Qonun ijodkorligi — juda murakkab jarayon. Ba’zida qonun ijodkorligi faoliyatida u yoki bu qoidani qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozish yoki bunday qoidani boshqa qonunchilik hujjatiga havola etish amalga oshiriladi. Ular havolaki norma deyiladi.
Havolaki normalar bir necha ko‘rinishda bo‘ladi. Xususan, ishlab chiqishi kerak bo‘lgan subyektni aniq ko‘rsatib, masalan “...tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi” tarzida yoki subyektini aniq ko‘rsatmasdan, masalan “qonunchilikda belgilangan tartibda...” tarzida ko‘rsatiladi.
Havolaki normalarning xavfli tarafi shundaki, bunda qonun ijodkori u yoki bu masalani tartibga solishni boshqa mansabdor shaxsning ixtiyorida qoldiradi. Shu bois, milliy parlament so‘nggi yillarda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan qonunlar qabul qilinishiga alohida e’tibor qaratyapti. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi va boshqalar shular jumlasidandir.
Lekin, baribir havolaki normalardan to‘liq voz kechib bo‘lmaydi. Masalan, ayrim hollarda uzun ro‘yxatlar, sxemalar, suratlar va boshqa shunga o‘xshash ko‘rgazmali tartibga solish ishlarini boshqa hujjatga havola etish mumkin.
Masalan, asosiy dori vositalari ro‘yxatini qonunning o‘zida belgilab bo‘lmaydi. Birinchidan, u juda uzun, ikkinchidan bu ro‘yxat tez-tez yangilanib turishi kerak. Shu bois, havolaki normalar ham ba’zida kerak. Faqat uning farqiga borishimiz darkor. Ya’ni qonun darajasida belgilanishi kerak bo‘lgan qoidalarni qonunosti hujjatiga havola etmaslik lozim. Biroq, yana boshqa muammo mavjud. Biz kerak deb hisoblaydigan havolaki normalar o‘z vaqtida realizatsiya qilinadimi? Tasavvur qiling, qonun kuchga kirdi, lekin uning ichidagi bitta qoida hanuzgacha mexanizmiga ega emas. Chunki u havolaki bo‘lib, amalda ishlab chiqilmasdan qolgan. Natijada, qonun “jonsiz” bo‘ladi, ishlamay turadi.
Parlament nazoratining alohida shakli sifatida Qonunchilik palatasidagi qo‘mitalar qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi ustidan doimiy monitoring olib boradi. Monitoring natijasi bo‘yicha sohada qator muammolar ko‘tariladi.
Yaqinda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bilan sohadagi qator masalalar o‘z yechimini topdi.
Birinchidan, 40 dan ortiq xavolaki normani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, unda aniq ijrochilar, aniq muddatlar belgilandi.
Ikkinchidan, joriy yilning 1-martidan boshlab, agar qonun loyihasida havolaki norma bo‘lsa, o‘sha qonunning o‘zida uni amalga oshirish aniq muddati va mas’ul belgilanadi. Ya’ni endi shunchaki “qonunchilikda belgilangan tartibda” deb yozish bilan cheklanib bo‘lmaydi. O‘sha qonunning o‘zida “falon tashkilot ushbu tartibni falon vaqtga qadar ishlab chiqsin” degan qoida yoziladi.
Uchinchidan, muayyan qoidalarni konunosti xujjatidan qonun darajasiga ko‘tarish imkoniyatini muhokama qilinishi shartligi belgilanib, uning natijalari qonun loyihasining tushuntirish xatida aks ettiriladi.
To‘rtinchidan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash hamda hujjatning xalqchil bo‘lishi uchun, e’tibor bering endilikda muhim iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat loyihasi faqatgina ishlab chiqilgandan keyin emas, balki ishlab chiqilishidan oldin jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Bu xuddi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz loyihasi qanday ishlab chiqilgan bo‘lsa (esingizda bo‘lsa, loyihani tayyorlashdan oldin xalqning fikri olingan edi, undan so‘ng loyiha umumxalq muhokamasiga kuyilgan edi), xuddi shu tartibni boshqa qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda ham qo‘llash taklif etilmoqda.
Umuman olganda ushbu qaror qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirishga, qonunlarning sifatini oshirishga, bu jarayonda jamoatchilikning ishtirokini kengaytirishga va shu orqali qonunlarda ko‘proq xalq manfaati aks ettirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Manba