarini partiyaga sodiq kishilar bilan almashtirish haqida ko‘rsatma berdi, – deb yozadi D.Ziyoyeva. Tarixchi olimaning fikriga e’tibor qaratsak, qaror qabul qilinganidan uch yil o‘tib, ijrosi bo‘yicha keskin choralarga o‘tilgani ayon bo‘ladi. Demak, sinalgan usul bilan matbuot partiya chizgan chizig‘idan borishga majbur qilingan. OAV yordamida sovetlarga qarshi milliy ozodlik harakati haqidagi mutlaqo soxta tasavvurlar shakllantirilgan.
Tilga olingan hujjatlarga muvofiq mahalliy kommunistlar Turkistonda armiyaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, partiyaviy-siyosiy apparatni kuchaytirish maqsadida qator qarorlar qabul qilishdi. Masalan, Turkrespublika inqilobiy kengashi huzurida siyosiy bo‘limlar, frontlarda esa inqilobiy kengashlar tashkil etildi. Mazkur bo‘lim va kengashlar esa o‘z navbatida targ‘ibot-tashviqotni kuchaytirish, aholi, keng jamoatchilik ongiga sovet hokimiyati mafkurasi, g‘oyasini chuqurroq singdirish maqsadida ommaviy ravishda qizil armiya nashrlarini tashkil eta boshladilar.
Natijada Turkfront siyosiy boshqarmasining organi hisoblangan harbiy nashrlar bir tomondan partiyaning nazorati ostiga olindi, ikkinchi tomondan «bosmachi», «bosmachilik» harakati tushunchalari ongimizga singishida, aniqrog‘i, peshonamizga tamg‘a qilib yopishtirilishiga safarbar etildi. «Dob’yem basmachestvo», «Protiv basmachey», «Borba s basmachestvom» kabi ruknlarda muntazam maqolalar chop etilib, sovet tarixshunosligining «bosmachilik» konsepsiyasi yozildi. Turkfront muassisligida chop etilgan «Krasnoarmeyes», «Krasnaya zvezda», «Krasnыy front», «Krasnoarmeyskaya gazeta», «Nabat revolyusii», «Gornist» va boshqa harbiy nashrlar bu masalada «uloqchi ot» vazifasini bajardi. Ya’ni «qizil armiya –mehnatkashlar xaloskori», «bosmachilik», «sinfiy dushman» degan soxta tasavvurlarni ijtimoiy fikrga singdirish uchun juda katta kuch sarflandi.
Haqli savol tug‘iladi: nega sho‘rolar Turkistondagi milliy ozodlik uchun kurash mohiyati o‘zanini OAV orqali o‘zgartirishga intildilar? Nima uchun bunga katta kuchni safarbar etishdi? Bu kurash nimani fosh etib qo‘yishi mumkin edi?...
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Turkistonda bu olov sovet hokimiyati hukmronligi va zulmiga qarshi alanga olgandi. Xalqning qo‘zg‘alishi esa sovet hokimiyati va uning g‘oyalari tan olinmaganini ko‘rsatardi. Boshqacha aytganda, Cho‘lpon aytgan dengiz, to‘lqin, kuch paydo bo‘lgandi. Shuning uchun ham to‘lqinga qarshi to‘lqin o‘ylab topildi: xalq ongini zaharlash, voqelikni soxtalashtirish, noto‘g‘ri talqin etish, soxta tarix yaratish uchun matbuot kuchidan ustunlik bilan foydalanildi.