Kengash raisi Dilshod Mirzaahmedov odatiy salom-alikdan so‘ng hazilomuz gap qotdi:
– Zamira Jonuzoqovnani topolmagansiz shekilli? Uning fe’li shunaqa o‘zi, tong saharlab ishga chiqib ketganidan keyin uni ushlash amrimahol. Partiyaning viloyat, tuman, shahar kengashlarida faoliyat yurituvchi 77 nafar deputat bir tomon bo‘lsa, opaning o‘zi bir tomonda turgandek bo‘ladi. Boz ustiga u o‘ta cho‘rtkesar, yuzing-ko‘zing demay to‘g‘risini gapiraveradi. Ayniqsa, adolatsizlikka, ko‘zbo‘yamachilikka sira toqati yo‘q. Shuning uchun u bilan nafaqat Do‘stlik tumanidagi, hatto viloyatdagi rahbarlar ham o‘ylab gaplashishadi.
– ...Har tugul o‘sha kuni Dilshod Mirzaahmedovning ko‘magida opa bilan uchrashdik.
Qahramonimiz – Zamira Isroilova 1957 yili Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi Alamli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1975 yilda Sirdaryo davlat pedagogika oliygohining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, 1980 yilda bitirdi. So‘ngra yo‘llanma bilan qo‘riq tuman – Arnasoyda o‘qituvchilik qilgan. Shu tariqa yosh pedagog qator yillar Mirzacho‘l, Do‘stlik tumanlaridagi maktablarda bolalarga saboq berdi. Ha, darvoqe, u cho‘lda ish boshlagan kezlarida kasbi filolog bo‘lmish Usmonjon bilan tanishib, turmush qurishdi. Shu tariqa yillar o‘tdi. Yosh oila esa taqdir ekan, shu yerlarda qolib ketdi. Bu orada qo‘riq voha nafaqat ularning jismini, balki ruhini ham obdon sinovdan o‘tkazdi, tobladi.
Yillar osha birin-ketin besh farzand dunyoga keldi.
2009 yilda Z.Isroilova Do‘stlik tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudirligiga tayinlandi. Ushbu vazifadagi besh yillik faoliyati mobaynida tumanda xalq ta’limi tizimida salmoqli natijalarga erishildi. Ayniqsa, qattiqqo‘l rahbarning sa’-harakatlari bilan mavjud 20 ta maktabning moddiy texnika bazasi yaxshilandi.
2017 yilda uni tumandagi Alisher Navoiy MFYga raislikka saylashdi. O‘tgan besh yilda u bu yerda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Ko‘p o‘tmay besh ming aholisi bo‘lgan hududdagi muammolarga sekin-asta barham berila boshlandi. Ko‘chalarga shag‘al va asfalt yotqizildi, hududga tabiiy gaz keltirildi, ta’mirga muhtoj ichimlik suvi tarmog‘i yangilanib, elektr ta’minotidagi uzilishlar ham ancha kamaydi.
Qahramonimiz tashabbusi bilan 20 yildan buyon qaqrab yotgan yerlarga oqar suv keltirilgach, aholining ishsiz qatlami tomorqa bilan shug‘ullana boshladi. Xullas, rais katta-kichikning qo‘liga ketmon berdi. Umumharakatning ikkinchi yiliyoq odamlar daromad ola boshlashdi. Qo‘l ham, cho‘ntak ham salmoqli, cho‘g‘i baland miqdorda pul ko‘rdi. Bu orada hududda issiqxonalar barpo etilib, mirishkorlar bir yilda uch martalab hosil yig‘ishtira boshlashdi.
Shu tariqa MFYda “Temir daftar”, “Ayollar daftari, “Yoshlar daftari”ni yuritishga hech qanday hojat qolmadi. Hudud aholisi ishsizlik balosidan butkul qutildi.
–O‘zing qishloqda yashasang, binoyidek tomorqang bo‘lsa, shahar bozoridan kartoshka-piyoz tashib yurishga uyalmaysanmi, or-nomus degan narsa bormi o‘zi senda, aslida bularni bozorga o‘zing olib borishing kerak. Shu yo‘l bilan ro‘zg‘oringni butlaysan – opaning bundayin “o‘tkir tig‘li” dashnomiga ro‘baro‘ bo‘lib qolmaslik uchun o‘sha yillarda hududdagi “eng mashhur ishyoqmaslar” ham qo‘liga ketmon olishga majbur bo‘lgandilar...
Mana bugun o‘sha paytdagi achchiqqina ta’nalar o‘zining shirin mevalarini berib, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlik tumanidagi 12 ta MFY orasida eng ilg‘or, eng dongdor, asosiysi iqtisodi baquvvat mahallaga aylandi. “Tomorqachi” Z.Isroilovaning dong‘i esa butun viloyatga taraldi.
2022 yilda qahramonimiz “Oqila ayollar harakati” tuman bo‘limiga rahbar etib tayinlangach, MFY raisligidan bo‘shashga ariza berdi. Ammo ming bitta sabab va uzrlar xalq tomonidan qabul qilinmadi. Alaloqibat shu yilning o‘zida uni aynan shu MFYdagi Sharof Rashidov nomli I-saylov okrugidan tuman kengashi deputatligiga saylashdi.
Qahramonimizning faolligi, tashabbuskorligi oila farovonligi hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi ishtirokini oshirishdagi hissasi esa yuksak qadrlanib, 2018 yilda “Mahalla iftixori”, 2022 yilda esa “Mehnat faxriysi”, joriy yilda “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Deputat Zamira Isroilovaning hayot tarzi-yu, faoliyatiga bir qur nazar tashlasangiz yuqoridagi dalil va raqamlarga ko‘zingiz tushadi, albatta.
Jahongir Ernazarov opaning asl shogirdlaridan biri. U suhbatimiz chog‘ida qiziq bir gapni aytib qoldi:
–Bilasizmi, har gal Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida kotiblik vazifasini bajarishimga to‘g‘ri keladi. Buni tumandagi barcha idora, korxona, tashkilot rahbarlari yaxshi bilishadi. Sessiya kuni yaqinlashgani sayin qo‘limdagi telefon tinmay jiringlay boshlaydi. Aniqrog‘i, rahbarlar qo‘ng‘iroq qilishib, faqat bitta savol berishadi: deputat Zamira Isroilova so‘zga chiqmaydimi, agar chiqsa unga qancha vaqt beriladi?
Men esa ularga ustozning so‘zga chiqishini aytsam bas, trubkaning u tomonidan bo‘g‘iq ovoz eshitiladi...
Isroilova esa o‘ta cho‘rtkesar, ishda o‘zibo‘larchilikka, manmanlikka berilgan, “janob”larni katta yig‘inlarda, sessiyalarda changini chiqarib shunaqa do‘pposlaydiki, o‘sha rahbar boshqa bunaqa qilmaslikka ont ichib yuborganini o‘ziyam bilmay qoladi!
Opa bilan suhbatlasharkanman, u og‘ir tin olib qo‘ydi-da, so‘z boshladi:
–Oilaviy ajrimlarning ko‘payib borayotgani yomon bo‘lyapti. Birgina 2023 yili yurtimizda 256 mingta nikoh qayd etilgani holda 48 mingta oilaviy ajrim ham yuz beribdi. To‘g‘ri, biz targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boryapmiz. Biroq kutilgan samaraga erisha olmayapmiz. Qozoq birodarlarimizning “Men ne deyman, qo‘bizim ne deydi” degan ajoyib naqli bor. Xuddi shu maqol menga gohida davlat va nodavlat televideniyelari uchun to‘qilgandek tuyulaveradi. Sababi biz oilaviy ajrimlarni bartaraf qilish uchun jonsarak bo‘lib, nafasimiz bo‘g‘zimizga tiqilib, o‘rdan-qirga yugurib yursak bular oilaviy janjallarini “reklama” qiluvchi seriallarni qo‘yishayapti. Natijada bu holat faoliyatimizning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Kuni-kecha bir statistikaga ko‘zim tushib qoldi. 2023 yilning 9 oyida 37 mingta nikoh bekor qilinibdi. Bu bir kunda 137 ta oila barbod bo‘ldi deganidir. O‘ylab qolasan kishi, yuqorida aytib o‘tganim, Davlat va nodavlat telekanallarida berilayotgan oilaviy nizolarga to‘la seriallar ajrimlarning necha foiziga hissa qo‘shdi ekan?! Axir ularda asosan oilaviy janjallar “tarannum” etilyapti-ku! Har kuni 137 ta oilada yuz bergan ajrimlar tufayli bo‘zlab qolgan va qolayotgan tirik yetimlar – begunoh bolalarning ko‘z yoshlari kunlar kelib reytingbozlik vasvasasiga yo‘liqqan ayrim telekanallarning rahbarlarini tutmasa edi! Nahot bu korchalonlar shu oddiy haqiqatni anglab yetishmasa...
Yana bir gap: yaqinda “Milliy tiklanish” gazetasida Mehri Jahonning bir maqolasini o‘qidimu, halovatim butkul yo‘qoldi, ayol sifatida o‘zimni qo‘yarga joy topolmay qoldim.
Ma’lum bo‘lishicha, hozir respublikamizda bo‘yicha uch ming nafardan ziyod ona bolalari uchun aliment to‘layotgan ekan. Bu achchiq, biroq ochiq raqamlar odamni hayratga soladi. E’tibor bering, ona o‘z farzandlarini mushtipar, keksa qaynota-yu, qaynonasiga yoxud eriga tashlab ketgan...
To‘g‘ri, bunga arzirli sabablar ham bordir. Lekin buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Ochig‘i, bu biz uchun isnoddir.
Yana savollar tug‘ilaveradi...
Biz nega bu darajaga yetib keldik? Buning bosh aybdori kim? Surishtiruvlar natijasida ayon bo‘ladiki, bugun mutolaadan ancha yiroqlashib, olomonlashayotgan odamlarning kaltabinligi sabab shu holdamiz. Ayni kitobdan yuz o‘girganimiz uchun ham ayoliga bir buyumdek, bolasiga “ortiqcha barmoq”dek qarayotgan erkak, oila, bola boqib o‘tirishni “umrning zavoli” deb bilguvchi ayollar ko‘paydi. Suhbatdoshimiz ham ayni og‘riqli mavzuga oid savollar qiynayotganini aytar ekan:” bunga chetdan qarab tursak, bu illat ildiz otaveradi, nimadir qilish kerak” degandi.
Chindan ham oila bilan bog‘liq qadriyatlarimiz kundan-kunga nurab borayotgani bir-ikki mutasaddi yoki mahallani emas, butun jamiyatni jiddiy tashvishga solishi kerak bo‘lgan muammo. Bunga panja ortidan qarashimiz esa bu borada halokatli intihoga ko‘nganimiz demakdir...